OLMA BITI OLMA BITI
Qong’izlar dastlab paydo bolgan joyda shoxlarning postlogi tagida, postloq osti qatlamida, keyinchalik shoxlarning uchlarida, yosh novdalarning asosida oziqlanadi, ular yarim doira kanallar ochib, shu bilan novdalarni nobud qiladi.
Markaziy Osiyoning urugli meva boglarida qalqondorlarning bir necha turi, ayniqsa binafsha tusli qalqondor, kaliforniya qalqondori kop uchraydi.Qalqondorlar daraxtlarning shirasini sorib, zaiflashtiradi, kopincha ayrim shoxlarni va ayniqga yosh novdalarni nobud qiladi: bazan esa daraxtlarni butunlay quritib qoyadi. Koktsidlar mevalarga dog tushirib, sifatini pasaytiradi.
Binafsha tusli qalqondor urugli va davakli meva daraxtlari, tut, anor, terak, oq akatsiya va boshqa kopgina daraxt hamda butalar shirasini soradi, kaliforniya qalqondori olma va nok daraxtlariga koproq zarar yetkazadi, bundan tashqari u behi, orik, bodom, yongoq, olxori, togolcha, gilos, olchaga zarar yetkazadi, boshqa juda kop mevali daraxtlar, tok, dekorativ daraxt va butalarning shirasini soradilar.Barg bitlari - (Aphididae) oilasiga kiradilar. Markaziy Osiyo boglaridagi urugli meva daraxtlariga bir qancha tur barg bitlari sezilarli darajada zarar yetkazadi; olma biti - olma, nok va behiga, pushti rang olma biti, novda biti, shaftoli biti - olmaga, shaftoliga zarar yetkazadi.
Nok biti. Voyaga yetgani va lichinkalari nok kurtaklari, barglari, gullari va ingichka novdalarning shirasini sorib, daraxtlarni ham zararlaydi.Qattiq zararlangan barglar qorayib, tokilib ketadi. Nok shira bitiga qarshi kurash olib borilmasa, iyul boshlaridayoq daraxtlar batamom barginn tokib yuboradi. Zararlangan daraxt novdalari qing’ir - qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bolib, normal darajada katta bo’lmaydi va kopincha shira bitining yopishqoq axlatiga belanadi.Meva o’rgimchakkanasi. O’rgimchakkana odatda olma daraxtiga zarar yetkazadi, ammo boshqa urug’li va danakli meva daraxtlariga ham tushadi. O’rgimchakkana kop zararlangan barglar qong’ir tusga kirib assimilyatsiya xossasini ancha yo’qotib qoyadi, bazan nobud bo’lib, koplab to’kilib ketadi.
Meva o’rgimchakkanasi Markaziy Osiyo va Qozog’istonning hamma joyida uchraydi.Olma kuyasi. Kuya qurtlari olma, do’lana, ko’pgina dekorativ daraxtlar bazan o’rikning yozilayotgan kurtaklarini, keyinroq borib barglarini ham yeb qoyadi. Qattiq zararlangan daraxtlar meva qilmaydi va kelasi yili ham kam hosil beradi. Zararlangan daraxtlar yaxshi o’smaydi. Olma kuyasi birinchi yoshdagi qurtlik stadiyasida qishlaydi. Bu kurtaklar tuxumni berkitib turgan qalqon tagida 350S gacha haroratga chidash beradi.Qurtlar to’da to’da bo’lib yashaydi va bir shoxchaning barglarini yeb bolib, hammasi birgalashib ikkinchi shoxchaga otadi, ayni vaqtda butun butun shoxlargina emas, balki daraxtning butun shox-shabbasi o’rgimchak kuyasi bilan qoplanib qoladi.
G’ilofli kuya qurtlari o’rik, bodom, behi, olcha, gilos, nok va ayniqsa olmaning bo’rtayotgan va yozila boshlagan kurtaklarini yeb, zarar yetkazadi, shuning natijasida daraxtlar uzoq vaqtcha bargsiz bolib qoladi. Keyinchalik qurtlar barg eti bilan oziqlanadi. Qattiq zararlangan barglar qong’ir tusga kiradi va kuyganga o’xshab turadi. Qurtlar o’rikning dovuchalariga ham zarar yetkazadilar.G’ilofli kuya meva daraxtlarni shoxlarida orta yoshdagi qurt stadiyasida qishlaydi va erta koklamda kurtaklar bo’rtishidan oldin oygonadi.Meva daraxtlari barg yozgan vaqtida tuxumlarning ichidagi qurtlar tashqariga chiqib, darrov yosh barglar bilan oziqlana boshlaydi, ularni chetidan yeydi, ayni vaqtda kemirilgan barg parchalari koplab yerga to’kiladi.
Qurtlar bir daraxtning barglarini yeb tugatgandan keyin boshqa daraxtlarga o’rmalab otadi; bazan ularni shamol boshqa daraxtlarga uchirib o’tadi; qurtlarning tanasidagi uzun tuklari va o’zlari chiqargan o’rgimchak iplari shunga yordam beradi, qurtlar yoshligida top top bo’lib yashaydi, voyaga yetganlari esa tarqoq holda yashaydi.
Markaziy Osiyo olma qurti – urug’li meva daraxtlarining ayniqsa olma, qisman nok va behining asosiy zararkunandasidir. Olma va nok hosilining taxminan 50 foiziga olma qurti zarar yetkazadi. Har yili olma qurtining zararlashidan mevalarning tugunchalari va gor mevalarining anchagina qismi tokilib ketadi. Olma qurti tushgan mevalar ko’pincha irib ketadi va ularni saqlab bo’lmaydi.Kapalagi umrida bir necha o’nta (o’rtacha hisob bilan 50 ta) tuxum qoyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar mevaning ichidagi eti va uruglari bilan oziqlanadi, qurtlarning 60-80 foizi mevaga kosachasidan kirsa qolgan qismi mevaning yon va pastki yuzasidan kiradi. Qurt meva posti ostiga kirib, meva etidan kamera ochadi va temir uzel orqali urug’ uyasiga o’tadi, u meva sirtidan tomir uzeliga otish uchun burama kanal ochadi.
Olxo’ri qurti bazan olxo’ri hosilining 10 foiziga va undan ham koprogiga, qisman o’rik va gilosga ham zarar yetkazadi. Olxo’ri va olma qurtlarining hayot kechirishi ko’p jihatdan bir birinikiga o’xshaydi, ammo olxo’ri qurti danakli mevalarga zarar yetkazadi. Olxo’ri qurti pilla o’ragan holida ham qishlaydi, u daraxt po’stloqlari ostida, tuproq kesaklari tagida va daraxtlar ostidagi o’simlik qoldiqlari ichida qishlaydi. Olxo’ri qurti yiliga ikki marta avlod beradi.Meva daraxtlarini zararkunandalariga qarshi uygunlashgan kurash tizimi. Bog’ zararkunandalariga qarshi samarali kurash olib borish uchun avvalo ularning sonini va xavflilik darajasini hisobga olish lozim. Buning uchun yoz va qish davrida har bir bog’dan kamida 30 ta daraxt tekshirib ko’riladi, (diogonalda 15 ta).
Har bir daraxt butoqlari diqqat bilai kuzatilib ularda joylashgan sanchib so’ruvchi va kemiruvchi hasharot va kanalarning soni hisobga olinadi.. Olma qurtini hisobga olish uchun kamida 10 ta daraxtning asosiy poyalaridan ko’chgan po’stloq aniqlanadi. Yigishtirilib olingan po’stloqlar yoqib yuboriladi. Aynan shu daraxtlarning ostida 5-10 sm chuqurlikda 50 sm maydonda 4 ta tuproq namunasi olinib elakdan o’tkaziladi va ulardagi zararkunandalarning g’umbak va qurtlari sanaladi.Sanchib so’ruvchi hasharotlar (shiralar, qalqondorlar va hokazo) soni 20-30 sm uzunlikdagi kesib olingan novdalarda sanaladi. Daraxtlarning rivojlanish davriga qarab kurash chorasini o’tkaziladi.
1.Bahorda kurtaklar uyg’onishidan oldin o’rtacha sutkalik havo harorati +40S dan kam bo’lmaganda shiralarning tuxumlarini, kaliforniya va boshqa qalqondorlarni, kanalar, olma bitlari, meva g’ilofli kuyalarining qishlovchi qurtlarini yo’qotish uchun yomg’irsiz ochiq kunlarda meva daraxtlariga nitrofenning 60% pastasidan 2-3% li ishchi eritma tayyorlab purkaladi. YOki bo’lmasa yuqoridagi zararkunandalarga qarshi preparat №30 ni 76% li neft moyi emulsiyasi gektariga 40-100 litr ishlatiladi. Nitrofen kasalliklarga qarshi 30-50 kg/ga ishlatiladi.Bog’larda hosilni yig’ishtirishda qollanilgan barcha yashiklar va meva saqlanadigan bosh omborxonalar ho’l dezinsektsiya kilinadi yoki oltingugurt gazi bilan zararsizlantiriladi
2. Kurtaklar yozila boshlagan davrda o’tkaziladigan tadbirlar mexanik kurash chorasi sifatida olma qurti va kuyalarning qurtlariga qarshi asosiy tana va yo’g’on shoxlariga tutqich belbog’lar bog’lash yaxshi samara beradi. Bargxo’r kapalaklar qurtlariga qarshi, shiralar, qalqondorlarning lichinkalariga va qishlashdan chiqqan o’rgimchak va meva kanalariga qarshi fosfororganik, piretroidlar preparatlari ishlatiladi.Jumladan: Zolonning 35% k.e. gektariga 2-4 l/ga, BI-58 40% k.e. gektariga 0,8-2,0 litrgacha, Detsisning 2,5% k.e. gektariga 0,5-1,0 litrgacha (shaftoliga 0,5 litr, nokda 0,6 litr, olmaga 0,5-1,0 litr), tolstar 10% k.e. 0,4-0,6 l/ga qo’llash mumkin.
3. Daraxtlar gullagandan so’ng o’tkazish kerak bo’lgan kimyoviy tadbirlar olma qurti va boshqa zararkunandalarning kapalaklarining uchib chiqish va tuxum qo’yish vaqtlarini va qalinligini aniqlash uchun har 2-3 gektar boqqa 1 ta feromon tutqich ilib qo’yiladi va vaqti-vaqti bilan kuzatilib turiladi.Olma qurtiga biologik kurash maqsadida trixogramma tuxumxorini qollash yaxshi samara beradi. Bunda har bir daraxt pastki yogon shoxlari ostiga 1000 dona trixogramma g’umbaklari qo’yiladi yoki voyaga yetgan formasi tarqatiladi. Bir feromon tutqichga 5 ta olma qurtini kapalagi tushganda (taxminan kechki olma gullab bolgach) tuxumdan chiqayotgan yosh qurtlarga qarshi biologik va kimyoviy preparatlarni qollash yaxshi samara beradi.
XULOSA XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki hozirgi kunda respublika bog’larida zararkunandalar juda katta talofat yetkazmoqda .Ya’ni har bir meva turining alohida zararkunandasi bir ,bu esa ularga qarshi kurash choralarini qo’llashni taqozo etadi.Hozirgi kunda zararkunandalarga qarshi alohida kurash choralari yaratilgan va qo’llanilib kelinmoqda ,asosan zararkunandalarga qarshi kurash choralarini mavali o’simlik va daraxtlar gullash jaroyoni boshlanganidan bosqichma –boshqich amalga oshirib borish kerak.Agarda biz ushbu jarayonlarni o’z vaqtida amalga oshirsak hosildorlik miqdori yildan yilga o’z samarasini
Do'stlaringiz bilan baham: |