Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


Fast food tashkilotlarida to’liq ishlaydigan ishchilarning yillik o’rtacha maoshi ,564



Download 0,68 Mb.
bet54/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Fast food tashkilotlarida to’liq ishlaydigan ishchilarning yillik o’rtacha maoshi $18,564
Minimal soatbay maosh shtatlarda:$5.15/hour (Wyoming shtatida)
$9.04/hour (Washington shtatida)
Minimal soatbay maosh shaharlarda:$5.15/hour (Atlanta) $10.50/hour (San Francisco)
Eng kam moash oladigan ko’pchilik ishchilar hattoki 20 yil yil davomida g’aliyam kam maosh olmoqda.
McDonald’s tashkilotining yillik ishchilariga beradigan maoshi :$8.8 million tashkil etadiyu bu esa eng kam ish haqidan 588 marta ko’proq
16 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan ishchilar umumiy ishchilarning 17 % ini tashkil etadi. (Manba Patton (2012b)).74
Teylor o’z yondashuviga hyech qanday yangi asosiy ilmiy qoidalar kiritilmaganini tan oladi va ilmiy boshqaruv nazariyasi «boshqaruvchilarning avvalgi avlodlari tomonidan to’plangan barcha an’anaviy bilimlarni yig’adi hamda uni qoidalar, qonunlar, formulalar ko’rinishida takomillashtiradi» deb tahmin qiladi. Tashkilotni boshqarishni takomillashtirish bo’yicha Teylorning yondashuvida injenerlik qarorlariga ustuvorlik berilgan. Ushbu nazariya doirasida «rasionallikdan» og’ishlar hisob-kitoblar va sof injenerlik qarorlari asosida chetlashtirilishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar, hatolar, noaniqliklar kabi ko’rib chiqiladi.
F.Teylorning davomchilari bo’lgan ishlarni bajarishning optimal usullarini izlash uchun ilmiy usullardan foydalanishni bosh vazifa qilib olgan tashkilot nazariyasi klassiklari F.Teylorva L. Gilbertlar keyinroq tashkilotlarda mehnat jarayonlarini rasionallashtirish g’oyasini ishlab chiqdilar. Rasionallik va injenerlik yondashuvi g’oyalari o’zanida, umumiy maqsadlarga erishish bo’yicha tashkilotning turli bo’limlaridagi harakatlarni birlashtirishni ta’minlash, tashkilot faoliyatini rasional tarzda rejalashtirish usullarini ishlab chiqqan amerikalik muhandis G.Gant ham tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish muammolarini ko’rib chiqdi.
Tashkilotlar bo’yicha fransuz tadqiqotchisi A.Fayol ilmiy boshqaruvning mumtoz maktabini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Uning ishlarida tashkilot boshqaruvi tuzilmasini o’rganishga asosiy e’tibor qaratilgan. Fayol boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tushunchasini taklif etdi, uni markazlashtirish darajasi, maqsadlari va konfigurasiyasiga bog’liq holda asosiy turlarini aniqladi. Fayolning fikriga ko’ra, har qanday ijtimoiy tuzilma faoliyatining negizida tashkilotda nafaqat munosabatlarni mustahkamlovchi, balki ularning yakuniy sofligini ham ta’minlovchi iyerarxiya tamoyili yotadi. Bu esa, huquq va javobgarliklar yuqoridan pastga - oliy boshqaruvdan quyiga, so’ng esa ijrochiga taqsimlanishi lozimligini anglatadi. Quyidagi tamoyillarni amalga oshirish orqali vertikal aloqalarning aniq harakatiga erishildi:
- qarorlar birligi (yakka hokimlik);
- istisno (faqat muhim va takrorlanmaydigan qarorlar rahbarning ixtiyorida qolishi lozim);
- nazorat sohasini rasionallashtirish (yagona rahbar ixtiyorida xodimlarning qat’iy belgilangan soni);
- tashkiliy ixtisoslik (tashkilotda boshqaruv vazifalarining aniq taqsimlanganligi) va boshqalar (qarang 7. 67 b.).
Ilmiy boshqaruv maktabining M.Veber tomonidan nazariy asoslanganligi. Teylor va uning davomchilarining rasional modelini ijtimoiy asoslab bergan M.Veberining asarlari ilmiy boshqaruv maktabining nazariy poydevori bo’ldi. Veberining ilmiy boshqaruv nazariyasi mualliflari tomonidan foydalanilgan muhim g’oyasi, ijtimoiy harakatlar konsepsiyasi hisoblandi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq, jamiyatda ijtimoiy tartib asosini ijtimoiy yo’naltirilgan va rasional harakatlargina (maqsadli yo’naltirilgan va yaxlit-yo’naltirilgan) tashkil etadi, tashkilot a’zolarining vazifalari esa, ular tomonidan shaxsiy maqsadlar va shaxsiy faoliyatlarining navbatdagi optimallashtirilishini o’zlari tushunishlarini hisoblanadi. Tashkilotda ishchining har bir harakati, uning o’z ishini bajarishi kabi, tashkilotning umumiy maqsadga erishishi nuqtai nazaridan ham rasional bo’lishi lozim. Norasional harakatlarga umuman yo’l qo’yilmaydi. Bunday tashkilotda hato, yangisini izlash, nizolar va mujmallikka o’rin yo’q. Shu tarzda, rasionallik har qanday korxona va muassasaning oliy maqsadi va iyeali hisoblanadi, ideal tashkilot esa so’nggi rasional texnologiyalar, kommunikasiyalar va boshqaruv orqali tavsiflanadi.
Veber qarashlari bo’yicha boshqaruvning ideal va nisbatan samaraliroq tizimi – rasmiyatchilikdir. Tashkilotda rasmiyatchilik qarorlarning jadal qabul qilinishi, ishlab chiqarish masalalarining tezkor hal etilishi bilan tavsiflanadi. Rasmiyatchilik tuzilmalarida qat’iy aloqalar ularning barqarorligi va tashkilot o’z maqsadlariga erishishiga aniq yo’naltirilishiga ko’maklashadi.
Boshqaruv apparatining turli unsurlari vazifalarini yoritib bergan va rasmiyatchilikning ideallashtirilgan konsepsiyasini ko’rib chiqqan holda Veber ularning teskari rivojlanishi ham, unsurlar tizimini tuzuvchilar orasida yuzaga keladigan nizolarni ham, xodimlar orasidagi munosabatlarga norasmiy tuzilmaning ta’sirini ham va tashqi muhitning ta’sirini ham hisobga olmagan. Aniq rasmiyatchilik apparatining amal qilishidagi asosiy tamoyillarga kiritilgan ichik qarama-qarshiliklar, rasional rasmiyatchilik tuzilmasining butunlay qulashiga olib kelishi mumkin.
M.Veberning rasionallik nazariyasi ma’lum darajada tashkilotning boshqaruv tuzilmasini qurish, shaxslarga nisbatan qulay alohida talablarni belgilash, tashkilotda nisbatan maqsadga muvofiq texnologiyalardan foydalanish muammolarini hal etish imkonini berdi.
Shu bilan birga, tashkilotning ideal modellarini qo’llagan holda Veber tashkilot faoliyatining aniq sharoitlari va boshqaruv tuzilmasining amal qilishidagi oqibatlarni hisobga olmagan. Uning tashkilotida qayishqoqlik ko’rib chiqilmaydi, tashkilotning tashqi muhitga ta’siri hisobga olinmaydi. Buning oqibatida Veber qarashlari bo’yicha boshqaruvning rasional tizimi murakkab vaziyatlarda qarama-qarshi tomonga o’zgaradi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish