Gormonlar ishlab chiqarilishining boshqarilishi va ta’sir mehanizmi.
Ayrim ichki sekresiya bezlarining gormonlarining xususiyatlari.
Ichak va o’simlik gormonlari.
Endokrin va nerv sistemasi birgalikda tirik organizm faoliyatini boshqaruvchi sistemadir. Organizmdagi ichki sekresiya bezlari endokrin sistemasini tashkil qilib, Ular kelib chiqishi va anatomik jihatdan alohida organlar bo’lsada, ular moslashib ishlaydigan, bir-birining faoliyatini boshqaruvchi mukammal sistemani tashkil qiladi.
Bu sistemaning umumiy ish faoliyatini miyaning gipotalamus sohasidan ajralib chiqadigan neyrogormonlar tomonidan idora qilinadi. Shu Bilan birgalikda ayrim xolatlarda gormonlar ham ma’lum darajada organizm nerv faoliyatiga ham ta’sir etib turishi mumkin.
Bu xolatni jinsiy gormonlar ko’p ishlab chiqaradigan organizmdagi psixik xolatiga ta’sirini yoki qalqosimon bez goromnlari oz yoki ko’p ishlab chiqarilganda organizmda chuqUr asab o’zgarishi sodir bo’lishida ko’rish mumkin.
Endokrinologiya ya’ni ichki sekresiya bezlari haqidagi fanning vujudga kelishini fiziolog A. Bertoldning tajribalari natijalari e’lon qilingan. 1849 yildan hisoblash mumkin. Fanning keyingi fivojlanishida Tomas Addison, Klod Bernarlar ishlari kata ahamiyatga ega. Dastlabki ichki sekresiya bezalari kasalligi 1855 yilda buyrak usti bezlari faoliyatining izdan chiqishi natijasida yuzaga keladigan Addison kasalligi bo’lsa, gormon atamasi 1905 yilda ingliz olimlari Boyli va Starling tomonidan o’zlari 1902 yilda kashf etgan 12 barmoqli ichakda ishlanib, qon orqali oshqozon osti bezi shirasi va o’t ajralishini ko’chaytiradigan seretin nomli moddaga qo’llanilgan.
Xozirgi endokrinologiya sohasida ko’plab ilmiy izlanishlar olib borilishi natijasida gormonal tabiatli yangi moddalar aniqlanilmoqda. Biroq moddani gormonlarqatoriga kiritish uchun quyidagi 3 ta talabga javob berishi kerak.
Gormon ishlab chiqaradigan a’zo kesib olib tashlanganda
gormonal ta’sir yo’qolishining yaqqol belgilari ro’y berishi.
Gormon yo’qligi belgilarini auto yoki gomotransplantatlar yoki gormonlar ishlab chiqaradigan organ ekstrakti vositasida bartaraf etilishi.
Organning hom ekstraktidan ajratilgan toza moddani shu moddaning sintez yo’li bilan olingan toza preparatini odamlarning ichki sekresiya bezlariga xos, sifat jihatidan spesifik gormonal ta’siriga ega bo’lishi.
Organizmdagi fiziologik prosesslarni gormonal idora
qilish faqat sut emizuvchilargagina xos emas: umrtqassiz xayvonlar va o’simliklar olamining vakillarida ham ba’zi gormonlar ishlab chiqaradi va ularda ham shu usulda ma’lum jarayonlar boshqariladi.
Щar xil ichki va tashqi qo’zg’atuvchilar ta’sirida o’ta izchil reseptorlarda impulslar avvvalo markaziy nerv sistemasiga, keyin gipotalamusga o’tkaziladi., u yerda rilizing omillar (neyrogormonlar) deb ataluvchi biologik faol gormonal moddalar hosil bo’ladi. Rilizing omillarning xos xususiyatlari shundan iboratki, ular qon tomirlariga quyilmaydi, lekin mahsus (portal) yo’llar orqali gipofiz beziga o’tadi, u yerda bu bez goromnlarning xosil bo’lishini (liberinlar) yoki to’xtatilishini (statinlar) boshqaradi. Gipofiz bezining gormonlari qon orqali borib, boshqa ko’pchilik ichki cyekresiya bezlarining funksiyalarini boshqarib turadi. Gormonlar mahsus ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqarilgan qon orqali har biri aloxida to’qima va organlar faoliyatini boshqarib boradi, ya’ni gormonlar uzoqdan turib va tanlab ta’sir etish hususiyatiga ega.
Gormon o’ziga aloqador to’qimaga borib yetganda u u to’qima xujayralaridagi oqsilning ma’lum bir turlari bilan birikma xosil qiladi. Bu oqsillarni resiyeptorlar deb ataladi. Barcha gormonlar ta’sir mehanizmiga ko’ra 2 ga bo’linadi, ya’ni ba’zi gormonlarning reseptorlari xujayralar membranalarida, boshqa gormonlarning reseptorlari esa sitoplazma va yadroda bo’ladi.
Tarkibi jihatidan oqsil, polipeptid Ki ayrim aminokislotalardan iborat bo’lgan gormonlar reseptorlari asosan xujayra membranalarida, steroid gormonlarning reseptorlari esa xujayraning sitoplazmasi va yadroda bo’ladi. Xujayradagi mahsus oqsillar (reseptorlar) bilan gormonlarning birikma hosil qilishi ularning ta’sir etish mehanizming assini tashkil qiladi.
Buni quyidagicha tushintirish mumkin. Xujayra membranalaridagi reseptorlarning o’zlariga aloqador gormonlar bilan hosil qilgan birikmalari adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi, u ferment esa ATF dan sAMF ning xosil bo’lishini ta’minlaydi. sAMF esa o’z navbatida boshqa fermentlarni, Ayniqsa protinkinaza fermentlarini aktivlashhtiradi. Ular mahsus oqsillarga yoki xujayradagi boshqa ba’zi birikmalarga fosfat kislotani biriktiradi. Natijada xosil bo’lgan bu birikmalar boshqa ko’pchilik reaksiyalarning amalga oshishini ta’minlaydi. Shu sababli sAMF muxim biologik birikma xxisoblanadi.
Dastlab 1959 yilda Sazermend (Amerika bioximigi) ayrim gormonlarning asosan adrenalinning uglevodlar almashinuvini boshqqirishga ta’sir etish mexanizmini o’rganish jarayonida sAMF ni toza xolda ajratib oldi. Keyinchalik 1971 yilda Sazermand bu va bioximiya sohasidagi boshqa ishlari uchun Nobel mukofotiga sazofor bo’ladi. Xujayralarda boshqa bazi siklik nukleotidlar, asosan sGMF va sSMF ham aniqlanilgan hamda sGMF sAMF ga qarshi ta’sirga ega deyiladi.
Xujayralarning sitoplazma qismidagi reseptorlar steroid gormonlar bilan birikkanidan so’ng ular (gormon-reseptor kompleksi) sitoplazmadan yadroga o’tib, faollashib, shu yo’l bilan RNK, ayniqsa dastlab iRNK xosil bo’ladi va moddalar almashinuvi jadallashadi.
Gormonlarga nom berishda aniq bir kelishilgan qoida yo’q. Ularni nomlashda turli sabablar asos qilib olinadi. Masalan: insulin gormonining nomi lotincha insula-orolcha degan ma’noni anglatadi. Ba’zilari esa bajaradigan vazifasidan kelib chiqib nomlanadi. Masalan: prolaktinning nomi sut bezining nomi bilan bog’liq. Ba’zilariga esa kimyoviy tuzlari asosida umumiy nomlar bilan nomlanadi.
Gormonlarni klassifikasiyalashda ham aniq bir qoida yo’q. Ba’azn ularni qaysi to’qimalarda sintezlansa, shu organ nomi bilan guruxlarga bo’linadi. Masalan: gipotalamus gormoni, gipofiz bezi, qalqonsimon bezi… bezlar gormoni deyiladi. Ammo bu unchalik to’g’ri emas. Shu bois N.A.Yudayev taklifiga binoan gormonlarni kimyoviy tuzilishi asosida tasniflash qabul qilingan va shunga asosan gormonlar 5 ta guruhga bo’linadi:
Gormonlar biologik funksiyalariga ko’ra ham gruppalarga bo’linadi:
Bunday guruhlarga bo’linganda somatotrop, tiroksin … gormonlar kiritilmagan, chunki ular organizmga yuborilganda ro’y beradigan o’zgarishlarni xozirgacha birlamchi va ikkilamchi xillarga bo’linmagan. +onga ajralib, sintezlangan joyidan uzoqdagi organlarga ta’sir qiluvchi gormonlardan tashqari mahzaliy ta’sir qiladigan gormonlar ham mavjud. Ular ta’sir qiladigan sohasi birmuncha tor bo’ladi, ya’ni bir organ yoki tananing kichik bir qismi bilan cheklanadi. Ular to’qimada tarqoq holda bo’ladigan ihtisoslashgan xujayralarda yoki organlardagi parenhimatoz xujayralarning o’zida xosil bo’ladi. Asl gormonlar va mahalliy ta’sir qiladigan gormonlar o’rtasida keskin chegara yoki prinsipial tafovut yo’q. Gipotalamusning gormonlari, gistamin va serotonin, araxidonat kislota xosilalari bo’lmish prostaglandinlar va xazm yo’li gormonlarini mahalliy ta’sir qiladigan gormonlar deyiladi.