Ushbu anketa o‘quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Bunda kichik
maktab Yoshidagi o‘quvchilarning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari hamda
kommunikativ xususiyatlari ekspert baholanadi.
Anketa yordamida baholanadigan shaxs xususiyatlari va ularga mos keluvchi savol
A) yuqori;
B) o‘rtacha;
V) juda odamovi.
3. Bolalar bilan muloqotchanligi:
A) juda muloqotchan, ko‘pincha o‘zi yolg‘iz emas, boshqa bolalar bilan o‘ynashni yaxshi
ko‘radi;
B) unchalik muloqotchan emas, ko‘pincha yolg‘iz o‘ynashni yoqtiradi;
V) ba’zida yolg‘iz, ba’zida bolalar bilan o‘ynashni yoqtiradi.
4. Agar o‘quvchi (bola) muloqotchan bo‘lsa,
A) Yosh jihatdan o‘zidan katta bolalar bilan;
B) tengdoshlari bilan;
V) o‘zidan kichik bolalar bilan o‘ynashni afzal ko‘radimi?
5. O‘yinda bola o‘zini qanday tutadi?
A) birgalikda o‘ynash uchun bolalarni uyushtira oladi, o‘yinda o‘ziga faqat etakchilik rolini
oladi;
B) o‘yinda etakchilik, liderlik rolini ham, ikkinchi darajali rolni ham birdek bajaradi;
V) ko‘pincha o‘yinda boshqalarga bo‘ysungan holda o‘ziga ikkinchi darajali rolni oladi.
6. O‘quvchining boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabati qanday?
A) do‘stlik o‘rnata oladi va o‘yinda bolalar bilan (nizo) kelishmovchiliklarga bormaydi;
B) ko‘pincha nizolar kelib chiqdi;
7. Boshqa bolalardan o‘yinchoqlarini qizg‘onmaydimi?
A) bajonidil o‘rtoqlashadi;
B) ba’zida qizg‘onadi, ba’zida yo‘q;
V) qizg‘onadi.
8. Boshqalarga hamdard bo‘la oladimi?
A) agar nimadandir xafa bo‘lishayotganini ko‘rsa (sezsa), tinchlashtirishga, achinishga, yordam
berishga harakat qilib, doimo hamdard bo‘ladi;
B)ba’zan;
V) hech qachon.
9. Boshqa bolalarni xafa qiladimi?
A) ko‘pincha xafa qiladi;
B) ba’zida xafa qiladi;
V) hech qachon xafa qilmaydi.
10. O‘quvchi kattalarga tez-tez shikoyat bilan murojaat qilib turadimi?
A) ko‘pincha;
B) ba’zida;
V) hech qachon.
11. O‘quvchi tez xafa bo‘ladimi?
A) juda tez;
B)ba’zida;
V) xafa bo‘lmaydi.
12. O‘quvchi (yoki farzandingiz) adolatlimi?
A) doimo adolatli;
B) ba’zida adolatli;
V) ko‘pincha adolatli emas.
13. O‘quvchi doimo rost gapiradimi?
A) doimo;
B) ba’zida rost gapiradi, ba’zida esa yo‘q;
V) ko‘pincha rost gapirmaydi, tez-tez yolg‘onchilik qiladi.
14. O‘quvchi doimo o‘zini xushmuomala tutadimi?
A) doimo;
B) ba’zida;
V) deyarli hech qachon xushmuomala emas.
15. O‘quvchi doimo sizga quloq soladimi?
A) doimo;
B) ba’zi-ba’zida;
V) deyarli hech qachon.
16. O‘quvchiga mustaqillik xosmi?
A) butunlay mustaqil, hamma narsani o‘zi mustaqil bajarishni yoqtiradi;
B) ba’zi-ba’zida;
V) ko‘pincha mustaqillikni namoyon qilmaydi va u uchun boshqalar bajarishini xohlaydi.
17. O‘quvchiga qat’iylik xosmi?
A) doimo boshlagan ishini oxirigacha etkazishga harakat qiladi;
B) ba’zida qat’iylik namoyon qiladi, ba’zida yo‘q;
V) odatda qo‘l urgan ishini oxirigacha bajarmaydi.
18. O‘quvchiga mehnatsevarlik xosmi?
A) juda mehnatsevar, doimo topshirilgan ishni bajonidil bajarishga harakat qiladi;
B) ba’zida ishlashni sevadi, ba’zida dangasalik qiladi;
V) ko‘pincha dangasalik qiladi.
19. O‘quvchi o‘ziga ishonadimi?
A) butunlay o‘ziga ishonadi;
B) ba’zida;
V) o‘ziga ishonmaydi.
Ushbu anketa bo‘yicha bolalarni baholashda, ekspertchi sifatida faqat ota-onalar emas,
shu bilan birga tarbiyachilar, sinf rahbarlari hamda o‘quvchilar ham qatnashishlari shart.
Natijalar tahlili.
Anketa bo‘yicha olingan ma’lumotlar quyidagicha baholanadi:
“A” javobi- 10 ball;
“B” javobi- 5 ball;
“V” javobi- 1 ball;
Barcha javoblar bo‘yicha natijalar yig‘indisi hisoblanib, 18 ga bo‘linadi va bola shaxsi
kommunikativ xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar rivojlanish darajasining o‘rtacha
ko‘rsatkichlari baholanadi.
Agar ota-onalarning baholari o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan mos kelsa, bolada
baholanayotgan sifatlarning mavjudligi haqida xulosa hosil qilish mumkin. Agar 3ta ekspertdan
faqat 2 tasining baholari mos kelsa, bolada ushbu sifatlar etarli darajada rivojlanganligi haqida
xulosa chiqarish mumkin. Agar ekspertlar baholari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bolalarda
ushbu sifatlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida qo‘shimcha maxsus tekshiriluvsiz xulosa
chiqarish mumkin emas.
Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqot jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini
aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun
kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati motivlari,
hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan
munosabatlarni aniqlash mumkin.
Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim.
1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.
2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.
3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.
4. Savollar tushunarli, Yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.
Suhbat metodining ijobiy tomoni – o‘quvchi bilan bevosita muloqatda bo‘lish, uning
reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz ob’ektiv fakt emas, balki kishining sub’ektiv
fikrini olamiz.