3. Kadr orti matni ahamiyati.
Agar dramatik holat kuchsiz ifodalangan bo‘lsa yoki umuman bo‘lmasa, rejissor o‘zi bilganicha ish tutib, filmning umumiy mazmunini barbod qiluvchi xavfli harakat qilishi mumkin. Bunda hamma o‘z bilganicha ish ko‘radi. Bu ko‘pincha yaxshilikka olib kelmaydi. Tomoshabin uni ma’lum maqsad sari olib borayotganlari haqidagi tasavvuridan mahrum bo‘lishi mumkin.
Dramatik holat - bu har qanday dramatik hikoya va dramadagi har bir personajning ichki dunyosining o‘zagidir. Dramatik holatsiz aktyorlarga qiladigan ish yo‘q. Sizning nazokatingiz va mahoratingiz hikoyadagi dramatik holat namoyon bo‘lishining me’yorini aniqlashdadir. Ammo dramatik holatning bo‘lmasligi, so‘zsiz, sizning professional chorasizligingizni keltirib chiqaradi.
Ammo bu olchazor haqida ensiklopediyada yozilgan. Unda yuz yillar mobaynida ajdodlar, ko‘p avlodlar yashashgan. Pomeshchik ayol uchun bog‘ni qirqish - qoiini kesish yoki ajdodlar yashagan uyning yuqori qavatini bordel uchun, past qavatini esa narkomanlarga nashaxona qilish uchun ijaraga berish bilan barobar. Garchi gardanigacha axlatga botgan bo‘lsada, u o‘zini bu tarzda qutqara olmaydi. Bu uning tanlovi, uning qismati.
Men dunyo adabiyotining eng nozikta’b dramasi - «Olchali bog‘»ni mana shunday qo‘rqinchli so‘zlar bilan bayon qilmoqdaman. Barcha buyuk dramalar asosida mana shunday qo‘pol, qo‘rqinchli dramatik holatlar yotadi. Ular xarakterlar o‘z niqoblarini yechishini, qarshi kurashga otlanishlarini yoki halok boiishlarini talab qiladi. Dramatik holat drama muallifi uchun o‘z qahramonlarining mohiyatlarini ochish, bu mohiyatni personajlarning hayot bilan qiladigan janglari orqali namoyon qilishlari uchun toiaqonli bir imkoniyatdir.
Aslida bu davra yanada keng. Darvoqe, ularning orasida birinchi boiib «qahramon zaruratga qarshi turishi lozim - boimasa, uning passiv xatti-harakatlari tufayli, hech qanday erkinlik boimaydi», - deb uqtirgan qadimiy yunon faylasufi Aristotel singari kishilar ham bor. Erkinlikning tantanasi esa qahramonning g‘alabasi tarzida amalga.
Dramatik voqeada xarakter to‘lig‘icha hat qilib, yo‘lda davom etish mumkin bo'lgan birgina oddiy muammoga jalb etiladi. Shu tarzda biz juda oddiy elementlardan hayotning o‘ta murakkab ko‘rinishlarini tuzishimiz mumkin. Ulaming bitta yaqqol afzalligi bor. Ular emotsional javob topadilar, tomoshabin bilan uzviy bogianishga erishadilar.
Prozada esa bu shart emas. Hikoya qilib berish uchun personaj laming ko‘pqavatli motivatsiyalari, fikr yuritishlari, noaniq niyatlari va noiloj holatlari - bu odatiy, tabiiy va savodli hoi. Ammo dramaning personaji tubdan boshqacha, u harakat qilishi, antagonist bilan kurashishi va tomoshabinni unga hamdard bo‘lishi uchun jalb qilishi kerak. Shuning uchun unda har safar birgina tushunarli harakat uchun birgina yaqqol motivatsiya bo‘lishi lozim. Umumiy yo‘l juda murakkab bo‘lishi mumkin. Lekin har bir qadam sodda bo'lishi kerak.
Devid Mammet bu haqida shunday degan edi: «Personajning har bir harakatida faqat bitta motivatsiya bo‘lishi kerak, agar shunday bo‘lmasa siz: «men avtobus haydovchilari ish tashlaganlari uchun darsga kech qoldim, mening xolam bo‘lsa zinadan yiqilib, oyoqlarini sindirib oldi, degan talabaga o‘xshab qolasiz». Motivatsiyalar ko‘p bo‘lsa, muallifning g‘oyasi, aktyoming ijodiy irodasi va tomoshabinning qiziqishlari unda cho‘kib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |