Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari



Download 165,41 Kb.
bet120/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Qo’ng’irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi.

Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqaning urushlari va qabilalar o’rtasidagi mojarolarni to’xtatishga

qodir bolgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi olaroq, 18-asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo’ng’irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar.

Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ng’irot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko’tarilgan. U turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga-Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib, o’zbeklar Orolbo’ylari va Buxoroga ketishga majbur bo’ladilar.

1770-yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga Qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi.

Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. U xon avlodidan bo’lmagani sababli taxtga Abulxayrxonning o’g’li Bo’lakayxonni nomiga, qo’g’irchoq xon sifatida o’tqizadi. Hokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlami almashtirgan.

Avaz Muhammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi.

Muhammad Amin ham, uning o’g’li Avaz (1790-1804) ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo’shbegi, mehtar, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan.

Faqat Avazning o’g’li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to’xtatildi. Nafaqat to’xtatildi, ayni paytda, 1804-yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg’oziyni taxtdan tushirib, o’zini xon deb e’lon qildi. Shu tariqa qo’ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.

Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat qildi. 1804-yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda Amudaryo bo’yida bo’lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon ham halok bo’ldi.




Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish