Mavzu : O’zbekistonda prezidentlik insituti tashkil topishi



Download 183,77 Kb.
bet3/5
Sana25.06.2023
Hajmi183,77 Kb.
#953317
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5190454478133801235

2015 yilgi prezident saylovi
Prezident vakolatining ikkinchi muddati 2014 yil dekabr oyida tugashi kerak edi. Ammo parlament saylovi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolishi munosabati bilan saylov parlament saylovi yakunlari chiqarilganidan so'ng 3 oy ichida, ya`ni 2015 yil 29 mart kuni ótkazilgan.
Bu safargi saylovda saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafar saylovchidan 18 million 942 ming 349 nafari ovoz berishda ishtirok etganini aniqladi. Bu saylovdagi davomat 91,08 foizni tashkil qilganini ko'rsatadi.
Saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimovni yoqlab ovoz berdi. O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga 582 ming 688 nafar yoki 3,08 foiz saylovchi, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar yoki 2,92 foiz saylovchi, O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Narimon Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar yoki 2,05 foiz saylovchi ovoz berdi.
2016 yilgi prezident saylovi
2016 yilning sentabrida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov vafot etdi va maxsus majlisda “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi qonunga asosan shu yilning 4 dekabrida muddatidan oldin Prezidentlik saylovlari o'tkazilishi belgilandi.
Markaziy Saylov komissiyasi ma`lumotiga ko'ra, 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan saylovda 17,94 million saylovchi ishtirok etdi va davomat 87,83 foizni tashkil qildi. Bu O'zbekistondagi prezidentlik saylovlari tarixidagi nisbatan eng past ko'rsatkichdir. Yuqorida aytilganidek, 2007 yilgi saylovda davomat 90,06 foizni, 2015 yilgi saylovda esa 91,01 foizni tashkil qilgandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to'g'risidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e`lon qilinishi belgilangan. Lekin odatda saylov natijalari saylov o'tgandan so'ng 1 sutka ichida e`lon qilinadi.
Bu yilgi saylovning dastlabki natijalari 5 dekabr kuni soat 16:00da e`lon qilinishi kutilmoqda.
Saylov natijalari rasman e`lon qilingach, 2 oy ichida yangi prezident inauguratsiyasi tashkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi.
2021-yilning 24-oktabr kuni mamalakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. 5 ta Siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilarning quyidagi miqdordagi ovozini oldi:
O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimov – 3,39 foiz;
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradov – 4,14 foiz;
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirov – 5,48 foiz;
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maksuda Varisova – 6,63 foiz;
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev – 80,12 foiz.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 50 foizdan ortig‘ining ovozini olgan nomzod Prezident etib saylangan, deb hisoblanadi.
Ushbu ma’lumotlarga tayanib, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,12 foiz ovozini olib, ishonchli g‘alaba qozondi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
Saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 milliondan ortiq saylovchidan 80,4 foizdan ko‘prog‘i saylov jarayonlarida ishtirok etgan.
Saylovda konsullik ro‘yxatida turgan turmaganligidan qat’i nazar, xorijda istiqomat qilayotgan barcha vatandoshlarimiz uchun 37 davlatda tashkil etilgan 54 saylov uchastkasida ovoz berish imkoniyati yaratildi.
Bu galgi Prezident saylovi ilk bor 2019-yilda qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o‘tdi.
Saylov qonunchiligiga shu yilning 8-fevral va 31-may kunlari kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarga binoan, eng avvalo, saylov jarayoni ishtirokchilari, ya’ni saylovchilar, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, ommaviy axorot vositalari hamda kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali saylov jarayonlarini boshqarish tizimi yanada takomillashtirildi. 
Barcha darajadagi saylov komissiyalari o‘z ishini Saylov kodeksi talablariga binoan, qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilgan holda tashkil etdi.
Siyosiy partiyalar va Prezidentlikka nomzodlar uchun saylov kampaniyasi davrida saylovoldi tashviqoti uchun teng va keng imkoniyatlar yaratildi.
Saylov uchastkalarida pandemiya sharoitida aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Saylov kampaniyasi davrida Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazi va uning hududiy bo‘limlarida saylov jarayonining barcha ishtirokchilari uchun keng media-maydon yaratildi. Ularda yuzlab matbuot anjumanlari, brifinglar, intervyular, seminarlar, uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rahbarlari, Oliy sudi raisi, Bosh prokurori, Ichki ishlar, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirlari, okrug saylov komissiyalari raislarining axborotlari tinglandi.

Download 183,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish