Bizni kimligimizga nima majbur qiladi?
Shaxs rivojlanishini belgilovchi omillar o'z-o'zini takomillashtirish jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligini anglash kerak. Agar ulardan bittasi ham azob chekayotgan bo'lsa, o'sishga erishish mumkin emas. Ya'ni, agar sizga yomon ta'sir ko'rsatadigan, muhim maqsadlarga erishishga xalaqit beradigan jamoada bo'lsangiz, unda darhol savol tug'iladi, siz to'g'ri tanlov qildingizmi? Inson o'z yo'lini o'zi quradi Nazorat qilish va o'rganishdan tashqari, shaxs o'zini rivojlantirishni istashi va mavjud ko'nikmalarini oshirishga intilishi juda muhimdir. Ko'pgina hollarda u o'zi kelajakni belgilaydi, doimo tanlov qiladi. Ya'ni, inson o'zining siyosiy va ma'naviy afzalliklarini, sevimli mashg'ulotlarini va xushyoqishlarini tanlaydi va bu uni insonga aylantiradi. Bunda unga shaxsiyat rivojlanishining boshqa omillari va zarur shartlari yordam beradi.
1.2 . Hozirgi zamon yoshlarining maʼnaviy madaniyatini shakllantirishning ahamiyati .
Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir.
Axir, yurtimiz baxtiyor yoshlar mamlakati boʻlib, mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, yaʼni 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi. Albatta bu, davlatimiz zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashini koʻz oldimizga keltirsak, juda katta eʼtibor, gʻamxoʻrlikni talab etadi, ikkinchi tomondan yoshlarimizga koʻrsatiladigan eʼtibor, ertaga ulkan yutuq va natijalarini ham beradi. Chunki hozir Oʻzbekiston mehnat resurslarining yarmidan koʻpi yoshlardir. Kelgusida har uchinchi rahbar ham yoshlardan boʻladi
Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim qatlam hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularning orzu-maqsadlarini roʻyobga chiqarish, ilgʻor tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois, yurtimizda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etiladigan yoshlarga yurt ravnaqini taʼminlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida ishonch bildirilmoqda. Natijada yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qatʼiy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning biznes loyihalarini amalga oshirish natijasida ularning turmush tarzini yaxshilanmoqda, ularning istiqbolli tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Hozirgi kunda dunyoda 60 mingdan ziyod milliy parlamentlarning aʼzolari boʻlsa ulardan 2,6 foizi yoshlardan iborat. 2019-yil dekabrida yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida oʻtgan saylovda deputatlarning 9 nafari yaʼni 6 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar orasidan saylangani katta ahamiyatga ega. Ular tomonidan bugungi kunda yoshlarning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi qonun loyihalari ishlab chiqilmoqda. Qabul qilinayotgan hujjatlarda yoshlarning manfaatlarini himoya qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Soʻnggi bir necha yil davomida yoshlarga berilayotgan eʼtibor tubdan oʻzgardi. Jumladan, 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Yurtimizda 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi. Bundan tashqari yoshlarni himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida bugungi kunga qadar parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularni hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish uchun Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Hozirda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentida 100 nafar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentida esa, 250 nafar yoshlar faoliyat yuritmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, hududlarda loyihalar fabrikasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2020-yilning 25-dekabr kuni ilk marta “Yoshlar forumi” oʻtkazildi. Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʻyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nomlanib, bu borada Davlat dasturi qabul qilindi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yana-da rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturida oʻz iqtidori va salohiyatini kamol toptirish, kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishi uchun yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida yoshlar davrasida motivatsion tadbirlar oʻtkazish belgilangan. Soʻnggi yillarda yoshlarni turli darajadagi lavozimlarga tayinlash keng yoʻlga qoʻyildi. Viloyatlar, tuman va shahar hokimlariga yoshlar tomonidan oʻrinbosarlar tayinlandi.
Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan yoshlar va talabalar forumi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim oʻrin tutadi. Davlatimiz rahbari tomonidan forumda Parlamentlararo ittifoq koʻmagida “Biz parlamentda yoshlarni qoʻllab-quvvatlaymiz!” degan ezgu tashabbusini amalga oshirilishiga alohida toʻxtab oʻtildi. Shuningdek, siyosiy yetuk va faol yoshlarni parlamentga, mahalliy kengashlarga yana-da keng jalb etib, ularni
Oliy Majlis deputatlari va senatorlariga biriktirilishi yoshlarga yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib beradi. Ularga mamlakatimizning eng yuqori minbarlaridan oʻz gʻoyalari, tashabbuslarini ilgari surishga, huquq va manfaatlarini bayon etish imkoniyatlari yana-da oshadi.
Oʻzbekiston yoshlari davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda. Yurtimizda yoshlar siyosati xalqaro umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq va normalar bilan hamohang tarzda olib borilmoqda. Yoshlarni intellektual, maʼnaviy va jismoniy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Davlatimiz rahbari tomonidan taʼkidlanganidek, yoshlar davlatimizning eng katta boyligi, bebaho xazinasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |