1.1-jadval
"Kishilik kapitali" omilini baholash uchun indikatorlarning Shveysariya tizimi (Jahon Jeneva iqtisodiy forumi. 1989)
"Insonparvarlik (kishilik) kapitali"
|
22 mamlakat orasidagi o'rin
|
omilining yig'ma indikatorlari
|
1-chi
|
2-chi
|
3-chi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
l.Aholi soni
|
AQSh
|
Yaponiya
|
GFR
|
2. Aholi sonining dinamikasi
|
Turkiya
|
Avstriya
|
AQSh
|
3.Aholining iqtisodiy o'sishga ta'siri
|
AQSh
|
Portugaliya
|
Ispaniya
|
4.Aholining yoshli tuzilmasi
|
Irlandiya
|
Turkiya
|
AQSh
|
5.Urbanizatsiya darajasining ta' siri
|
Finlandiya
|
AQSh
|
Kanada
|
6.Yosh shaxslarning aholining umumiy sonidagi ulushi
|
Turkiya
|
Irlandiya
|
Yangi Zelandiya
|
7.Katta yoshdagi shaxslarning aho lining umumiy sond agi ulushi
|
Avstriya
|
Yaponiya
|
Yangi Zelandiya
|
8. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi (15-64
|
Shvetsiya
|
Norvegiya
|
Daniya
|
|
yoshlar) shaxslarning aholining umumiy sonidagi ulushi
|
|
|
|
|
9.Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi
|
Yangi
|
Avstriya
|
Kanada
|
|
sonining dinamikasi
|
Zelandiya
|
|
|
|
lO.Ayollarning mehnatga qobiliyatli yoshdagilarning aholi sonidagi ulushi
|
Shvetsiya
|
Finlandiya
|
Daniya
|
|
11. Band bo' lganlarning mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi sonidagi ulushi
|
Shvetsiya
|
Norvegiya
|
Finlandiya
|
|
12. Band bo'lganlarning dinamikasi
|
AQSh
|
Avstriya
|
Norvegiya
|
|
13.Ishsizlikning umumiy darajasi
|
Shvets ariya
|
Shvetsiya
|
Yaponiya
|
|
14.Yoshlar orasidagi ishsizlikning darajasi
|
Daniya
|
Shvets ariya
|
GFR
|
|
15.Davomli ishsizlik darajasi
|
Yaponiya
|
Portugaliya
|
Shvets ariya
|
|
16.1986 yilda yangi ish joylarini tashkil qilinishi
|
Yaponiya
|
Portugaliya
|
Finlandiya
|
|
17.Istiqbolda yangi ish joylarin tashkil
|
Yaponiya
|
Portugaliya
|
Kanada
|
|
Qilinishi
|
|
|
|
|
18.Yuqori malakali ishchi kuchini ko'chib ketishi
|
AQSh
|
Finlandiya
|
Shvets ariya
|
|
19.Kasbiy o'qitish
|
GFR
|
Yaponiya
|
Shvets ariya
|
|
20.Yuqori malakali ishchi kuchi
|
Irlandiya
|
Yaponiya
|
Daniya
|
|
21. Yuqori malakali ishchi kuchining band bo'lganlar sonidagi ulushi
|
Irlandiya
|
Yaponiya
|
Daniya
|
|
22.Yollangan
xo dimlarningmo tivats iy as i
|
Yaponiya
|
Shvets ariya
|
Shvetsiya
|
|
23.Yollangan xo dimlar uchun rag'batlar
|
Yaponiya
|
AQSh
|
Fransiya
|
|
24 Yollangan xodimlarning safarbarligi
|
Yaponiya
|
AQSh
|
Irlandiya
|
|
25.Menejerlarni tayyorlash
|
Irlandiya
|
Shvetsiya
|
Shvets ariya
|
|
26.Menejerlarni kasbiy moslashtirish
|
Shvetsiya
|
Irlandiya
|
AQSh
|
|
27.Menejerning ist'edodi
|
Yaponiya
|
Shvets ariya
|
AQSh
|
|
28.Ish haqi(o klad)
|
Yaponiya
|
Shvets ariya
|
Shvetsiya
|
|
29. Daromad solig'ining eng yuqori stavkasi
|
GFR
|
Fransiya
|
Yangi Zelandiya
|
|
30.Aholi soniga ta'limga davlat
|
AQSh
|
Kanada
|
Shvetsiya
|
|
Xarajatlari
|
|
|
|
|
31.Yuqoriroq darajadagi o'rta ta'lim
|
Kanada Daniya
|
|
Shvets ariya
|
|
32.0liy ta'lim
|
AQSh
|
Kanada
|
Shvetsiya
|
|
33.Gazetalar chiqarish
|
Yaponiya
|
Finlandiya
|
Shvetsiya
|
|
34.Bo'lg'uvsi hayotning o'rtacha
|
Yaponiya
|
Yangi
|
|
|
Davomiyligi
|
|
Zelandiya Shvets ariya
|
|
35.Sog'liqni muhofaza qilish tizimi
|
Shvetsiya
|
Shvets ariya
|
GFR
|
36.Hayotning xatarligi darajasi
|
Yaponiya
|
Angliya
|
Turkiya
|
Umuman kishilik kapitali omili
|
AQSh
|
Kanada
|
Yaponiya
|
Mutaxassislarni ta'kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida "shtik bilan" hujumga boruvchi emas, balki to'g'ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g'alaba qozonadi.
Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jarayonini ularni dinamika bilan bog'liqlikda ko'rib chiquvchi g'oya yotadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi bo'ladi.
70 - yillarning o'rtalarida "Boston konsalting grupp" marketing firmasi o'zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda har xil tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo'lib, hozir u har xil Kompaniyalar va sohalarning raqobat -bardoshligini tadqiqot qilishda qo'llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko'rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo'yicha bozor sig'imining to'g'ri chiziqli ko'lamdagi o'sishi sur'atlari ko'rsatiladi. Gorizontal bo'yicha esa - tadbirkor yoki Kompaniyaning bozordagi logarifmli ko'lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o'zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko'ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo'lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar.
Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o'z Kompaniyasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi va keyin esa bozordagi hulqining strategiyasini ishlab chiqishi mumkin . Matritsa usuli amarikali maslahat firmalarida keng qo'llaniladi, bizning tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning raqobatbardoshligini baholash uchun ishonchli qurol bo'ladi.
II bob. Rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalar birlashishi
2.1. Kompaniyalar birlashishining mamlakat iqtisodidagi hissasi
Kompaniyaning salohiyati har xil turdagi bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko'proq menejerlarning san'ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog'liq. Biznesning murakkab dunyosida bunday o'zini o'zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyat-sizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchilar va raqiblarning ko'zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya'ni etalon uchun qabul qilingan har xil Kompaniyalar, sohalar va boshqalar salohiyatilari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni o'zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi Kompaniyaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
Qadimgilarni aytishlaricha, dunyoni boshlanishida so'z yotadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima yotadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya'ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, ahloqiy me'yorlar, iste'molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an'analar va h.k. ko'rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, sotsial, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashyoviy va boshqalar) ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va uning asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznesning strategiyasini umumiy ko'rinishda quydagicha aks ettirish mumkin:
Ebft = DNt + Dpo + Dpb + Dpf
Pht Pa yoki Pprim shartida max
bu Ebft >Ebnt, agar Ebft Ebnt, unda biznes: yo umuman, yoki korxo na uchun , yoki faqat jamiyat uchun samarali bo'ladi.
Evf* va Ebi* belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me'yoriy darajasi:
Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi Kompaniyaning yig'ma daromadlari va resurslari;
Dpo - soliqlar va sotsial fondlarga ixtiyoriy to'lovlar to'langandan keyin Kompaniya ixtiyorida qoladigan daromadlar;
Dpb - Kompaniyaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari;
Dpf - Kompaniyaning sotsial fondlarga ixtyoriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari;
Ra - Kompaniya tomonidan avanslashtirilgan resurslar (Kompaniyaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom ashyo, materiallarning me'yoridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari);
Rprim - Kompaniya tomonidan qo'llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya'ni rezervli ish joylari, xom ashyo, materiallarning me'yoridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari);
Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va sotsial fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish, hamda daromadlar va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi Kompaniyalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G'arbda ular o'zlarini o'stirgan mamlakatlaring faxri bo'ladilar, ularning menejerlari esa - eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat Qo'mitasining
vakolatlari:
a)tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
b)xo'jalik yurituvchi sub'yektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki
moliya bozorida ustun mavqei mavjudligini aniqlaydi;
c)tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning davlat reestrini yuritadi;
d)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan, shu
jumladan tanlov-tender va birja savdolarini o'tkazishda qonun hujjatlariga rioya
etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
e)qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishlarini aniqlaydi, ular bo'yicha ishlar qo'zg'atadi va ularni ko'rib chiqadi;
f)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xo'jalik yurituvchi sub'yektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromad (foyda) ni olib qo'yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
g)qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to'g'risida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi;
h)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi;
i)litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish to'g'risida, bojxona ta’riflarini o'zgartirish to'g'risida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida,shuningdek soliq hamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lash bo'yicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish to'g'risida tegishli davlat
organlariga takliflar kiritadi;
j)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog'liq jinoyat alomatlari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
k)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining qo'llanilishi va buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudda ko'rib chiqilishida ishtirok etadi;
l)xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar
o'tkazadi;
m)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reestrini yuritadi va e'lon qiladi;
n)raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining qo'llanilishi masalalari yuzasidan o'z vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat Qo'mitasi raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi, shu jumladan:
1 .Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga butunlay yoki qisman muvofiq bo'lmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi;
2.Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan bitimlarni va shartnomalarni o'zgartirish yoki bekor qilish haqidagi;
3.Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan bitimlarni va
shartnomalarni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi;
4.Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida olingan daromadni hamda foydani belgilangan tartibda undirish haqidagi;
5.Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risidagi;
6.Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo'l qo'ygan shaxslarga nisbatan huquqiy ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llash haqidagi arizalar bilan
sudga murojaat qiladi. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat Qo'mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda
xo'jalik yurituvchi sub'yektlar raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan
taqdirda:
-monopoliyaga qarshi organning raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari
buzilishlarini bartaraf etish haqidagi ko'rsatmasini belgilangan muddatda
bajarishi;
-yetkazilgan zararning o'rnini qoplashi;
-jarima to'lashi shart.
Yetkazilgan zararning o'rnini qoplash. Davlat boshqaruvi organi, mahalliy
davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini
buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo'jalik yurituvchi sub'yektga
yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o'rni qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qoplanishi kerak. Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining raqobat to'g'risidagi qonun
hujjatlarini buzuvchi harakati yoki harakatsizligi tufayli xo'jalik yurituvchi
sub'yektga yoxud boshqa shaxsga zarar yetkazilgan bo'lsa, u holda mazkur
zararning o'rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar.
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat Qo'mitasi raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini quyidagi buzish hollari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima soladi:
1.Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan
yoki olib kelishi mumkin bo'lgan kelishib olingan harakatlari va bitimlari uchun,
shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeini suiiste'mol qilganlik
uchun:
a)yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — tovar yoki moliya bozorida qoidabuzarlik sodir etishning butun davrida tovarni realizatsiya
qilishdan olingan tushum summasining bir foizidan ikki foizigacha bo'lgan
miqdorda, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko'p bo'lmagan
miqdorda;
b) jismoniy shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan etti baravarigacha miqdorda;
2.Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarni qo'shib yuborishda, qo'shib olishda va ustav fondidagi, ya’ni ustav kapitalidagi aktsiyalarni va ulushlarni hamda boshqa mulkiy huquqlarni olish bo'yicha bitimlar tuzish chog'ida raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
a)yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
b)jismoniy shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
3.Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to'g'risidagi ko'rsatmalarni ijro etishdan bo'yin tovlaganlik yoki o'z vaqtida ijro etmaganlik uchun:
a)davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda;
b)jismoniy shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
4.Monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o'z vaqtida taqdim etmaganlik, noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlar taqdim etganlik uchun davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarga — eng kam ish haqining o'n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
5.Tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun yuridik shaxs bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga
— eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida.
Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi
sub'ekt tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx bunday tovarni ishlab
chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo'lgan xarajatlar hamda foyda
summasidan yuqori bo'lsa hamda asossiz xarajatlarning o'rnini qoplashga yoki
tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo'shimcha foyda olishga yo'naltirilgan
bo'lsa, monopol yuqori narxdir.Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga ko'ra
shakllangan taqdirda, u monopol yuqori narx deb e'tirof etilmaydi.Tovarning
moliya bozoridagi monopol yuqori narxi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Jahon amaliyotida Kompaniya faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadilar. Iqtisodiyot tilida bu - sof foyda (soliqlar va sotsial fondlarga ihtiyoriy to'lovlar to'langanidan keyin korxo na ixtiyorida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo'shilgan qiymat (sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovarlar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (sotsial to'lovlarni o'z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus - balansli foyda). Barcha daromadlar Kompaniya ixtiyorida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to'lovlar, subsidiyalar, badallar, hayriyalar, hamda raqobat natijasida (narxdagi yon berishlar, holatiy yo'qotishlar va h.k.) ko'rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo'linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag'lar, avans qilib berilgan yoki qo'llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromadlar va xarajatlar(sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig'imining o'zlashtiril gan ulushi)ning har xil nisbatlarini ekspert yo'li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda Kompaniya salohiyatining raqobat-bardoshligini baho lashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko'rsatkichlar va standartlar (normative lar)dan foydalanish bilan beriladi, unga erisha turib, Kompaniya raqobatbardosh bo'ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g'oyatda turli tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliyoti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda.
Umuman, Kompaniya salohiyati raqobatbardoshligini o'zgarishi - bu uning tijorat sirining o'zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini Kompaniya menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Yetakchi indikatorlar ning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo'ladi. Shunga qaramasdan biznes bo'yicha g'arb adabiyotlarini ko'rib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va ko'proq foydalaniladigan standartlarni, Kompaniyalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobatbardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajra-tish mumkin.
Kompaniyaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsial larga bo'linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular yetarlicha ko'p yoki nisbatan kam bo'lishi mumkin. Bu o'tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog'liq dir. Bizning minimum Kompaniya salohiyatining iqtisodiy raqobatbardoshligini baho lashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya'ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu indikatorlardan kelib chiqqan holda Kompaniya salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashning u yoki bu metodikasini tanlash mumkin.
Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me'yoriy ko'rsatkichlar va Kompaniya raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga ko'ra bir nechta bo'lishlari mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon yetakchisi (yetakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo'li bilan olingan me'yoriy ko'rsatkichning o'rtacha darajasi, unga chiqish Kompaniyani etalon-mo'ljallar safiga kiritilganligini bildiradi); xalq xo'jaligi yetakchisi; xalq xo'jaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin Kompaniya raqobatbardosh bo'la olmaydi). Raqobatbardoshlik ning har bir darajasiga aniq ko'rsatkichlar ko'rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi Kompaniya salohiyati raqobat bardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan ko'rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (2-jadval).
Ushbu matritsani aniq ko'rsatkichlar bilan to'ldirish oson ish emas. U Kompaniyada malakali aqliy markazni mavjud bo'lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qo'shish va o'zinikini saqlab qolish, hamda axborat manbalarini, shu jumladan xorijnikini qo'shimcha o'rganish va ulardan foydalanishni taqazo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu "oltin yoqachalar": maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq a'zolari va boshqalarning oddiy ishi bo'lsa ham. Bunday ishsiz obro'li va o'zini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qilolmaydi. Bunday ishning sifati va hajmi ko'proq firmaning iqtisodiy salohiyatiga bog'liq va yetarlicha oddiy shaklda bo'lishi mumkin.
Raqobatbardoshlik matritsasida bugungi eng yuqori - ekspert yo'li bilan olingan indikatorning darajasi 100% deb qabul qilinadi va shunga ko'ra 100 ball bo'ladi. Ushbu matritsa asosda raqobatbardoshlik darajasini ham alohidagi indikatorlar bo'yicha va ham, umuman, ularningg butun majmuasi bo'yicha balli hisoblanishlarini berish mumkin.
Raqobatbardoshlik matritsasi unga kiritilgan axboratlar qanchalik aniq bo'lsalar, shunchalik foydali bo'ladi. Uning asosida Kompaniya salohiyati rezervlari va yo'qotishlarining jadvalini tuzish va uning tahlilini o'tkazish maqsadga muvofiqdir
7 va 8 qatorlarda yo'qotishlar minus belgisi bilan aks ettiriladi (ular - salohiyatdan ajratilishdir). U yoki bu indikatorning yuqoriroq ko'rsatkichi va Kompaniyaning o'zining ko'rsatkichi miqdori o'rtasidagi farq Kompaniya uchun rezervlar bo'ladi. Bu shuni bildiradiki, u bir vaqtning o'zida ham yo'qotishlarga va ham rezervlarga ega bo'la olmaydi. Yo unisi, yoki bunisi, Yo'qotishlar bor joyda - rezervlar yo'q (raqiblarga sof yutqazish). Rezervlar bor joyda esa yo'qotishlar yo'q (raqiblarga shartli yutqazish). Ammo baholarning butun majmuasi bo'yicha, turgan gapki, ham yo'qotishlar va ham rezervlvr bor. Xususan,... ( va h.k. har qanday turdagi rezervlar uchun). Agar... (va h.k. har qanday darajadagi barcha yo'qotishlar uchun). Jadval aniq sonlar bilan to'ldirilgan holda quyidagilarga ega bo'lamiz. Agar yo'qotishlar ustunida nol bo'lmasa, unda indikator ustunidagi barcha rezeralar nolga teng va aksincha.
Yetarlicha ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lgan holda, korxo na o'z salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha ustivor tadbirlarni tanlab olishda bozorning eng muhim va barqaror talablari ("ko'rinmas qo'lini") tanlab olish va nafaqat texnologik siyosat yo'nalishini savodli tasniflash, balki ulardan eng ishonchli va birinchi navbatdagilarini tanlashga qodirdir. Tabiiyki, har qanday baholarda ham tavakkalchilik elementi saqlanib qoladi. Ammo usiz na raqobat va na bozorning o'zi bor.
Raqobatbardoshlikni oshirish bo'yicha tadbirlarni qanday qilib tanlash va silliqlash mumkin? Keyingi jadvaldan olinadigan rezervlar va yo'qotishlar haqidagi aniq bilimlardan tashqari, Kompaniya mutaxassislari ishga barcha bo'limlarni jalb qilgan holda u yoki bu indikatorning darajasini oshirish bo'yicha tadbirlar haqidagi qarorlar qabul qilishda mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan investitsiyalarning hajmi (I), vaqt (t), iqtisodiy samara (Ef) ni aniqlashlari kerak. Yakuniy xulosalar uchun samaradorlikning ikkita koeffitsientlarini hisoblab chiqish darkor: 1) investitsiyalar samaradorligidan foydalanish koeffitsienti -
KEI- Ef max
2) investitsiyalar va vaqtdan foydalanish samaradorligining integral koeffitsienti - Kmt = K max
Do'stlaringiz bilan baham: |