Mavzu : Shaxs axloqiy va maʼnaviy salomatligi omillari



Download 41,65 Kb.
bet2/2
Sana13.01.2022
Hajmi41,65 Kb.
#354103
1   2
Bog'liq
651-19 M.Sarvinoz TP Mustaqil ishi

GLOSSARIY

Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan shug’ullanuvchi betakror odam.

Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari psixikasining o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.

Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig’indisi.

Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obʼyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbayiga aylanishi mumkin.

Shaxsning shakllanish omillari koʻp va xilma-xilddir. Mas, genetik (nasliy), biologik, tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, oʻz turdoshlari bilan munosabatlar va boshqalar shahrining genetik jihati uning nasliy asosi, ajdodlaridan yetib kelgan fizionomiya, feʼl-atvor bilan, biofiziologik jihati esa yashash uchun quvvat olish, ovqatlanish bilan belgilanadi.

Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, ijtimoiy-tarixiy anʼana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy, maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy hilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi mumkin.

Shaxs shakllanishi haqida gapirar ekanmiz, albatta u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatining roli juda kattadir. Mana masalan, biron muhitda inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko‘rsatuvchi besh yuzta o‘ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug‘iladi. Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi?



Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli xodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib unda chuqur iz qoldiradi. Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo‘lishiga odamning o‘zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra, ilk yoshlik chog‘laridan boshlab nihoyat darajada taqlidchan bo‘ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o‘zlariga singdirib boradilar. Shuning uchun bolalar oilada, ko‘cha – ko’yda katta odamlarning har bir harakatlarini, o‘zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.

Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muxitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, ayrim g’ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to‘la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo‘lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, hindistonli doktor Sing Kalkutta yaqinidagi o‘rmonzorda bo‘ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to‘rt oyoqlab yugurib yurganini ko‘rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi. Shu narsa xayratlanarliki, bolalar yoshlikdan bo‘ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo‘rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo‘q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi. Juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo‘ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o‘lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi kerakligini to‘la tasdiqlaydi. Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil ta’lim-tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotda bo‘lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan ta’lim tarbiyaning o‘zigagina bog‘liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. aholanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. Shuni aytib o‘tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat, litsey va kollejlarda beriladigan ta’lim tarbiya tushuniladi. Biroq bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim tarbiya mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemani shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalarga misollar keltirish mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim anotomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko‘zlarini rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan, ya’ni tug’ma ravishda berilmaydi. Nihoyatda kam hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlariga nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin.

Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to‘xtab o‘tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akseleratsiya terminini ishlatayapmiz. Xo‘sh akseleratsiya bu nima? Akseleratsiya so‘z bo‘lib, tezlatish degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo‘lib turibmiz. Xo‘sh buning sababi nima? Albatta bunga turli fikrlar bor. Ayrim olimlar akseleratsiyaning sababini ilmiy-texnika bilan bog‘lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, ilmiy-texnikaning juda jadal temp bilan rivojlanishi insoniyatning oldiga mislsiz ko‘p informatsiyalarni idrok qilish va fikrda qayta ishlash talablarini qo‘ydi. Bu talab o‘z navbatida insonni har tomonlama, ya’ni ham jismoniy, ham psixik jihatdan tez rivojlanishiga olib keldi. Yuqorida aytib o‘tilgan olimlarning fikricha, akseleratsiya - bu XX asrning ikkinchi yarmiga xos bo‘lgan hodisadir.

Axloqiylik – inson tabiatidagi shunday ijobiy sifatlar majmuiki, uning ham jismonan, ham ruhan tetiklik va to’kislikni ta’minlovchi omildir. Hayotda atrofga nazar tashlasak, odamlar orasida o’zlarining ahloqan pokliklari, hamisha imon-e’tiqoddagi sobitliklari bilan ajralib turadiganlar borki, ba’zan ular haqida “yuzidan nur yog’ilgan, juda yoqimtoy inson ekan-a”, degan ta’riflarni eshitamiz. Aslida o’sha xulqi-axloqi bilan o’zgalarning havasini keltiradigan odamda qalb va tan salomatligidagi uyg’unlik mavjud bo’ladiki, bu fazilat uning individual xatti-harakatining ijtimoiy faoliyatidagi uyg’unlikni ta’minlaydi. Lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, bu insonning harakatida o’zgalarga zarar yetkazuvchi sifatlar yo’q, ayni shunga qodir inson ko’zini ham hamisha yomon, yoqimsiz narsalardan, qulog’ini noxush gaplar-u, g’iybatlardan, tanini va ichki a’zolarini zarar yetkazuvchi vositalar, yemish, ichishlardan himoya qilishga qodir bo’ladi. Ushbu qayd etilgan holatlar birinchi navbatda farzandlar, yaqinlar salomatligiga zarar keltirmasa, ikkinchi tomondan, ularga ibrat namunasi sifatida ijobiy ta’sir ko’rsatadi, aynan shunday odamni axloqan sog’lom deyish mumkin bo’ladi.

Demak, ayrim olingan shaxsning axloqan pokligi va salomatligi yaxlit jamiyat va jamoa, oilaning holatini belgilovchi birlikdir. Ya’ni, axloqiylik inson ijobiy xulqining in’ikosi sifatida, tashqi muhit, odamlar e’tirofiga sazovor bo’lganligida ko’rinadi. O’zgalar ma’qul ko’rgan ishlar shaxs ijtimoiy qiyofasining sayqallanib borishi, yanada ko’proq yaxshiliklar qilishga undovchi mexanizm rolini o’ynaydi. Shaxsning ma’naviy hamda axloqiy salomatligini tashkil etuvchilar bir-biri bilan uzviy bog’liq jabhalarni o’z ichiga oladi va uni psixologik mexanizm sifatida shaxsni oila va jamiyatda tarbiyalashning omili sifatida tahlil etish mumkin.

Quyida ifodalangan axloqiylikni belgilovchi sohalar ma’naviyatli inson fe’li-atvoridagi turg’un sifatlar bo’lib, uning hayotda, odamlar bilan muomalasida uning axloq normalari va tamoyillarini belgilaydi. Oilada ota-ona o’z farzandlarining har birining xulq-atvorining turlicha bo’lishidan kelib chiqib, aynan axloqiy sifatlariga qarab muomala qiladi va u yoki bu yumushlarni taqsimlashda ham aynan shu tamoyillarga e’tibor beradi.

Shaxs axloqiy pokligi va salomatligi uning hayotdagi turli vaziyatlardan oson chiqib ketishi va zimmasiga yuklatilgan har qanday mas’uliyatni vijdonan bajarish orqali o’zi uchun ham ma’naviy ozuqa olishini ta’minlaydi. Lekin turmush va uning ziddiyatlari mavjud bo’lgani uchun biz har doimo ham bir xil bo’lolmaymiz, axloqan salomat insonning boshqalardan farqi ham shundaki, u nima bo’lganda ham o’zidagi axloq normalaridan chekinmaydi, turli g’alamis fikrlarga chalg’imaydi, zararli g’oyalarga, chaqiriqlarga yon bermaydi, turli oqimlarga kirib ketmaydi, o’z e’tiqodiga sodiq bo’ladi.





1-rasm. Shaxs axloqiy va ma’naviy salomatligini ta’minlovchi omillar


Axloqsizlik bilan kelisholmaslik ma’naviyati sog’lom insonning asosiy fazilatidir. Shu tufayli ham odamlar, jamoa a’zolari, maktabdagi sinfdoshlar va pedagoglar axloqan sog’ bolani, shaxsni doimo e’tirof etib, uning shu qobiliyati uchun hurmat qiladilar. Axloqan sog’ bolaning jismoniy salomatligi uchun qayg’urish, yoki ta’limini yuksaltirish boshqalarning emas, balki o’sha odamning o’z shaxsiy ishiga aylanadi. Pedagoglar ta’kidlaganlaridek, “tarbiyali bola o’zi ta’lim oladi, yaxshi o’qiydi”. Bundan tashqari, aqllilik, axloqiylik va ruhiy salomatlik xususida “Otalar so’zi” ham bor: “Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim. Odob aqlga bog’liq narsa. Aql ustiga odob ham qo’shilsa, nur ustiga nur bo’ladi. Ulug’lik aqlu odob bilan vujudga keladi. Aqlning qadri odob bilan, boylik qadri saxovat bilan, quvvat qadri bahodirlik bilan oshadi”.

Hozirgi bozor iqtisodiyotidagi insoniy munosabatlarda rahbarlar ham menejerlar ham xodimlarning, mutaxasisislarning eng birinchi navbatda ma’naviy qiyofasi va axloqiy normalarga vijdonan bo’ysunishiga qarab baholamoqdalar. Zero, bunday odam birovning haqqiga ko’z olaytirmaydi, jamoadagi ma’naviy muhitni buzmaydi, o’ziga yuklatilgan mas’uliyatni o’z iqtidori doirasida teran baholab, ishni qiyomiga yetkazib bajaradi.

Klassik iqtisodiyotning namoyondasi bo’lgan Adam Smit ham o’zining “Axloqiy hissiyotlar nazariyasi” kitobida odamning axloqiy mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’lishi to’g’risida shunday yozgan edi: “..o’zgalar dardiga befarq bo’lmagan” – yoqimtoy va “faqat o’z manfaatini o’ylaydigan” - egoist, xudbin odam. Uning fikricha, odamlar nazarida yoqimtoy va kerakli inson eng avvalo ahloqiy hislar sohibiki, u ishlab chiqarish manfaatlari bilan o’z manfaatlarini, kasbdoshlari manfaatlari bilan uyg’un tasavvur eta oladi va hyech kimga ziyon yetkazmaydi, xudbinlik chegarasiga yaqinlashmaydi”. Bu fikrlar bizning globallashuv va bozor qonunlari to’la qaror topgan davrimizda ham o’z dolzarbligini kamaytirgani yo’q.

Xulosa :


Men bu mustaqil ishini tayyorlash davomida shaxsni shakllanishida qanday axloqiy va ma’naviy salomatligi omillari borligini bilib oldim. Shaxs shakllanishi haqida gapirar ekanmiz, albatta u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatining roli juda katta ekanligini inkor qilmaymiz. Mana masalan, biron muhitda inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko‘rsatuvchi besh yuzta o‘ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Shaxs axloqiy pokligi va salomatligi uning hayotdagi turli vaziyatlardan oson chiqib ketishi va zimmasiga yuklatilgan har qanday mas’uliyatni vijdonan bajarish orqali o’zi uchun ham ma’naviy ozuqa olishini ta’minlaydi. Lekin turmush va uning ziddiyatlari mavjud bo’lgani uchun biz har doimo ham bir xil bo’lolmaymiz, axloqan salomat insonning boshqalardan farqi ham shundaki, u nima bo’lganda ham o’zidagi axloq normalaridan chekinmaydi, turli g’alamis fikrlarga chalg’imaydi, zararli g’oyalarga, chaqiriqlarga yon bermaydi, turli oqimlarga kirib ketmaydi, o’z e’tiqodiga sodiq bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

  1. PSIXOLOGIYA. V.M.Karimova, O.E.Hayitov

  2. Arxiv.uz

  3. Til instinkti: aql qanday qilib tilni yaratadi. Stiven Pinker.

Download 41,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish