Mavzu : O`lkamizdagi ilk va o`rta shaharlari urbanizatsiyasi



Download 32,77 Kb.
bet2/2
Sana17.04.2022
Hajmi32,77 Kb.
#558979
1   2
Bog'liq
O`lkamizdagi Ilk o`rta shaharlari

Choch va Iloq. Toshkentning har ikkala vohasi (Chirchiq, Ohangaron) ning barcha hududlari toliq o'zlashtiriladi. Arxeologik jihatdan Qovunchi III (IV-VI asrlar) va Mingo'rik (VI-VIII asrlar) bosqichlaridan tashkil topgan. Vohada ilk o'rta asrlar davriga oid yoki mazkur davr madaniy qatlami mavjud bo'lgan shaharlar, shaharchalar va boshqa turdagi dehqonchilik qishloqlaridan iborat 300 dan ortiq barcha turdagi arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Yu.F.Buryakovning fikriga ko'ra ulardan 32 tasi shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bundan tashqari tog-kon manzillari va mozor-qorgonlardan tashkil topgan yuzlab yodgorliklar ham qayd etilgan. Ulardan shahar turidagi manzilgohlar arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan. Bu darda vohada antik davri shaharlari faoliyati davom etib, yanada rivojlanishi bilan birga yangi shahar markazlari ham vujudga keladi. Ayniqsa, tog-metallurgiyasi rivojlanishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish hududlarida kuzatiladi. Yangi paydo bo'lgan shaharlardan Shohjuvartepa, Honobodtepa, Ulkanto'ytepa, Imloq, Dalvarzintepa, Eski Toshkent va boshqalar arxeologik yaxshi o'rganilib, vohaning ilk o'rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidan darak beruvchi boy moddiy manbalar to'plangan. Kanka, Shohruhiya, Mingo'rik, Kavardan, Kindiktepa, Qulota kabi shaharlarning maydoni kengayib, iqtisodiy va madaniy ahamiyati yanada ortadi. Vohada ilk o'rta asrlar davrining dastlabki bosqichlarida Qanqa manzilgohining etakchilik mavqei saqlanib qoladi. Ilk o'rta asrlarning dastlabki bosqichlarida uchinchi shahristonning janubi-sharqiy qismi tigis o'zlashtirilib, ixtisoslashgan ishlab chiqarish inshootlari barpo etiladi. Taxminan birinchi ming yillikning o'rtalarida O'rta Osiyoning barcha shaharlarida kuzatilgani kabi Qanqa kohna shahri inqiroz davrini boshidan kechirib, maydoni keskin qisqarib ketadi. Yodgorlik ichki tomondan ikkinchi shahriston doirasida 45 ga. maydondagi huddudni o'rab olgan yangi muhofaza devori barpo etiladi. VII-VIII asrlar davrida shahar yirik savdo va ishlab chiqarish markaziga aylanadi. Antik davrida o'zlashtirilgan ikkinchi shahristondagi savdo-ishlab chiqarish qismi yanada rivojlanadi. Arxeologik qazishma ishlarida sakkizta ixtisoslashgan hunarmand-chilik sohalari faoliyat yuritganligi aniqlangan. Temirchilik, misgarlik, kulolchilik kabi hunarmandchilik turlari etakchilik qilgan. VIII asr boshlarida 1 ga. hududni egallagan karvonsaroy barpo etiladi. Bu davrda ishlab chiqarish shahar tashqarisi tomon kengayib, rabod qismi shakllana boshlaydi. Undan VII-VIII aslar davrida faoliyat yuritgan kulolchilik xumdonlarining o'rni aniqlangan. VII asr boshida (603 yil) sodir bo'lgan noroziliklardan so'ng shahar poytaxt maqomini yoqotib, Mingo'rikga ko'chiriladi. Lekin, vohadagi asosiy savdo-ishlab chiqarish sohasida markazi sifatidagi ahamiyati saqlanib qoladi. Mingo'rik yodgorligida antik davri faoliyat yuritgan shahar ilk o'rta asrlarda taraqqiy etadi. Shahar arki, shahriston qismlaridan tashkil topgan topgan bo'lib, atrofi qalin devorlar bilan muhofaza etilgan. Xitoy manbalarida Shi shahrining 10 li.(4-5 km.) masofadagi muhofaza devorlari togrisidgi xabar keltirilgan. Muhofaza devorini o'rganish jarayonida uning o'rtasida yo'lakcha-koridor va tashqi tomondan togri to'rtburchak shaklli muhofaza burjlari aniqlangan. Devor va burjlarda shinaklar qayd etilmagan. Mudofaa va qarshi hujum devorning yuqori qismidan turib amalga oshirilgan bo'lishi kerak. Shaharning ark qismidagi imoratlar majmuasi gumbaz shaklli tor xonalardan iborat. U erdagi saroy majmuasi mahalliy hukmdorlarning hashamli qabulxonasi, yashash, ibodat va xojalik qismlaridan tashkil topgan. Shahristonning asosiy qismi zamonaviy qurilishlar band bo'lishiga qaramay uning markazida qalin devor bilan barpo qilingan ko'p xonali uyning o'rni, kullolchilik va temirchilik ustaxonasining o'rni ochib o'rganilgan. Shahar VIII asrning birinchi yarmida arablarga qarshi kurash natijasida talofat ko'rib, ma'muriy markaz sifatidagi ahamiyatini yoqotadi. Shahar hozirgi eski shaharda o'rniga shakllanadi. Boshqa bir yirik shahar markazlaridan bo'lgan Tunketning o'rni Olmaliq shahridan 12 km. shimoliy-sharqda mahalliy aholi tomonidan Imloq nomi bilan ataladigan yodgorlik o'rnida faoliyat yuritgan. Arxeologik qazishmalar shahar antik davridagi metall buyumlariga ixtisoslashgan hunarmandlar qishlogi o'rnida shakllangan. Manzilgoh Iloqning yirik konlariga yaqin joyda joylashib, ularni qayta ishlash uchun qulay bo'lgan markazga bo'lgan ehtiyoj ilk o'rta asrlar davrida uning shaharga aylanishiga olib keladi. Ilk o'rta asrlar davridayoq shahar darajasiga o'sib chiqqan manzilgohning umumiy maydoni 17,5 ga. ni tashkil etib, shundan shimoliy tomonida beshburchak shakldagi 5 ga. Qismini ark tashkil etgan. Unda ikkita darvoza bo'lib, biri shahristonga, ikkinchisi rabodga olib chiqqan. Arablar bosqinchiligi davrida shaharni qamal qilishi natijasida muhofaza devorlari qisman vayron etilib, keyinchalik qayta ta'mirlanadi. Toshkent vohasida yirik shahar markazlaridan Xonabod, Ulkanto'ytepa, Tunket, Kindiktepa va boshqa shu kabi shahar turidagi manzilgohlarning arxeologik jihatdan qisman o'rganilishi natijasida vohaning ilk o'rta asrlar davri urbanizatsiyasi taraqqiyotining yuksak darajada bolganligidan dalolat beradi. Ilk o'rta asrlar chochliklar diniy mafkurasi Chilonzor Oqtepasida topib o'rganilgan “Olov ibodatxonasi” muhim ahamiyatga egadir. U baland sahni ustiga paxsa va xom gishtdan qurilgan. Atrofida mustahkam mudofaa devori barpo qilinib, ularning burchaklarida burjlar bilan kuchaytirilgan. Burjlarda shinaklar mavjud. Bu erda bir necha xonalar aniqlangan. Xonalarning birida kul qoldigi uchraydi. Mazkur inshoot arablar bosqiniga qadar Shoshliklarning shahar tashqarisidagi asosiy diniy-g`oyaviy markazi hisoblangan O'rta Osiyoning qadimgi davrlardanoq muhim madaniy-tarixiy viloyatlaridan sanalgan Fargona vodiysi o'rta asrlar davri xitoy manbalarida “Lona” va “Polona” nomlari bilan tilga olinadi. Fodiyning ilk o'rta asrlar arxeologiyasi bilan turli yillarda A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, N.G.Gorbunova, Yu.A.Zadneprovskiy, B.A.Latinin, B.Abdulgazieva, G.A.Brikina, A.A.Anorboev, B.H.Matboboev va boshqalar arxeolog olimlarning ilmiy tadqiqotlari samarasi natijasida o'lkaning ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi o'rganilgan. O'lka ilk o'rta asrlar davri arxeologik jihatdan 7 xojalik tumaniga bo'linib, 250 dan ortiq mazkur davrga oid madaniy qatlamiga ega bo'lgan barcha turdagi yodgorliklar qayd etilgan. Shundan 22 tasi shahar turidagi yodgorliklar sanaladi. Bu davrda o'lkada Quva, Axsikent, Koson, Andijon, O'sh, O'zgan va boshqa shular kabi shaharlari savdo-iqtisodiy, madaniy va diniy markaz sifatida rivojlangan. Nisbatan keyingi davr mualliflari Ibn Hurdodbek va Qudama ibn Jafar kabi o'rta asr mualliflarining asarlarida Fargona vodiysi shaharlari va ularning joylashishi togrisidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Farg`ona vodiysidagi ilk o'rta asrlar davri yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Axsikent shahri o'lkaning shimoliy qismida, Sirdaryoning o'ng soxilida Sharqiy Turkiston va Sugd karvon yo'li bo'yida joylashgan, bo'lib, u antik davridan boshlab shakllangan. Ilk o'rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar markazi hisoblangan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Manzilgoh shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat. Shaharning har ikkala qismi mustahkam mudofaa devorlari bilan o'rab olingan va ularga tutashtirib qurilgan mudofaa burjlari bilan kuchaytirilgan. Bu shahar rivojlangan o'rta asrlar davri arab va fors mualliflari keltirgan manbalarda ark, madina va rabod qismlaridan iborat bo'lgan, deb keltiriladi. Hozirgi paytda umumiy maydoni 27 ga. hududni egallagan trapetsiya shaklidagi shahriston va uning shimoliy-garbida joylashgan ark qismlarining o'rni saqlanib qolgan. Keyingi yillarda bu erda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olim A.A.Anarboevning tadqiqotlari natijasiga ko'ra shahar rivojlangan o'rta asrlar davrida yuksalib va uning maydoni bir necha barobar kengaytirilgan. O'rta Osiyonig IX-XIII asrlar boshlariga oid tarixi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi yuksalishining navbatdagi bosqichi bilan izohlanib, yirik feodal davlatlar almashinuvidan iborat siyosiy jaryonlar bilan izohlanadi. IX asrning oxirgi choragidan boshlab arab xalifaligidan mustaqil siyosat yurita boshlagan toxiriylardan boshlab, mogullar istilosiga qadar Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Saljuqiylar, Gaznaviylar va Qoraxitoylarning joylarda o'z hukmronligi va ularning almashinuvi sodir bo'ladi. Bu davrda qudratli davlatlarning qaror topishi bilan ma'lum siyosiy barqarorlik ta'minlanishi, boshqa tomondan esa Еvrosiyoda qulay iqlim sharoitining qaror topishi mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishiga turtki bo'ladi. IX asrdan urbanizatsiya jarayoni yanada kuchayib, shaharlar soni keskin o'sadi. O'rta Osiyoning barcha hududlari shaharsozligi taraqqiyotida yangi o'sish davr boshlanadi. Shaharlarning maydoni kengayib, ichki tuzilmalari murakkablashadi va yangi shaharlar paydo bo'ladi. O'rta asrlar davri sharq mualliflari: muallifi noma'lum “Hududi al olam” asari, Qudama ibn Hurdodbeh, Istaxriy, Muqaddasiy, Ibn Havqal asrlarida aloqada vohalardagi chalkashliklar va qaytarishlar bilan keltirilgan o'nlab shaharlarning royxati beriladi. Bu borada Toshkent vohasi etakchi o'rinni egallab, manbalarda sal kam 50 ga yaqin shaharlar va shaharchalar royxati keltirib o'tilgan va ular tadqiqotchilar tomonidan ma'lum yodgorliklar bilan qiyoslangan. Ibn Havqal (X asr oxiri) bejizga Mavorounnahr va Hurosonda jome masjidlari (masjid-musulmon olamida shaharni belgilovchi asosiy alomat hisoblangan) soni ko'pligi jihatdan Toshkentga teng keladigan o'lka uchramaydi, degan tarifini aytmagan. Bu davrda maqomi, vazifasi va hududiy ko'lami jihatdan o'zaro farqlanadigan shaharlar mavjud bo'lib, ularning arxeologik belgilariga ko'ra uchta shakli (yirik, o'rta va kichik) ajratib ko'rsatiladi. Shuningdek, shaharlarning uchta qismi (ark, shahriston va rabod) toliq ajraladi. Shaharlar obodonchiligi, sanitariya va gigiena holatlariga alohida e'tibor berilib, ko'chalarga tosh to'shaladi, suv ta'minoti va oqovasida quvurlardan keng foydalanila boshlaydi. IX-XIII asr boshlarida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Termiz, Marv, Kesh va shu kabi shahar markazlari faoliyat yuritib, arxeologik jihatdan nisbatan yaxshi o'rganilgan. Buxoro shahri qadimdan mavjud bo'lgan o'rnida rivojlanadi. IX asrning o'rtalarida shahar yangi mudofaa devorlari bilan o'rab olinib, uning 11 ta darvozasi mavjud bo'lgan. Shahar arkida yangi qurilish inshootlari, xususan, saroy, devonlar saroyi va boshqa jamoatchilik imoratlari barpo etilib, tashqi tuzilishi tubdan o'zgaradi. Buxoro shahrining ark qismida 713 yili arablar dastlabki masjidni barpo etishadi. Biroz kechroq Registon maydonining shimoliy qismida nomozgoh, 795 yili jome masjidlari qurilgan. 919 yili unga tutashtirib O'rta Osiyoda dastlabki minora barpo etiladi. 1068 yilda minoraning yogochdan barpo etilgan tepa qismi yonib, pishgan gishtdan qayta quriladi. Yozma manba ma'lumotlarida keltirilgan ma'lumotlarning guvohlik berishiga ko'ra shahar atrof hududi keng boglar, davlatmand va mansabdor shaxslar uy-joy imoratlari bilan band bo'lgan. Samarqand, ark, shahriston va rabod qismlaridan tashkil topgan O'rta Osiyoning yirik shahari bo'lgan shaharning asoiy qismi Afrosiyob o'rnida bo'lgan. Shaharning to'rt tomonida Kesh, Navbuhor, Buxoro va Xitoy darvozalari joylashgan. Janubdagi Kesh darvozasi orqali yangi rabod tomondan kirilgan. Buxoro darvozasi shimoliy qismida arka yaqin joyda bo'lgan. Arablar bosqiniga qadar Afrosiyobdan tashqarida devori qiyomat barpo etilgan bo'lib, uning 12 ta darvozasi bo'lgan. Samarqand shahri Somoniylar davlati poytaxti bo'lgan davrda uchburcha madinaning garbida bir necha mahobatli qurilish inshootlari, xususan, saroy barpo etiladi. Ma'muriy markaz Buxoroga ko'chirilgandan so'ng qurilish ishlari toxtaydi. Bogdodlik geograf ibn Havqal (X asr) shaharning madinasining tashlandiq holati, aksincha rabod qismining rivojlanganligi togrisidagi ma'lumotlarni keltirib o'tgan. Uning ma'lumotlarida suv ta'minotida quvurlardan foydalanish, shahristondagi karvon-saroy, savdo-ishlab chiqarish inshootlari togrisidagi ma'motlar ham keltirilib, ular nisbatan arxeologik tasdigini topgan. Shahar mogullar istilosida ko'p talofat ko'rib, uzoq muddat turgunlik davrini boshidan kechiradi. Yuqorida Toshkent vohasi shaharlar sonining ko'pligi togrisidagi ma'lumotlar berilganidek, X asr o'rtalarida yashab o'tgan tarixchi Istaxriy ma'lumotlarida “Choch va Iloq mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan, darvozalar, rabodlar, arklar, bozorlarga ega bo'lib, ariqlar oqib o'tadigan shaharlarga boy” o'lka sifatida ta'riflangan. Ulardan eng yirigi Binket, Qarashket, Benoket hisoblangan. Binket vohaning bu davrdagi asosiy ma'muriy markazi hisoblanib, shahar chegarasi hozirgi Eski jo'va hududidagi Chorsu bozori bo'lgan. O'tgan asrning birinchi choragida arxeologik kuzatish ishlarini amalga oshirgan M.Е.Masson shaharning rabod qismi muhofaza devorlarini kuzatishga muvoffaq bo'lgan. Arxeolog olim kuzatishlari natijasida uning shahriston qismining maydonini 16 ga. doirasida chegaralashga muvoffaq bo'lgan. Shahriston tashqarisidagi rabod qismining chegarasini kuzatish va muhofaza devorlarining o'rnini aniqlashga erishgan. Shaharning mudofaa devorining o'rnini kuzatgan. Toshkent vohasining yirik shahar markazlaridan hisoblangan Qarashket Buyuk Ipak yo'lidagi yirik savdo-ishlab chiqarish markazi sifatida faoliyat yuritgan. Umumiy maydoni 220 ga. dan iborat Qanqaning bu davrdagi arki, uchta shahriston, rabod qismlaridan tashkil topib, uch xalqa mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Yodgorligining janubiy qismida taxminan 10 ga. maydondagi ixtisoslashgan hunarmandchilik ishlab chiqarish inshootlari, karvonsaroy va bozor shaharning vohadagi yirik savdo-iqtisodiy markaz bo'lganligini ko'rsatadi. Shahar mogullar istilosiga qadar (XII asr boshlarida) daryo o'zanining o'zgarishi sababli tashlandiq holga kelib xarobaga aylanadi. Buyuk Ipak yo'lidagi yirik shaharlardan biri hisoblangan Benoket Sirdaryo kechivuda joylashgan. Bu shahar savdo yo'lidagi muhim ahamiyati yuqori bo'lib, mustaqil tanga chiqaradigan zarbxonasiga bolgan. Maqdisiy qoldirgan ma'lumotlarga ko'ra shahar aholisi yuksak harbiy jasoratga ega bo'lganligi sababli shaharda muhofaza devorlari bo'lmagan. Hozirgi paytda Sirdaryo toshqinlarida shaharning asosiy qismi yuvilib ketishi barobarida ark butunlay nobut bo'lgan. Shahristonida o'z davri obodonchiligidan darak beruvchi qurilish ashyolari, rabod qismida kulollar (xumdonlar) va shishasozlar ustaxonalari o'rganilgan. Shahar mogullar istilosidagi to'rt kunlik qamal natijasida vayron qilinib, unda uzoq muddat hayot toxtaydi. Termiz shahri bu davrda uch qismdan iborat bo'lib, tadqiqotchi arxeolog olimlarning hisoblariga ko'ra uning maydoni 500 ga.ni tashkil etgan. Har biri qismi alohida mudofaa devorlariga ega bo'lgan. Shaharda termizshohlar saroyi, aholining uy-joy imoratlari, savdo-hunarmandchilik inshootlari va boshqa turdagi imoratlarning o'rni aniqlangan. Termiz shahri XI-XII asrlarda taraqqiyotining yuqori darajasiga ko'tarilib, XIII asrda mogullar bosqini tufayli inqirozga yuz tutadi. Shimoliy Hurosonda ilk o'rta asrlar davri Marv shahri o'lkadagi yirik ma'muriy, madaniy va iqtisodiy markaz sifatida taraqqiy etadi. Arablar bosqini bosqini davriga qadar Gaurqala o'rnida taraqqiy etgan shahar keyingi bosqichda garbga kengayib, eski o'rni. Shahar saljuqiylar davlatining poytaxtiga bo'lgan. Qashqadaryoda Nasaf va Kesh shaharlar asosiy markazlar bo'lgan Qarshining bu davrdagi o'rni hozirgi Shuliktepa o'rnida rivojlangan. Shulliktepa yodgorlishi ark, shahriston va rabod qismlaridan tashkil topgan. Umumiy maydoni ga.dan iborat. Shahristonning topografik holatiga ko'ra bo'lb, ark bilan shahriston bulardan tashqari Xorazmda Urganch, Qashqadaryoda Nasaf va Kesh, Fargona vodiysida Quva va Axsikent shaharlari va boshqa katta-kichik shaharlar rivojlanadi. Umuman, O'rta Osiyoning IX-XIII asrlarda shahar yuksak darajada rivojlanib, ular ma'lum davlat yoki viloyatning ma'mriy markazi bo'lish bilan birgalikda, savdo-iqtisodiy va madaniy markazlar ham bo'lgan. Bu davrda ularning har birida boy me'moriy obidalar qad ko'tariladi. XIII asrning boshlarida Chingizhon boshchiligida mogul-tatarlar bosqinchiligi davrida ko'pgina shaharlar (Termiz, Benoket) vayron qilinib, ayrimlari butunlay inqirozga uchraydi va ayrimlari esa uzoq muddat tashlandiq holiga kelib qoladi. XIV asrning boshlarida mintaqada ma'lum siyosiy barqarorlik hukm surib, Chigatoy ulusi hukmron doirasi vakillari yuritgan obodonchilik ishlari natijasida shaharlar (Qarshi, Andijon) yangi joylarda qaytadan tiklanadi.
O'rta Osiyo shaharsozligining taraqqiyotining keyingi bosqichi bevosita o'lkada Amir Temur hokimiyatining o'rnatilishi bilan bogliq. Bu davr O'rta Osiyo shaharsozligining taraqqiyotining keyingi bosqichi Movaraunnahrda Sohibqiron Amir Temur hokimiyatining o'rganilish va temuriylar hukmronligi bilan bogliq bo'lib, mogullar davrida vayron etilgan shaharlar qayta tiklanadi. Bu davrda nisbatan Samarqand va Shahrisabzning obodonchiligiga katta e'tibor qaratilib, asosiy qurilish ishlari mana shu ikki shaharda olib boriladi. Amir Temur farmoni bilan Toshkent vohasining Sirdaryo bo'yida joylashgan o'rta asr Benoket shahri qayta tiklanib, mustahkam muhofaza devori bilan o'rab olinadi va u Shohruhiya nomi bilan yuritila boshlaydi. Shuningdek, temuriylar davrida Hirot shahrida ham jiddiy qurilish ishlari olib boriladi. A.Navoiyning sayi harakatlari bilan ko'plab jamoatchilik imoratlari barpo etiladi. So'nggi o'rta asrlar davri dunyo tarixida sodir bo'lgan muhim o'zgarishlar O'rta Osiyo mingtaqasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dengiz yo'lining ochilishi bilan Buyuk Ipak yo'li ahamiyatini yoqotib, O'rta Osiyo xalqaro savdo yo'lida, xalqaro taraqqiyot yutuqlaridan chetda qolib ketadi. Shuningdek, o'zaro taxt uchun kurash, beklarning mustaqil boshqarishga intilish yo'lidagi siyosiy markaziy hokimyat bo'ysunmasigi natijasidga boshboshdoqlik va oxir oqibat mustaqil honliklarning tashkil topishiga olib keldi. Arablar bosqini davrida O'rta Osiyoning shahar va qishloqlarida deyarli toxtab qolgan. Qurilish ishlari IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yana jonlana boshlagan X-XII asrlada kuchaygan. Bu davrda mahalliy hokimiyat vakillari oldida avval shahar mudofaasini ta'mirlash va uy-joy jamoatchtilik imoratlari (bozor, karvon, saroy, sardoba), mahalliy amaldorlar uchun saroy, qasrlarni barpo etish vazifasi turar edi. Shuningdek bu davrda mahalliy aholi uchun yangi imoratlar-machit, madrasa qurish talab qilinar edi. Buyuk shaxslar qabrlari ustiga maqbaralar barpo etish an'anasi kuchaydi. Bu davr shaharlar ko'rkini mahobatli me'morchilik inshootlari bezab turgan. Somoniylar davridan boshlab mahobatli qurilish inshootlarini qurishda pishgan gishtlardan foydalanila boshlanishi imoratlarning mustahkamligini ta'minlash bilan birgalikda ularning ko'rkamligini ham oshirgan. Ma'lumki, IX asrdan shaharlarda diniy imoratlar: masjid, madrasa va maqbaralar barpo etish an'anaga aylanadi. Ularining old qismida bo'y cho'zib turgan peshtogi va gumbaz shaklida yopilgan tomi ko'rkini yanada oshirgan. Shaharlarning savdo va ishlab chiqarish markazi sifatidagi ahamiyatining o'sishi bilan tim va toglar barpo etiladi. Ular me'moriy echimi sodda va ixcham imoratlardan tashkil topib, tashqi tomon mahobatli bo'lmagan.


Somoniylar davri me'moriy obidalari ixcham va sodda me'moriy echimga ega bo'lgan bo'lsa, Qoraxoniylar, ayniqsa, temuriylar davri me'moriy obidalari yirik va salobatli ko'rinish olib, ularning mahobatiga mos holda konstruksiyasi ham murakkablashadi. Shayboniylar davri me'morchiligida ularning ahamiyati asosiy e'tibor qaratadi. Bu davrda asosan savdo-ishlab chiqarish va jamoatchilik inshootlari koproq quriladi. Umuman, o'rta asrlar dariga oid imoratlari o'zida mavjud davlatning qudratini namoyon etadi. Agar Somoniylar davrida qurilgan inshootlar ancha kichkina bo'lgan bo'lsa, Qoraxoniylar ancha mahobatli, Amir Temur qurdirgan imoratlar esa ulkan mahobati bilan ajralib turadi. Bejizga Sohibqiron Amir Temur Oqsaroy peshtogiga “Qudratimizga shubha qilsang qurgan imoratlarimizga boq”, degan so'zlarni bejizga yozdirmagan. IX asrdan boshlab qurilishda pishgan gishtdan foydalanish boshlanib, X asrda undan keng foydalanilgan. Pishiq gishtdan qurilishda foydalanish nafaqat imoratning mustahkamligini ta'minlagan balki, ularning tashqi manzarasining ko'rkamligini ham ta'minlagan. Shunday qurilish inshootlaridan biri Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi bo'lib, uni qurishda pishiq gishtdan turli usullarda foydalanilgan. Gishtlar togri ko'ndalang, yon va qirra tomonlari bilan terilib, ular o'ziga xos bezak xosil qiladi. uning tashqi tuzilishi juda sodda. Kubik shaklidagi bino tomi kumbaz qilib yopilgan. Maqbaraning sardevori bo'ylab ketma-ket kichik arkalar joylashgan. Burchaklaridagi minorasimon ustunlar devorlariga biriktirilgan. Eshiklarining tepasi ham arkasimon. Shuningdek, Araboda, Karmanada Said Bahrom Uzunda, Oq Ostonabobo, Termizda at-Termiziy maqbaralari kabi me'moriy obidalari saqlanganki, ular qurilish usuli va bezalishiga ko'ra umumiy va o'ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Ularning devorlari murakkab o'yma ganchli naqshlar bilan bezatgan. Bu davr me'morchiligida islimiy va grih uslubidagi naqshlar bilan bezash keng tarqaladi. Shuningdek, me'morchilikda devorlarning sirtini koshinlar bilan bezash keng yoyilib, ularda ko'k va yashil ranglardan keng foydalanilgan. Me'morchilik inshootlarini barpo etishda murakkab qurilish usullari (qubbalar, yoysimon arklar, gumbazlar, peshtog) keng qollanilgan. Bu davrda shahar atrofi va tashqarisida qorgonlar va qarorgohlar ham barpo etilgan. Ulardan biri Buxoro yaqinidagi Rabodi Malikdir. Hovli ichkarisi qisqa xonalar bilan o'ralgan. Devorlari ham gishtdan ko'tarilib, pishiq gisht bilan usti qoplangan. Tepasi asosi gumbaz bilan yopilib, atrofida kichik gumbazlar joylashgan. Hovli ichkarisida machit, hammom va boshqa xonalar ham mavjud. Asosiy xona bezatilgan. Bu davrga oid masjidlar bizgacha deyarli etib kelmagan. Ulardan Buxoroda Diggaron va Mogaki Attoriylar saqlangan va boshqalar saqlangan. Ular asosiy xonalardan iborat bo'lib, gumbaz qilib yopilgan. Masjidlarda aylana shakldagi minoralar bo'lgan. bu davr minoralari shakliga ko'ra turlicha. XII asrlarga oid Buxoroda kalom Vobkent va Jarqorgon minoralari saqlanib qolgan. Ular tashqi tomonidan bir-birini takrorlamaydi. Dastlabki ikkitasi silliq holda ko'tarilgan bo'lsa, Jarqorgon minorasi tagkursi ustida qator ustunsimon shaklda qurilib, tepada kichik arkalarga tutashgan. Tepa qismida ular davom ettirilib, ular o'rtasi belboqsimon shaklni xosil qilgan. Bu davrning alohida shaxslar uchun mavzoleylar qurish an'anasi kuchaydi. Mavzoleylarning ba'zilari toliq pishiq gishtdan yoki xom gisht bilan aralashtirilgan holda qurila boshladi. Ularga gumbazli, ba'zan ravoqli qurilgan. Shulardan Marvda Sulton Sanjar, Xorazmda (Urganch) El Arslon va Takashlarning maqbaralari diqqatga sazovardir. El Arslon va Takash maqbaralari kvadrat shaklida bo'lib, tepasida baland gumbaz joylashgan. Ular o'ziga xos me'moriy uslubi va bezalish san'atiga ega bo'lgan xususiyatlari bilan ajralib turadi. XIV asrning ogirlaridan boshlab O'rta Osiyo me'morchiligi mogul-tatar bosqinidan so'ng o'zining yangi taraqqiyot bosqichiga kiradi. Gumbaz va qubbalar tuzilishi murakkablashadi. Me'morchilikdagi eng katta yutuqlardan biri, ularga beriladigan bezaklar va boyoqlar mazmunining ortishidir. Koshinlar asosan ko'k, oq va havo ranglarda bo'lib, gumbazlarga havo rang berilgan. Bu davrga oid me'moriy obidalar asosan Samarqand va Shahrisabz shaharlari barpo qilinadi. Shuningdek Xorazmda ham mogullardan so'ng huvillab qolgan Urganch shahrida qurilish ishlari jonlanadi. Bu davrda Samarqandda Bibixonim, Go'ri Amir, Shohizinda, Shahrisabzda Oqsaroy va boshqa ko'plab me'morchilik inshootlari barpo qilinadiki, ular Sohibqiron Amir Temur davrida qurilgan boy me'morchilik namunalaridir. Shuningdek Ulugbek davrida ham bir necha me'morchilik inshootlari barpo etiladi. Ulugbek davrida Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlarida qurdirgan madrasa va masjidlar diqqatga sazovardir. Shayboniylar davrida Samarqand shahrida qurilish to'xtamagan bo'lsada asosiy qurilish inshootlarini barpo qilish an'anasi Buxoroga (poytaxt ko'chirilgandan so'ng) ko'chadi. Buxoro shahrida mudofaa devori bilan o'rab olinadi. Buxoro me'morchiligida xususan diniy inshootlarda eski me'morchilik ananalari yangi an'analar bilan uygunlashadi, jamoatchilik imoratlarida yangi me'morchilik an'analarining ustunligi seziladi. Ayniqsa imoratlardagi gumbazlarning xonalariga mos tushishi me'morlar izlanishining natijasidir. Bu davrda ham jamoatchilik inshootlari; masjid, madrasa, xonaqoh, sardoba, karvonsaroy va boshaqalarni qurish an'anasi kuchayadi. XVI asrning me'moriy boyoqlarda Temuriylar davri an'anasi davom etsada, XVI asrning ikkinchi yarmidan so'ng eng sodda kam mehnat talab qiladigan bezaklardan keng foydalaniladi. Bu davrga oid Mir Arab madrasasi, masjidi, Kalon majmuasi, Abdullaxon madrasalari va boshqa me'moriy obidalar o'z davrning ajoyib namunalaridir. Shuningdek, Toshkentda Ko'kaldosh va Baroqxon madrasalari barpo etiladi. XVII-XVIII asrlar davri me'morchiligi o'tgan asr an'analarining davomi sifatida rivojlanadi. Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda ko'plab me'moriy obidalar barpo qilinadi. Ayniqsa, Xorazm me'morchiligi o'ziga xos yo'nalishda rivojlanib, Xiva shahrida bir necha madrasalar pishiq gishtdan barpo etiladi. XVII asr o'rtalarida Urganch shahri hozirgi o'rniga ko'chirilib bu erda ham yangi qurilish inshootlari barpo qilinadi. O'rta Osiyoning rivojlangan o'rta asrlar davri hunarmandchiligida, temirchilik, shishasozlik, toqimachilik, kulolchilik va boshqalar muhim o'rin tutadi. IX-X asrlardan boshlab, shisha ishlab chiqarish hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan biriga aylanadi. Hunarmandchilikning bu turi asosan shaharlarda rivojlanadi. Afrosiyob, Varaxsha va Nisolarning o'rta asrlar davri madaniy qatlamlaridan bu davrga oid shisha buyumlar topib o'rganilgan. Ular shakl va hajmdagi uy-ro'zgor buyumlardan tortib, zeb-ziynat va parod-andoz buyumlarigacha tashkil etadi. Shishalarning asosiy ko'pchiligi rangsiz. Rangli shishalar ham mavjud bo'lib, ular asosan idishlarni bezashda ishlatilgan. Bu davr shishasozlari turli usullardan foydalanganlar va puflash yo'li bilan yupqa shishalar ishlab chiharganlar. Puflash yo'li bilan idishlarga pardoz berish ham keng foydalanishgan. IX-X asrlarda puflash yo'li bilan deraza oynalari ham yasalgan. XI-XII asrlarga kelib shishaga bo'lgan talab yanada ortib ishlab chiqarish sur'ati tezlashadi. Bu davrda shuningdek rangdor shishalar miqdori ko'payadi. Temirchilik nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham ancha rivojlanib, undan mehnat qurollari, uy-ro'zgor buyumlari, qulf-kalitlar bilan bir qatorda, shamdonlar, surmadonlar va boshqa antiqa buyumlar yasalgan. Temir buyumlari, quyish va bolgalash usulida yasalgan. Metalchilikning yana bir muhim tarmogi misgarlik bo'lgan. Misgarlar tomonidan nafis ko'zalar, qozonlar, shamdonlar yasalgan. Kulolchilik ishlab chiqarish nafaqat shaharlarda balki qishloq joylarda ham yaxshi rivojlangan bo'lib, arxeologik jihatidan yaxshi o'rganilgan. Shahar va qishloq xarobalaridan kulollar mahallalari, ustaxonalar va xumdonlarning o'rni ochib o'rganilgan. Rivojlangan o'rta asrlarga kelib kulolchilikda katta yutuq ya'ni idishlarni naqshlar bilan bezash va ularni sirlash texnikasi o'zlashtiriladi. IX-X asrlarda ishgorli, qalayli va yuqori sifatga ega bo'lgan qo'rgoshinli sirlardan foydalanilgan. Idishlar oyoqda ishlayodigan charxlarda yasalib, turli ranglardagi angoblar bilan jilo berilgan va turli rang va tasvirlar tushurilgandan so'ng olovda pishirilgan. Undan so'ng esa sirlanib ikkinchi marta qayta pishirilgan. Bu davrda kulollar och ko'k, sariq va qoramtir jigarranglardan keng foydalanganlar. Bir turdagi idishlar esa oq rangga bo'yalib ustidan qora va jigarrangdagi yozuvlar bilan bezatilgan. Shuningdek och ko'k va havo rangdagi sirlardan ham keng foydalanilgan. Naqshlar geometrik setka. Shtrix, chiziq, yulduzcha va aylanalar hamda o'simlik, barglar va boshqalardan iborat. Shuningdek, ularda hayvon va qush tasvirlari tushirilgan naqshlar, hamda shukurona va nasihat so'zlari bitilgan yozuv naqshlar ham mavjud. XII asr ogiri XIII asr boshlariga kelib kulolchilik sifatining pasayishi sodir bo'ladi. Sirlari ko'kimtir rangdagi dogsimon tusga kirib, naqshlar o'zining aniqligini yoqotadi.
XIV asrning boshlariga kelib kulolchilik o'zining ilgarigi holiga qayta boshlaydi. Tagi qora boyoqda naqshlangan zangori rangdagi sirlar keng qollaniladi. XV asrlarda qora naqshlar va zangori rang sirlar an'anasi davom etib, o'zidan oldingi davrdagiga nisbatan sifati bir oz oshadi. XVI asrda idishlar esa oq va zangori boyoqlarga, asr oxirida esa toq zangori bo'yoqqa bezatilib, naqshlari girih va islimiy shakllardan tarkib topadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Asqarov.A “ Eng qadimgi shahar “ . T-2001.
2. Археология Зарубежной Азии. М., «Высшая школа» 1986
3. Эгамбердиева Н.А. Археология. Тошкент , 2011
4. Eshov.B “ O`rta Osiyoning qadimgi shaharlari
5. Кабиров Ж. Сагдуллаев А. Ўрта Осиё археологияси. Т., 1990tarixi “ . T-2008
6. Karimov .I.A. “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q “ T, “ Sharq “, 1998
Download 32,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish