Mavzu : Yosh buxoroliklar harakati va Buxoro amirligining tugatilishi



Download 1,21 Mb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi1,21 Mb.
#80048
1   2   3
Bog'liq
Buxoro-amirligining-tugatilishi

IV.Yangi mavzu bayoni:

1.Yosh buxoroliklar.

2.Amir Olimxon islohotlari.

3. Buxoro Amirligining qulashi

Yosh buxoroliklar XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch paydo bo'ldi. Birinchisi-Buxo-roning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg'or mamlakatlar qatoriga ko'tarilishi uchun astoy-dil kurashuvchilar yosh buxoroliklar nomini oldi. Ikkinchisi-diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo'lgan toifa vakillari edi. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat ko'rsatdilar. Ular Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyandalari (Abdulvohid Burhonov, Abdu-rauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev, Usmon Xo'ja, Abduqodir Muhit-dinov, Musojon Sayidjonov va boshqalar) bo'lib, Buxoroni mustabid amir hukm-ronligidan qutqarib, respublika tuzumini o'rnatishga harakat qildilar. Yosh buxoro¬liklar Buxoroda yangi usul maktablarini tashkil qildilar. Bu maktablar uchun turli darsliklar va o'quv qo'llanmalari yozildi. «Buxoroyi sharif» va «Turon» gazetalari nashr qilindi. Ushbu nashrlar xalqni jaholatdan uyg'otish va ma'rifatga da'vat etish bilan birgalikda milliy-ozodlik va mustaqillik g'oyalarini ham ko'tarib chiqishdi





. Amir Abdulahaddan so'ng Buxoro taxtini uning o'g'li Amir Olimxon islohotlari Sayid Olimxon (1910-1920) egalladi. Sayid Olimxon uzoq yillar davomida Buxoro madrasasida islom ilohiyotshunos-ligini o'rgandi. So'ngra, 1893-yilda otasi uni Peterburgga o'qishga jo'natdi, bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o'rgandi. Amirlik taxtiga o'tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari va diniy tizimni o'zgartirish taraddudida bo'lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o'zidagi muxolifotchi harakatlar uni chora-tadbirlar ko'rishga va yosh buxoroliklarning (jadidlar) mamlakatni demokratlashtirish va islohotlar o'tkazish to'g'risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 1917-yil Rossiyadagi fevral voqealari va u tufayli Buxoro siyosiy hayotidagi jonlanish, siyosiy o'zgarishlarning Buxoro amirligida ham takrorlanishidan saqlanish amirni ayrim islohotlarni amalga oshirishga undadi. 1917-yil martda




bosh qozi amir qabulxonasida mamlakatda islohotlar o'tkazish haqida va'da berdi. U amirning mav¬jud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini ko'p ham o'nglamaydi-gan farmonini o'qib eshittirdi. Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so'z borardi. Sanoat va savdoni rivojlantirishga ham e'tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalarni ijro etish chog'ida qo'shimcha ustama haq olish taqiqlandi. Buning o'rniga davlat tomonidan qat'iy belgilab qo'yilgan maosh ta'sis etildi. «So'ngra biz tomonimizdan,-deyiladi farmon¬da,-xususan, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag'batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'riladi». Shuningdek, amir o'z xazinasidan tashqari alo¬hida davlat xazinasini ta'sis etishga, davlat ehtiyojlaridagi kirimlar va chiqimlarni aniq hisoblab boruvchi budjet belgilashga ham va'da bergandi. Farmonda bosmaxona ochish, mahbuslarni zindon-lardan ozod qilish haqida ham va'dalar berildi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi «tiniq fikrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi «millat»ni saylash ham mo'ljallangan edi. Farmon katta va'dalar asosida jumlalar bilan tuzilgan bo'lsa-da, jadidlarda u shubha uyg'otdi. Yosh buxoroliklar rahnamolari (farmonni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qo'mita yosh buxoroliklar qo'mitasi deb atalgan) o'zlarining islohotlar borasidagi fikr-mulohazalarda yakdillikka erisha olmadilar. Mahmudxo'ja Behbudiy, Mullaxon o'g'li, Mirzo G'ulom vazmin, bosiq harakatlar bilan farmonni qo'llab-quwatlagan bo'lsa, radikal harakat tarafdorlari Fayzulla Xo'jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo'ja kabilar yanada chuqur islohotlar o'tkazishni talab qilib, o'z tarafdorlarini zudlik bilan namoyish o'tkazishga da'vat etdilar.




1917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o'tkazishdi. Buxo¬roda namoyishga to'plangan 150 kishiga Fayzulla Xo'jayev va Abdurauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Shiorlarda «Yashasin, Amir!» qatorida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da'vatlar ham bor edi. Namoyishga chiq-qanlar Arkgacha yetib kelishganida amir sarbozlari ularni to'xtatishga buyruq oldi. 200 piyoda va 300 otliq sarbozdan iborat amir qo'shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga ola boshladi. Bundan tashqari, Ark ostonasini islohotlarga qarshi chiqqan 7 mingdan ziyod ancha uyushgan mullalar guruhi egallab oldi. Mullalar Arkka yaqin kelishga botingan har qanday kishini o'ldirish bilan tahdid qildilar. Namoyishchilarga toshlar yog'dirilib, ularni do'pposlay va haqoratlay boshlashdi. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko'plariga tan jarohati yetkazildi. Qutulib qolgan namoyishchilar boshqa shaharlarga qochib jon saqlashdi. Buxorodagi voqealar jadidlarni sergaklantirdi. Ma'rifatli hukmdor tariqasida namoyon bo'lgan Sayid Olimxonning xalq orasida hurmati qolmadi.





«Jadidlar yoki Yosh buxoroliklar partiyasi Buxoro amirligi¬ning qulashi Omon qolgan jadidlar 1917-yili bolsheviklar tomonidan egallangan Turkistonga qochishdi. 1920-yil yanvarda Toshkentda o'rnashib olgan yosh buxoroliklarning so'l qismi Fayzulla Xo'jayev rahbarligida «Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy byurosi»ni tuzishdi. Ammo bu tashkilot nufuzli siyosiy kuchlarni o'zida mujassam etmagan. Bu tashkilot O'rta Osiyoni butunlay zabt etib, uni bolsheviklar qo'l ostida bo'lgan yangi davlat tarkibiga qo'shib olishga harakat qilgan mustamlakachilarning kurash vositasiga aylandi. Fayzulla Xo'jayev rahbarlik qilgan yosh buxoro-liklar va bolsheviklarning birgalikdagi harakatlari bilan Buxoroda davlat to'ntarishi tayyorlandi. Amir qo'shinini parokanda qilish bo'yicha ishlar olib borildi. Mahalliy aholi orasida kuchli tashviqot yurita boshlandi. Shu maqsadda «Tong» jurnali va «Uchqun» gazetasi nashr etildi. Yosh buxoroliklar amirni taxtdan ag'darishning siyo¬siy va tashviqiy asoslarini hozirlashga kirishdi. Ular¬ning tashabbusi bilan 1920-yil 29-avgustda Chorjo'yda qo'zg'olon uyushtirildi. Bu yerda Muvaqqat inqilobiy qo'mita tuzilib, u Rossiya hukumatidan yordam so'rab ilti-mosnoma bilan murojaat qildi. Sovet davlati esa yaxshi qurollangan qo'shin va mahalliy aholini dahshatga soluvchi harbiy aviatsiya bilan ta'minlangan yirik harbiy qismlarni Buxoroga tashladi. Amir va uning qo'shinlari deyarli hech qanday qarshilik ko'rsata olmadi. Bunday vaziyatdan chiqa olmagan amir Sayid Olimxon o'z oilasi va devonidagi amaldor-u a'yonlar bilan Afg'oniston tomon-ga qochib o'tdi. 1920-yil 2-sentabrda bolsheviklar armiyasi qo'shinlari Buxoroga kirdi. 6-oktabr-da Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Fayzulla Xo'jayev boshchiligidagi birinchi hukumat Xalq Nozirlar Kengashi tuzilganligi e'lon qilindi. Tarixiy hujjat Buxoro amirligi xazinasi haqida Buxoro amirining bosh vaziri-qo'shbegi Mirzo Nasrulloning shaxsan o'zi ro'yxatga olgan boyligi quyidagilardan iborat edi: Buxoro tillasi 1 148 380 dona, rus tillasi-4 365 100 dona, yombi holidagi gamburg tillasi-17 dona, kumushi-45 tonna, rus kumushi-22 tonna 160 kg, Buxoro tangasi-62 834 780 dona, Buxoro mis tangasi-13 tonna, tilla kukuni-1 tonna, yirik brilliantlar -3483 karat, buyumlarga tikilgan brilliantlar-968 karat, qimmatbaho toshlar -8617 karat bo'lgan. Amir Olimxon qo'lidagi rus sanoat banklari aksiyalarining qiymati 33 million so'm edi. Uning xazinasida 100 mln Rossiya imperiyasi pullari bo'lgani ham qayd etilgan. Yakunlarni chiqaramiz! Yosh buxoroliklar faoliyati. 1910-yil taxtga Sayid Olimxon o'tirdi. Islohotlar o'tkazishga urinishlar, namoyishlar. 1920-yil 29-avgustda Chorjo'yda qo'zg'olon uyushtirildi. Buxoro amirligi tugatilib, 1920-yil BXSR tashkil qilinadi. Atamalar izohi Mutaassib-(arabcha-о 'ta fidoyi)-dinga qattiq berilgan, uning aqidalariga ko'r-ko'rona amal qiluvchi. Radikal-(lotincha-tubdan)-keskin va qat'iy choralar tarafdori. Muvaqqat-(arabcha)-vaqtincha, muayyan muddatga tuzilgan hukumat.



V.Yangi mavzuni mustahkamlovchi savollar

1.Yosh buxoroliklar bu-?

2.Buxoro amirligining tugatilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?

3.Bolsheveklar bu-?



VI.Uyga topshiriq: o’tilgan mavzularni mustahkamlash, yangi mavzuga tayorlanib kelish.

F oydalangan adabiyotlar ro’yxati:

  1. 9-sinf O’zbekiston tarixi

  2. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro

  3. Internet ma’lumotlari.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish