8. O’zbekistonda dastlabki metal tangalar nomi va og’irligi qanday bo’lgan?
a)6,4 gramm “starer” b)7,4 gramm “darik”
c)8,4 gramm “darik” d)8,4 gramm “starer”
9. Pul o’zining to’lov va muomala vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda qaysi funksiyani bajaradi?
a)jahon puli b)qiymat o’lchovi c)jamg’arma vositasi d)a va b javoblar
10. O’zbekistonlik iqtisodchi,professor SH.Z.Abdullayeva pulning nechta funksiyani bajarishini ta’kidlaydi?
a)3 ta b)4 ta c)5 ta d)2 ta
Xulosa.
Pul va banklar uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning
natijasi bo’lib, zamonaviy svilizatsiyaning muhim ajralmas
qismi hisoblanadi. Ularning amal qilishi ijtimoiy mahsulotni
ishlab chiqarish , taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish
jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi.
Shu sababli , pul va banklar fanini alohida fan sifatida
o’rganish zaruriyati yuzaga keladi. Zero dunyoning barcha
mamlakatlarida iqtisodiyotning samarali o’sishi banklarning
moliyaviy barqarorligining oshishi hamda tijorat banklari
tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga ko’pdan bog’liq
bo’lgani uchun fanning oliy malakali kadrlarni tayyorlashda
o’rni beqiyosdir.
Yangi ma’lumotlar.
Pul-kredit va bank sohasida 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2018
yilga mo’ljallangan vazifalar to’g’risida
1. 2017 yil I yarim yilligida bank aktivlari 26 foiz yoki 19,3 trln. so‘mga
oshdi, shu jumladan kredit qo‘yilmalari 34 foiz yoki 17,3 trln. so‘mga
ko‘paydi. Kreditlashning o‘sishi, asosan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish
davlat dasturlarining investitsiya loyihalarini moliyalash, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hamda tadbirkorlik faoliyatini
boshlayotgan aholini qo‘llab-quvvatlashga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib
chiqib, inflyatsiya jarayonlarini jilovlash va pul massasining o‘sish
sur’atlarini cheklash maqsadida 2017 yilning 28 iyunidan Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi 9 foizdan 14 foizga oshirildi.
Pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi monetar omillarning inflyatsiya
darajasiga ta’sirini bosqichma-bosqich yumshatish va pul-kredit
ko‘rsatkichlarining barqaror noinflyatsiya dinamikasini shakllantirishga
imkon yaratdi. Xususan, ikkinchi yarim yillikda milliy valyutadagi pul
massasi 4,7 foiz qisqardi, bu umuman 2017 yilda uning o‘sish sur’atini 9 foiz
darajasida ushlab turishga sharoit yaratdi.
Sentabr oyidagi devalvatsiyadan so‘ng almashuv kursi barqaror darajada
saqlanib qoldi va 1 AQSh dollari 8049-8138 so‘m, bir foiz oralig‘ida o‘zgarib
turdi.
2017 yil natijalari bo‘yicha sof oltin-valyuta zahiralari hajmi 26,6 mlrd
dollarni tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 1,4 mlrd dollar oshdi. Valyuta
kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishining joriy etilishi bank
kassalariga naqd pul tushumining ko‘payishiga sharoit yaratdi.
Xususan, agar 2017 yilning birinchi yarim yilligida bank kassalari orqali
naqd pul aylanmasi (900 mlrd so‘m hajmidagi naqd pul emissiya qilingan)
oyiga o‘rtacha 4,8 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda
mazkur ko‘rsatkich qariyb 2 baravar (9,4 trln so‘mgacha), shu jumladan 2017
yilning dekabrida – 2,3 marta (11 trln so‘mgacha) oshib, naqd pul tushumi va
chiqimlari o‘rtasidagi hajm muvozanatga keldi. Pul-kredit sohasida olib
borilayotgan islohotlar va qabul qilingan choralar tijorat banklari faoliyatida
ham aks etdi.
Tijorat banklarining jami depozit hajmi 2017 yil
natijalari bo‘yicha 58,7 trln so‘mga etdi, bu 2016
yilga nisbatan 61foiz Valyuta kursini
shakllantirishning bozor mexanizmlariga o‘tish
sharoitida banklarning moliyaviy barqarorligini
ta’minlash maqsadida yirik banklarning ustav
kapitaliga 670 mln AQSh dollari kiritildi. Natijada
2017 yil yakuniga kelib, bank tizimining jami kapitali
1,6 marta oshib, 23,7 trln so‘mni tashkil etdi va bu
banklar tomonidan kapital va likvidlikning yetarliligi
ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minladi.
2. 2018 yilgi asosiy vazifalar 2018 yilda pul-kredit siyosatining, birinchi
navbatda inflyatsiya darajasiga monetar omillarning ta’sirini bartaraf
etishga yo‘naltirilgan qat’iy kursi davom ettiriladi. Iqtisodiyotning
kreditga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga olgan holda 2018 yilda pul
massasining o‘sish sur’atini 12-14 foiz atrofida ushlab turish ko‘zda
tutilmoqda.
Valyuta kursini shakllantirishning bozor mexanizmlariga o‘tish
sharoitida banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida
yirik banklarning ustav kapitaliga 670 mln AQSh dollari kiritildi.
Natijada 2017 yil yakuniga kelib, bank tizimining jami kapitali 1,6 marta
oshib, 23,7 trln so‘mni tashkil etdi va bu banklar tomonidan kapital va
likvidlikning etarliligi ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minladi.
Shu bilan birga o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyani targetlash
rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun zarur sharoitlarni
shakllantirish bo‘yicha faol ishlar olib boriladi. Shu maqsadda Xalqaro
Valyuta Jamg‘armasi texnik missiyasini jalb etish asosida 2018 yilning
birinchi choragida «Pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga
oshirishning o‘rta muddatli konsepsiyasi»ni ishlab chiqish ko‘zda
tutilmoqda.
2. Yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutani sotish va xarid
qilish tartibini yanada takomillashtirish va soddalashtirish bo‘yicha
choralar qabul qilinadi, bank operatsiyalaridan foydalanish darajasi
oshiriladi, xususan:
a) xorijiy valyutalar oldi-sotdi operatsiyalarini masofadan turib amalga
oshirish mexanizmlari (banklarning mobil ilovalari orqali milliy va
xorijiy valyutadagi to‘lov kartalarini konversiyalash) joriy etiladi;
b) mamlakat hududida tegishli bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish
orqali konversion to‘lov kartalaridan naqd xorijiy valyuta echishga
ruxsat beriladi.
3. Naqd pul muomalasini takomillashtirish borasidagi vazifalar doirasida
muomaladagi banknotalar strukturasini optimillashtirish bo‘yicha ishlar olib
borish ko‘zda tutilmoqda. Milliy valyutadan foydalanish qulayligini oshirish
maqsadida muomalaga yanada yirikroq nominaldagi banknotalarni chiqarish va
mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich nominali 50, 100, 500 so‘m bo‘lgan yangi
namunadagi tangalar bilan almashtirish, shuningdek 200 so‘m nominalidagi tanga
chiqarish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
4.
Zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatish, jumladan «raqamli» banklar va
chakana xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan bank bo‘linmalarini tashkil etish
uchun innovatsion bank texnologiyalarini joriy qilish, masofadan turib bank
xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lov tizimini yanada rivojlantirish faollashtirildi.
5. Moliyaviy xizmatlarning majburiy talablarga mosligini tekshirishlar o‘tkazish
yo‘li bilan bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari
himoya qilinishini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun moliyaviy
qulayliklar va ularning moliyaviy savodxonligi darajasini oshirishga alohida e’tibor
qaratiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari loyihalari yangi
tahrirda ishlab chiqiladi: Milliy iqtisodiyotni keng ko‘lamda isloh
qilinishidan kelib chiqqan holda pul-kredit siyosati va bank nazorati
takomillashtirilishini e’tiborga olib, «O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonun; Banklar va tadbirkorlik sub’ektlari
o‘rtasida to‘laqonli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish uchun
raqobat muhitini yaratish, aholining bank tizimiga institutsional hamkor
sifatidagi ishonchini mustahkamlash maqsadida «Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun; Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha
qabul qilingan choralar tahlilidan kelib chiqib, valyuta siyosatini
takomillashtirish, investitsiya iqlimi va biznes-muhitni yaxshilashga
qaratilgan «Valyutani muvofiqlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun. Valyuta
bozori, pul muomalasi, monetar siyosat va bank tizimi to‘g‘risidagi batafsil
sharhlar alohida mavzu doirasida yaqin kunlar ichida taqdim etiladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki / Ko'rishlar: 853
Do'stlaringiz bilan baham: |