Maks Veber qonuniy hokimiyatning uchta turini ajratib ko’rsatdi:
• Hokimiyatning birinchi turini M.Veber rasional-huquqiy vakolat deb ta’rifladi. Hokimiyatning ushbu turi qonuniy formal qoidalar va davlat tomonidan o’rnatilgan qonunlarga bog’liq bo’lib, odatda u juda murakkab yozilgandir. Rasional hokimiyat kuchi hujjatlarda Kanstitusiya yoni nizom deb nomlanadi. Zamonaviy jamiyatlar legal-oasional hokimiyatga bog’liqdir. Masalan, AQShda Prezident va hukumat amaldorlari ushbu illyustrasiyaning yorqin belgisi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
• Hokimiyatning ikkinchi turi bo’lib an’anaviy hokimiyat gavdalanadi. Bu hokimiyat turi chuqur ildiz otib ketgan udumlar, odatlar va sosial strukturadan kelib chiqadi. Agarki, qachon hokimiyat bir avloddan keyingisiga o’tar ekan, biz bunday sharoitda an’anaviy hokimiyat bilan duch kelamiz. Bunda Saudiya Arabistoni qiroli ushbu yondashuvning yorqin misoli bo’lishi mumkin.
• Hokimiyatning uchinchi shakli bo’lib xarizmatik hokimiyat namoyon bo’ladi. Bu yerda xarizma-individ, yoki xarizmatik yetakchi bosh rolni o’ynaydi. Bu hokimiyatda inson shaxsi, yoki yetakchi shuni alohida ta’kidlaydiki, undagi avtoritet va kuch ilohiy in’om ko’rinishida namoyon bo’ladi.66
3) Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o’zlariga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o’zlashtirish va ularni aks ettirishni, individlarni muayyan submadaniyatga kiritishni, xulq-atvorning turg’un ijtimoiy-madaniy andozalari orqali individlarni ijtimoiylashtirishni va nihoyat, muayyan qadriyatlar va me’yorlarni himoya qilishni maqsad qilishadi.
4) Me’yoriy-yo’naltiruvchi institutlar – individlarni axloqiy-etik yo’naltirish va ularning xulqini boshqarish mexanizmlari. Ularning maqsadi xulq-atvor va motivasiyaga ma’naviy dalilni, etik asosni berishdan iborat. Ushbu institutlar hamjamiyatda imperativ umuminsoniy qadriyatlarni, maxsus kodekslar va xulq etikasini tasdiqlaydi.
5) Me’yoriy-tasdiqlovchi institutlar – yuridik va ma’muriy hujjatlarda biriktirilgan me’yorlar, qoidalar va ko’rsatmalar asosida xulq-atvorni ijtimoiy jihatdan tartibga solishdir. Me’yorlarning majburiyligi davlatning majburiy kuchi va tegishli sanksiyalari tizimi bilan ta’minlanadi.
6) Tantanali-ramziy va vaziyatli-konvensional institutlar. Ushbu institutlar konvensional (shartnoma bo’yicha) me’yorlarni u yoki bu darajada uzoq qabul qilishga, ularning rasmiy va norasmiy mustahkamlanganligiga asoslangan. Ushbu me’yorlar kundalik o’zaro aloqalarni, guruhli va guruhlararo turli tuman xulq-atvor aktlarini tartibga soladi. Ular bir-birining xulq-atvor tartibi va usulini aniqlaydi, axborot berish va almashish, salomlashish, murojaat qilish usullari va h.k.ni, yig’ilishlar, majlislar reglamenti, biror bir birlashmalar faoliyatini aniq qat’iy belgilaydi.
4. Ko’p kishilarda boshqa yaqin insonlar borki, ular oilamiz deb hisoblaymiz. Qanday qilib oilaviy struktura o’zgarib boradi? Nima uchun oila mavjud bo’ladi Ushbu savolllarni sosiologlar oila masalasini muhokama qilayotganlari kun tartibiga qo’yadilar.
Oilaning asosiy konsepsiyasi haqidagi masala nisbatan yangi hodisa hisoblanadi. Bugungi kunda oilaning ko’pgina variantlari mavjud bo’lib, ularning orasidan oilaning o’zi nima degan savolga javob torish mushkuldir. Odatda oila deganda biz kishilarning uy sharoitidagi guruhni, yoki bir qator ichki guruhlardan tashkil topgan hodisani e’tirof qilamiz. Oila odatda ma’lum bir qarindoshlikni taqazo etadi.
Siz qadimgi Rimdagi oilaning oilaviy harakteri o’zgarib borish haqidagi namunani ko’rishingiz mumkin. Qadimgi Rimda oilaviy trukturada otaning yetakchiligi mustahkamlangan edi. Bu strukturada ota katta hokimiyatga egalik qilar edi. Ularni nikohlanishga, ajralishga, bolalarni qul qili sotilishiga majbur qila olar, shuningdek, qarormog’idagilarning mutkini tasdiqlashga haqli edi. Agar kishi uyida otasi bor ekan,u uyning egasi hisoblanmasdi. Qizlar turmushga chiqqanda erining otasini mulkiga aytantirilar edi. Uy ho’jaligini tashkil etuvchi guruh oila deb ta’riflanar edi. Oila qarindosh-urug’likka asoslansa-da, biroq tez-tez u siyosiy va iqtisodiy ittifoqlarni tuzish uchun ham kerakli bo’lardi. Qadimgi Rimdagi nikoh aksariyat hollarda ayniqsa, oliy tabaqalar moliyaviy va siyosiy ittifoq ko’rishida mavjud bo’lar edi.
G’arbdagi zamonaviy oila va nikoh shaklining strukturasi o’z ildizlari sifatida xristinlik falsafasi va amaliyotiga tayanadi. Nukliar oilalar o’rta asrlarning eng so’ngi davrida vujudga kela boshladi. Bunda nikoh – erkak va ayolning ikki malakali personalning butun umri davomida birgalikda yashash majburiyatini olgan er-xotinlik ittifoqi sifatida belgilandi.67
Deyarli barcha jamiyatlarda aka va singillar o’rtasidagi nikohlar ta’qiqlangan. Qadimgi Misr, Gavay kabilarda esa bunday nikoh mustasno tarzida kam uchragan. Ko’pgina jamiyatlarda tog’avachchalar, amakivachchalar, xolavachchalar, ammavachchalar orasidagi nikoh afzal ko’rilgan. Lekin o’rta asr katolik cherkovi xatto uzoq qarindoshlar o’rtasidagi nikohlarni ham ta’qiqlagan. Hozirda ham katolik cherkovi nikohga kirishishda qondosh va urug’doshlarning o’rtasidagi masofani saqlashni talab etadi. 68
Oilaning funksiyalari. Oilaning asosiy funksiyasi bo’lib, jamiyat hayotini davom ettiradiganlarni dunyoga keltirishdir. Bunda biologik ham sosiallik nazarda tutiladi.
Ushbu funksiyalarni e’tiborga olganda, oilaning kechinmalari vaqt davomida o’zgarib boradi. Bolalar uchun oila aynan sosializasiya makoni bo’lib xizmat qiladi. Ota-onalar uchun ham bolalarni tug’ilili oilaning bosh funksiyasi bo’lib xizmat qiladi. Ayrim madaniyatlarda ayollarga xatto bolalarni tug’ish majburiyati yuklanadi. 69
Oilaning reproduktivlik funksiyasini xosili bo’lgan bolalar faqat bir kishi (yoki ota, yoki ona), yoki asrab olgan ota-onalar tomonidan tarbiyalansa, uning hulq-atvorida to’liq oilada ulg’aygan tengdlshiga qaraganda salbiy jihatlar ko’proq uchraydi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha noto’liq oila to’liq oilaga qaraganda kambag’alroq bo’ladi va bu bolaga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Marcia Carlson tomonidan o’tkazilgan 3000 dan ortiq o’smirning hayoti qamrab olingan va natijalarga ko’ra bu bollarning otalari ular bilan vaqtini ko’proq o’tkazishi tufayli bu bolalar halq-atvorida jiddiy muammolari kamroq uchragan. Va aksincha, noto’liq oila, shuningdek, o’gay ota yoki o’gay ona qo’lida bo’lgan o’smirlar hulq-atvorida jiddiy kamchiliklar ko’proq uchragan. Shuning uchun o’smirlar hulq-atvori muammolarini kamaytirishda bolalar va ularning otalari orasidagi aloqani kuchaytirish asosiy rolni o’ynaydi.70
Sosial institutlar o’z funksiyalariga qarab tasniflanar ekan, bunda avvalo oila institutining ahamiyatiga asosiy e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Chunki, u boshqa institutlar ichida eng ko’hnalaridan hisoblanadi. Shuning uchun oila instituti bir qator ijtimoiy fanlarning tadqiqot obyekti bo’lib xizmat qiladi. Sosiologiyada ushbu institut muammolari ham nazariy, ham amaliy jihatlarda o’rganiladi. Rossiyalik sosiolog S.S.Novikova fikricha, oila o’zida sosial institut va kichik guruh sifatlarini mujassamlashtiradi. Oila ijtimoiy strukturaning mikromodeli bo’lib xizmat qiladi va o’zida kishilarning shaxsiy muloqotlari va munosabatlar kechishini namoyon etadi.
Sosiologlarni avvalambor oilaviy hulq-atvor namunalari (oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirish, unda o’rnatilgan rollar va h.z.) qiziqtiradi. Bunday holatda oilaning shakllanish jarayoni yoshlarni bir-birining ko’nglini olish me’yorlari va standartlari, bo’lg’usi umr yo’ldoshini tanlash, jinsiy hulq-atvor va kelin va kuyovlarning ota-onalari bilan o’zaro munosabatlarning yig’indisi sifatida nazarda tutiladi.
Er va uning ayoli o’rtasidagi munosabatlar nikoh instituti tomonidan maxsus joriy qilingan me’yorlar va sanksiyalar tizimi orqali muvofiqlashtiriladi. Ayrim me’yorlar, huquq, burch va majburiyatlar yuridik xususiyatga ega va ular qonunlar hamda oila kodeksi tomonidan tartiblanadi. Masalan, er va uning ayolini bir-birlariga, bolalarga nisbatan moddiy majburiyatlari, oilaviy mulkni birgalikda tasarruf etish, nikohni bekor qilishning huquqiy asoslari va h.z.
Boshqa me’yorlar esa jamiyatda qabul qilingan axloq, urf-odatlar va an’analarga muvofiq amalga oshiriladi. Masalan, nikohgacha bo’lgan hulq-atvor, er va uning ayolini oiladagi vazifalari, farzandlar tarbiyasi, oilaviy ko’ngil ochar tadbirlar va h.z. Demak, nikoh instituti oila institutining ajralmas qismi sifatida o’zining muhim o’rniga ega.
Sosiologiyada oilaga turli-tuman ta’riflar berilgan. Shularning ichida A.G.Xarchev tomonidan ishlab chiqilgan ta’rif o’zining oddiy, konkret va tushunarligi bilan alohida ajralib turadi. Uning fikricha, oila kundalik turmush va o’zaro ma’suliyat bilan bog’langan kishilarning nikoh va qon-qarindoshlik asosidagi birlashuvidir. Oila bu – kichik guruh sifatida nikoh yoki qon-qarindoshlik munosabatlari bilan bog’langan er va xotin, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tarixiy konkret tizimidir.
Oilaviy munosabatlarning dastlabki asosini nikoh tashkil etadi. Nikoh erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlarning tarixiy o’zgaruvchi shakli bo’lib, uning vositachiligida jamiyat ularning jinsiy hayotlarini tartiblaydi hamda er-xotinning huquq va majburiyatlarini o’rnatadi. Biroq, oila nikohga nisbatan murakkab munosabatlar tizimini o’zida ifodalaydi. Chunki, u o’zida nafaqat er va xotinni, balki ularning bolalari hamda boshqa qarindoshlarini ham jamlaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganada, oila nikoh guruhi emas, aksincha, sosial institut bo’lib, u nasl qoldirish funksiyasi, jinslar, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi aloqalar va o’zaro faoliyatlarni muvofiqlvshtiruvchi tizimdir.
A.G.Xarchevning ta’rifidan kelib chiqiladigan bo’lsa, reproduktivlik oilaning asosiy, birlamchi funksiyasi hisoblanadi, ya’ni u jamiyat uchun aholini biologik ko’paytirish hamda shaxsan o’zi uchun bolalarga bo’lgan ehtiyojini qondirish jarayonidir. Ushbu asosiy funksiya bilan birga oila bir qator boshqa muhim ijtimoiy funksiyalarni ham bajaradi:
- tarbiyaviy – yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatda madaniy takror ishlab chiqarishni saqlab turish;
- xo’jalik-turmush – jamiyat a’zolarining jismoniy salomatligini saqlash, farzandlar va oiladagi qariyalarni parvarish qilish;
- iqtisodiy – oila a’zolarining boshqalar uchun moddiy mablag’larni olishi, jamiyatning voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz a’zolarini iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
- birlamchi ijtimoiy nazorat sohasi – oila a’zolarining xulq-atvorlarini axloqiy jihatdan qat’iy belgilash, shuningdek er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, katta va o’rta avlod vakillari o’rtasidagi munosabatlarda javobgarlik va majburiyatlarni qat’iy belgilash;
- ma’naviy muloqot – oila a’zolarini shaxs sifatida rivojlantirish, o’zaro ma’naviy boyitish;
- ijtimoiy-mavqye – oila a’zolariga muayyan ijtimoiy mavqyeni taqdim etish, ijtimoiy tuzilmani takror yaratish;
- bo’sh vaqtni oqilona tashkil etish, manfaatlarni o’zaro boyitish;
- emosional – ruhiy himoya, emosional madadni olish, individlarning emosional barqarorlashuvi va ularning ruhiy terapiyasi.
Oila va nikoh institut sifatida jamiyat vujudga kelganidan boshlab shakllandi va rivojlandi. Nikoh shakliga qarab oilalar monogamik va poligamik turlarga bo’linadi:
1. Poligamiya – bu bir kishini bir nechta umr yo’ldosh bilan nikohidir.
Poligamiya ikki xil turga egadir: 1) poliginiya – bir erkakning bir necha ayol bilan nikohi (patriarxat); 2) poliandriya (andr- erkak) – bir ayolning bir necha erkak bilan nikohi. Matriarxata davridagi nikoh shaklida urug’dagi hokimiyat ayolning qo’lida bo’lgani tufayli bolalar ota tomonidan emas balki ona tomonidan tegishli hisoblanar edi. Ekzogamiya- nikohning oraliq shakli bo’lib, unga muvofiq bir kishi bir nechtasi bilan nikohda bo’ladi, lekin albatta o’zining qarindosh-urug’ning doirasidan tashqaridagilar bilan. Endogamiya esa bunday nikohini qon-qarindoshlar ichida tashkil etishidir. Hozirda poligamik nikohlar asosan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hamda Fors ko’rfazi atrofidagi davlatlarda ko’proq uchraydi. Chunki, bu mamlakatlarda davlat boshqaruvida dunyoviylik emas, balki diniylik tamoyili hukmronlik qiladi.
2. Monogamiya – bir erkakni bir ayol bilan nikohidir. Zamonaviy dunyoviy jamiyatlarda aksariyat nikohlar shunday shaklga ega. Jumladan, bizning mamlakatimiz sharoitlarida ham shunday tartib o’rnatilgan.
Zamonaviy jamiyatlarda oila ikki xil ko’rinishga ega: nuklear va kengaygan. Nuklear oila er-xotin va ularning hali oila qurmagan bolalaridan iborat bo’ladi. Kengaygan oila er-xotin va ularning hali oila qurmagan bolalaridan tashqari yana qaynota-qaynona, ularning boshqa farzandlari va xatto ularning o’z oilalaridagi farzandlaridan tashkil topgan bo’ladi. Bu turdagi oilalar asosan Sharq mamlakatlarida mavjud. G’arb mamlakatlariga esa nuklear oilalarga ega bo’lish xosdir.
Albatta, keyingi yillarda G’arb mamlakatlarda an’anaviy oila instituti mavqyesi anchagina yo’qolib, u ma’lum bir qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda. Buning natijasida bu mamlakatlarda nikohning g’ayri insoniy shakli – bir jinsi nikohlarni vujudga kelishi avj olmoqda. Achinarlisi shundaki, ayrim davlatlarda bunday nikohlar tuzilishiga demokratiya niqobi ostida, go’yoki jinsiy kamchilik – gomoseksuallarning manfaatini himoya qilish bahonasida rasman ruxsat berilmoqda. Bu salbiy holat G’arb jamiyati jamoatchiligining ilg’or fikrlaydigan qismida katta tashvish uyg’otmoqda. Chunki, an’anaviy oilaning tanazzuli bu turdagi g’ayir-tabiiy nikohlarni shiddat bilan ko’payishiga asos bermoqda. O’z navbatida bunday noxush holat oilaning asosiy funksiyasi - reproduktivlikni yaqin yillar ichida batamom yo’qolishiga asosiy salbiy omil bo’ladi.
Mamlakatimizdagi milliy xususiyatimizni ifodalab beradigan ijtimoiy-madaniy muhit bizda oila instituti barqarorligini yuksalib borishiga asosiy ta’sirni ko’rsatayapti. Davlatimizni oila instituti barqarorligiga berayotgan har tomonlama katta e’tibori tufayli oila o’zining barcha funksiyalarini yuqori saviyada bajarayotgani jamiyatimiz taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
Sosiologiya dinni huddi boshqa sosial institutlarni o’rgangandek tadqiq etadi. Maqsad avvalmbor dinni o’zi nima ekanligini tushunishdir. Ushbu maqsad yo’lida sosiologlar demografik metodlar, tadqiqotlarning tahlilidan, etnografiya va boshqa bir qator metodologik yondashuvlardan foydalanishadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunda sosiologiya dinni va uning me’yoriy talablarini isbotlash yoki inkor etish masallasi bilan qiziqmaydi. Sosiologlar shuningdek, din to’g’rimi yoki noto’g’rimi degan xulosalarni isbotlashdag manfaatdor emaslar. Shuning uchun sosiologlardan relyativistik nuqtai nazar talab etiladi. Ya’ni ular din va uning arkonlari to’g’ri yoki to’g’ri emasligi, haqiqat yoki soxtaligini o’rganishda neytral pozisiyada turishlari taqazo etiladi.71
Har qanday dinni o’rganishning tayanch nuqtasi bo’lib uning tushunchasini belgilash namoyon bo’ladi. Bu holat dinni tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tahlilga qanday guruhlarni kirishni bilish o’ta zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |