Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism : 3 daqiqa
A) Salomlashish ;B) O`quvchilar davomatini aniqlash ; V) O`tilgan mavzuni va uy vazifasini aniqlash S) Hafta kuni haqida ma`lumot berish;
Masalan : 14.04.2016 yil haftaning payshanba kuni ya`ni “” Ota-onalar “ kuni
“Voyaga yetganlar , mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar .” O`zbekiston Respublikasining Kontitutsiyasi XIV –bob 66-modda O`tilgan mavzu : O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi. 7 daqiqa
O`quvchilar bilimini aniqlash : Yozma savol-javob asosida
Izoh : O`quvchilar soat ko`rsatgichi yo`nalishida sanoq son asosida 1,2,3 gacha sanashadi va shunday tartibda savollarni variant asosida bajarishadi. I—son I variantni , 2-son II- variantni ,3-son III – variantni bajaradilar (Savollar ekranda ko`rsatilib turiladi.)
I-variant
1.”O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.” O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hechanchi moddasida belgilab qo`yilgan ?
2.Saylov tizimi deganda nimani tushunamiz ?
3. O`zbekistonda qanday saylov tizimi belgilangan ?
4.Quyi palataga nechta deputat xalq tomonidan saylanadi ?
5.O`zbekiston Respublikasida saylov jarayonida kimlar ovoz berish huquqiga ega?
II-Variant
1.Saylov prinsiplarini ko`rsatib bering ?
2.Hokimiyatga da`vogarlik qilayotgan turli shaxs va siyosiy partiyalarga munosabat bildirish shakli nima deb ataladi ?
3.Necha yoshdan Oliy Majlis deputatligiga saylanish huquqi belgilangan?
4. “ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning saylov to`g`risida “ gi qonuning 44-moddasida nima haqida so`z boradi?
5.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nechta palatadan iborat ?
III-variant
1. “Oliy Majlis deputatlari saylovida ovoz berish erkin va yashirindir “ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning saylov to’g’risida “ gi qonuning nechanchi moddasida belgilangan?
2.Kimlar saylov huquqidan mahrum etilgan ?
3. Saylov huquqi buzganligi uchun javobgarlikning qaysi turi belgilangan?
4.Oliy Majlis saylovda kim deputat etib saylangan hisoblanadi ?
5.Qanday saylov tizimlarini bilasiz?
Izoh: O`quvchilar topshiriqni bajarish jarayonida o`qituvchi tomonidn nazorat qilishi kerak. O`quvchilar bajargan ishlarini “ Charxpalak ” usulidan foydalanib tekshiriladi.
Javob:
I-Variant
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117- moddasi.
2. Saylov tizimi – davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash
3.O`zbekistonda Majoritar saylov tizimi belgilangan .
4. 135 nafar
-
oshdan boshlab O`zbekiston fuqarolari
II-Variant
1.Umumiy, teng, to`g`rida-to`g`ri saylov huquqi, yashirin ovoz berish
2. Ovoz berish
3. 25 yoshdan O`zbekiston fuqarolariga
4. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning yarimidan ko`pini olgan nomzod Oliy Majlis deputatligiga saylangan hisoblanadi.
5.2 ta quyi va yuqori palata ya`ni qonunchilik va senat palatalari
III- Variant
-
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning saylov to`g`risida “ gi qonuning
5- moddasida belgilangan
2.Huquqiy layoqatsizlar, qamoq joylarida saqlanayotganlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi yo`q shaxslar
3. Jinoiy javobgarlik
4. Saylovchilarning qonun bilan belgilangan ko`pchilik ovozini olgan nomzod shu saylov okrugi bo`yicha saylangan hisoblanadi.
5. Majaritar va proporsional
Do'stlaringiz bilan baham: |