Taraqqiyotning o‘zbek modelida ma’naviyatning o‘rni.
Ma’naviyat
va iqtisodiyotga birdek e’tibor O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ustuvor
tamoyilidir. O‘zbekistonning birinchi prezidenti
Islom Karimovning deyarli
barcha asarlarida ma’naviyat, milliy g‘oya, milliy mafkura masalalari jamiyatni,
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotni isloh etishning muhim sharti,
harakatlantiruvchi omili sifatida kun tartibiga qo‘yilgan.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, o‘z taraqqiyot modelini belgilab
oldi. U bugun butun dunyoda tan olinib, “o‘zbek modeli” deb atalmoqda. O‘zbek
modelida iqtisodiyot va ma’naviyatga baravar ustuvorlik berilgan. Islom
Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida
ularni qushning ikki
qanotiga qiyoslaydi. Shu bois O‘zbekistonda tub islohotlarni amalga oshirishda
“nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma’naviy yuksalishga ham erishishni
o‘zimiz uchun asosiy mezon deb bilganimiz umumiy taraqqiyotimizda bir
tomonga og‘ib ketmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodek zarur bo‘lgan
muvozanat va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda”.
3
Ma’naviyatshunoslik, fani bu borada bizga yordam beradi. Uni alohida fan
sifatida o‘rganish zarurati ilk bor O‘zbekistonda anglanishi va o‘quv dasturlariga
kiritilishi mamlakatimizning hozirgi zamon ilm-fani va kadrlar tayyorlash tizimi
rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, deb baholanmog‘i adolatli bo‘lur edi. Bugungi
kunda ushbu fan bo‘yicha
davlat standartlari, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib,
qo‘llanmalar, darsliklar yaratilmokda. Albatta, yangi o‘quv predmeti dasturi
birdaniga mukammal shaklda vujudga kelmaydi. Ijtimoiy jarayon, yangi jamiyat
3
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., 2008, 107-б.
qurish amaliyoti, shak-shubhasiz, ularga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni, mudom
boyitishni, mumtoz ilm-fan, falsafa, tarix,
etnologiya, san’atshunoslik va h.k.
fanlarning hamda o‘zining keyingi tadqiqot dalillari va xulosalarini hisobga olib
yangi avlod darsligini yaratishni taqozo qiladi. Bu ta’lim va kadrlar tayyorlash
tizimida uzluksiz davom etadigan jarayondir.
O‘zbekistonda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida “kuchli davlatdan –
kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini yuzaga chiqarish imkoniyati ortdi.
Ushbu tamoyil, birinchidan, davlat boshqaruvi masalalarining katta qismi
bosqichma – bosqich mahalliy davlat idoralari vakolatiga o‘tkazilishini
ifodalaydi.
Ikkinchidan,
jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy,
madaniy
hayotida,tashqi aloqalarida odamlarning o‘zlari tuzgan nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, ijodiy uyushmalar
faoliyati, mavqei va ishtiroki o‘sishini, davlat idoralari faoliyati ustidan jamoat
nazoratini o‘rnatishni bildiradi. Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat
va fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik
munosabatlari rivojlanadi. Bular amalga oshishi uchun fuqarolar ongi, bilimi,
ijtimoiy
faolligi, ma’naviyati yuksak bo‘lishi, mamlakatda, har bir qishloq va
shaharda tegishli ma’naviy muhit vujudga kelishi lozim. Mazkur masalalarning
barchasi ma’naviyatni alohida va teran o‘rganish naqadar dolzarb va zarur
ekanligini yana bir bor asoslaydi.
Ma’naviy muhit keng ma’nodagi ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini
nazarda tutsak, ma’naviyatning iqtisodiyotga, o‘zbek modeli yuzaga chiqishiga,
O‘zbekistonning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari
rivojlanishiga,
barkamol avlodni, ma’naviy erkin shaxsni tarbiyalashga ko‘rsatadigan ta’sirini
teranroq anglab olamiz. Bu borada bizga ma’naviyatshunoslik fani har
tomonlama yordam beradi. Aytilganlarni jamlab, umumiy xulosa chiqarsak,
O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan yuksak rivojlangan
demokratik jamiyat yaratish va komil insonni,
barkamol avlodni voyaga
yetkazishning barcha yo‘nalishlari va aniq vazifalari ma’naviyatni yuksaltirish
bilan, binobarin, ma’naviyatshunoslik fanini shakllantirish va rivojlantirish bilan
ham uzviy bog‘liq.