Mavzu : Mevali va tok ekinlarining zararkunandalari va qarshi kurash choralari.
Reja 1.Bog’ zararkunandalarining turlari. 2.Bog’ zararkunandalarining soruvchi turlari. 3.Mevali daraxtlarning zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi.
KIRISH
O’simliklarni himoya qilish fani bir necha fanlarni o’z ichiga qamrab oladi .Bulardan entomologiya –entom-hashorot , logos-fan, hashorotlarni o’rganuvchi fandir .Umumiy entomologiya va qishloq xo’jalikentomologiyasi,qishloq xo’jalik zararli va foydali hashorotlarni o’rganuvchi fanlardir .Hashorot turlari tabiatda juda keng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega .Hozirgi vaqtda 1mln ga yaqin hashorot turi borligi ma’lum . XIX asrda fan va ma’daniyatning ruvojlanishi natijasida entomologiyaning fan sifatida shakllanishiga sha’roit yaratildi.O’sha davrda bir qancha mamlakatlarda entomologik ilmiy jamiyatlar tashkil etildi
Bog’ zararkunandalarining ayrimlarining qisqacha tarifi: Buzoq boshi qong’zlar. Qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumiga kirib, plastinka moylovlilar (Ssarabaethae) oilasi, buzoqbosh qong’izlar (Melanta) avlodiga taalluqli turlardir. Markaziy Osiyoda mevazor boglarda buzoqboshi qong’izlarning uch turi; zararli buzoqboshi qongiz, uch tishli buzoqboshi qong’iz va mart buzoqboshi qong’izi zarar yetkazadi. Mart buzoqboshi qongizi.Buzoqboshi qong’izlarini lichinkalari daraxtlarni ildizini kemirib, quvvatdan ketkazadi, bazan buzilgan bog’larning orniga ekilgan ekinlarga ham zarar keltiradi. 20 sm chuqurda yashaydi. 30 tagacha tuxum qoyadi.Qon biti. Tanga qanotlilar (Homoptera) turkumi, bitlar oilasiga (Aphididae) kiradi.
Qon biti. Olma ildiz, tana va shoxlarining shirasini sorib, daraxtlarni kuchsizlantiradi. Bitning shira sorgan joylarida guddalar paydo boladi, ular keyinchalik yorilib, chiriydi. Qon biti tushgan yosh daraxtlar kopincha qurib qoladi, qari daraxtlar esa kuchsizlanib, hosil juda kamayib ketadi. Qon biti kop tushgan shoxlar quriydi.Qon biti yoz boyi 15-17 ta avlod beradi. Qon biti Bumajnыy ranet, Saratoni, Hosildor, Janatan, Rozmarin va Zolotoy Parmen degan olma navlariga ko’proq zarar yetkazadi. Ammo Damir olma, Abiluari, Qandil Sinan, Kul rang frantsuz raneti degan olma navlariga qon bitp tushmaydi.
Olxori qongizi bilan burishgan qongiz lichinkalari daraxt shoxlarini va bazan butun butun daraxtlarni, katta yoshli qongizlar esa yosh novdalarni quritib qoyadi. Bog togri parvarish qilinmaganda (etarli sugorilmaslik va hokazo) hamda ilgari boshqa zararkunandalar tushganda quvvatdan ketgan daraxtlarga postloq osti qongizlar ayniqsa qattiq zarar yetkazadi.Postloq osti qongizlari daraxtlarning shoxlarida, postloq tagida, postloq osti qavatidan ochgan yollarida katta yoshli lichinka stadiyasida qishlaydi. Lichnnkalar qishlaydigan joylarda martning ikkinchi yarmidan boshlab gumbakka aylanadi, aprelda voyaga yetgan qongizlar iaydo boladi. Har xil yoshdagi lichinkalar qishlagan bolganligidan gumbaklardan qongiz chiqishi uzoq davom etib iyulgacha choziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |