Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Muhammad Rahimxon davrida Xiva xonligi



Download 165,41 Kb.
bet121/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Muhammad Rahimxon davrida Xiva xonligi.

Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I o’tirdi. davrida Xiva xonligi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Ayni paytda, turkmanlami bo’ysundirish masalasi yetakchi o’ringa chiqdi. Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko’rsatmasinlar, birin-ketin bo’ysundirib borildi. Bo’ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko’chib ketdi. Biroq Eron hukumatining tazyiqi ostida hamda yaylov maydoni yo’qligi uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo’ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog’lanib, xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to’lash belgilandi. Shuningdek, xon qo’shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish yovmutlarni qishloq xo’jaligidan ancha uzoqlashtirib qo’ygan edi. Shu tufayli ular xon qo’shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o’z zamonining eng jangovar otliq harbiy qismi tuzilganligi ham bejiz bo’lmagan. Muhammad Rahimxon I o’zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo’shinga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o’z raqiblarini birin-ketin bo’ysundira bordi. Muhammad Rahimxon I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo’yi zodagonlari guruhi qattiq qarshilik ko’rsatdi. 1811-yilda ularning ham qarshiligi sindirildi. Qo’ng’irot shahri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo’lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga harakat qildilar. Biroq bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo’ysunishga majbur bo’ldilar. 1812-1820-yillar oralig’ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2 marta hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada kengayishiga erishildi. 1813-yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to’lab turishga majbur etildi. 1822-yilda esa Marv shahri xonlikka qo’shib olindi. 1824-yilda Yangi Marv shahri bunyod etildi.

Muhammad Rahimxon I bo’ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila orasidagi mavqeyi nihoyatda qudratli bo’lganligini hisobga olib, ularga xon yer-mulk va turli imtiyozlar in’om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kerak edi. Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, mamlakatda nisbiy barqarorlik ta’minlandi. Uning hududlari yanada kengaydi.


Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish