65-modda. Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

66-modda. Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota- onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar»
Oilani mustahkamlashga oid qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari
Oilani mustahkamlashga oid qonun hujjatlari hamda ularning vazifalari nimalardan iboratligi 1998 yil aprel oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi”da mukammal ifodasini topgan. Bu arixiy hujjat demokratiya va yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib o‘z mohiyati va ahamiyati bilan mamlakatimizdagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirishga, onalik va bolalik huquqlarini himoya qilishga, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan.
“Oila kodeksi”dan ko‘zlangan asosiy maqsad “Oilani mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga

o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishini hamda huquqlarining himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir”.
“Oila kodeksi”ning 2-moddasida oilaviy munosabatlarda ayol va erkakning teng huquqliligi mazmun-mohiyati nimalardan iboratligi o‘zining mukammal ifodasini topgan: “Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikohlari tuzilgan ittifoqi, yer va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirish va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish, voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi”.

Do'stlaringiz bilan baham: |