So`roq turi
|
Olmoshlar
|
1.
|
Shaxsga so`roq
|
Kim?
|
2.
|
Narsaga so`roq
|
Nima?
|
3.
|
Belgi-xususiyatga so`roq
|
Qanday? Qanaqa? Qaysi?
|
4.
|
Miqdorga so`roq
|
Qancha? Necha? Nechta?
|
5.
|
Tartibga so`roq
|
Nechanchi?
|
6.
|
Sabab-maqsadga so`roq
|
Nega? Nimaga ?
|
7.
|
O`rin-joyga so`roq
|
Qaerda? Qayda? Qayoqqa?
|
8.
|
Paytga so`roq
|
Qachon?
|
9.
|
Mavjudlikka so`roq
|
Qani?
|
Kim birlik va ko`plikda qo`llanadi, egalik va kelishik qo`shimchalarini oladi: Kim so`zladi? Nimalarni ko`rding? Nimang bor? Nima olmoshi belgisiz kelishik shaklida kelishi mumkin: Nima(ni) olding?
Qanday, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: qanaqa odam, qaysi kitob. Qaerda, qayda, qani, qayoqqa, qachon, nega olmoshlari o`rin, payt, mavjudlik, sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Qachon keldi? Qaerda yuribdi? Ukang qani? Qayoqqa ketdi? Nega keldi?
Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig`indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko`rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo`lish mumkin: 1) jamlovchi belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, yalpi so`zlari kiradi. 2) ayiruvchi belgilash olmoshlariga har so`zining o`zi (Har qovunlarki...) va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so`zlar kiradi va bu olmoshlar to`pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradi. Har so`zi ayrim yoziladi.
Hamma, barcha, bari olmoshlari ko`plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalari bilan qo`llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytaverma.
Bo`lishsizlik olmoshlari inkor ma`nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so`zining o`zi va shu so`zning ba`zi so`roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so`zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik, kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanadi: U hech kimni ko`rmadi. Hech kimim yo`q.
Hech so`zi yakka holda qo`llanganda, ko`pincha fe`llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi (lekin butunlay ravish turkumiga o`tmaydi): U hech qiynalmadi.
Bo`lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo`ladi: Hech qachon unutmaydi.
Kimsa so`zi ham bo`lishsizlik olmoshlari o`rnida qo`llanishi mumkin: Buni kimsa (hech kim) bilmasligi kerak.
Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvurni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla- yordamida yoki -dir qo`shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanima, allanarsa (narsadir emas), allaqaysi, allaqaer, allaqayoq, allanechuk, allaqancha, allanechanchi, kimdir, nimadir, qachondir, qandaydir, qaerdadir, qaergadir, negadir. Gumon olmoshlari so`roq olmoshlariga bir, ham so`zlarini qo`shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo`ldi. (Ba`zan bir nima birikmasi bo`lishsiz olmosh o`rnida kelishi mumkin: Buni ko`rib bir nima demadi.) Bu olmoshlar birlik va ko`plikda (allakimlar) keladi, kelishiklarda turlanadi: (kimnidir), egalik qo`shimchasini oladi (allakimim). Birov so`zi ham kimdir, allakim so`zlariga sinonim bo`lgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Birov so`zi, shuningdek, har kim, hech kim, bitta degan so`zlarga ham sinonim bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |