Mavzu: “ Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni


Ma’naviyatshunoslik fanining tuzilmasi



Download 429,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.04.2023
Hajmi429,5 Kb.
#929871
1   2   3   4   5
Bog'liq
маънавият 1-маъруза матни

Ma’naviyatshunoslik fanining tuzilmasi.
Jamiyat taraqqiyotini inson 
erkinligining, insonparvarlikning muttasil o‘sib borish tarixi, deb qarash mumkin 
va joiz, yoki ma’naviy shaxs vujudga kelishi va kamol topishi tarixi deyish o‘rinli 
bo‘ladi. Ma’naviyat shakllana boshlashi jarayonida insonda asl insoniy tabiat 
paydo bo‘la boshladi, u asta-sekin erkin va ma’naviy shaxsga aylana bordi. 
Yarimyovvoyi odam o‘zligini deyarli anglamagani va yaratuvchilik imkoniyatlari 
o‘ta cheklangani tufayli erkin emas. U tabiatga, uning tasodiflariga, injiqliklariga 
to‘liq qaram. Omadi chopib qolsa, tabiat unga ato etsa, to‘yib ovqat yegan, yo‘qsa 
bir necha muddat och qolgan. Omadi chopmasa, o‘zi biror yirtqichga yem bo‘lishi 
ehtimoldan xoli bo‘lmagan. Ibtidoiy odamda ong, tafakkur, uquv bir-muncha 
rivojlangan. U tabiatdagi barcha narsalarni – toshu kesak, daraxtu butoq, daryo-
yu tog‘, quyoshu oy, o‘simliklaru paranda-darandalarni – hamma narsalarni jonli, 
o‘z ruhiga ega, deb hisoblagan. Ularning odamlarga foyda yoki zarar keltirishiga 
ishongan. Shu sababdan ularni ranjitmaslikka uringan, aksincha, ularning 
yordamini olish yo‘lini axtargan. Ibtidoiy odam o‘zini atrof predmetlar bilan 
bog‘liqlikda idrok etgan, o‘zini ularga qarama-qarshi qo‘ymagan. Uning 
individual ongi yaxshi rivojlanmagan (bu individual ongi bo‘lmagan degani 
emas) va to‘la umumiy jamoaviy ongga, urug‘-jamoa qarashlariga bo‘ysungan. 
Yovvoyi odam “erkinligi” instinktlar (mayllar)ga asoslangan. Undan farqli, 
ibtidoiy odamda ma’naviy shaxs unsurlari mavjud. Lekin u ham ma’naviy shaxs 
emas, chunki unga individuallik va mas’ullik yetishmaydi. Ibtidoiy odamdagi 
ma’naviyat unsurlari jamoa ongining, irodasining bir bo‘lagidir, mustaqil 
individual ongning va irodaning yuzaga chiqishi emas. 
Ma’naviyat rivojlanishining asosiy maqsadi ma’naviy shaxsni 
tarbiyalashdir. Ma’naviy shaxs erkin tafakkurga, uning asosida erkin tanlay olish 
imkoniga ega insondir.
Ongli tanlash, ijtimoiy zaruratni va o‘z mas’ulligini, 
burchini anglash, insonparvarlikka va taraqqiyotga xizmat qiluvchi huquqiy, 
axloqiy, estetik va iqtisodiy me’yorlarni yaratib, ularga ongli ravishda, ixtiyoriy 
itoat etishgina insonga erkinlik va ma’naviylik bag‘ishlaydi. 
Erkin inson, 
ma’naviy shaxs
jamiyat va o‘z shaxsi oldida ma’sulligini va burchini chuqur idrok 
etadi. Binobarin, shaxsning ma’naviylik darajasi bevosita uning o‘z ma’sulligini 
qanchalik to‘g‘ri tushunishiga va unga amal qilishiga bog‘liq. Shu sababdan 
ma’naviyatshunoslik fani erkin, ma’naviy shaxsni tarbiyalashning ilmiy-nazariy 
va metodologik masalalarini ham qamrab oladi. 
Yuqoridagi fikrlarini umumlashtirib, ma’naviyatshunoslik fanini shartli 
ravishda uch qismga bo‘lish mumkin: 1) ma’naviyat tushunchasi mohiyati 
(ontologiyasi); 2) ma’naviyatning mavjudlik shakllari, rivojlanish bosqichlari va 
xususiyatlari (fenomenologiyasi); 3) ma’naviy tarbiya metodologiyasi. 
Tabiiyki, ma’naviyatshunoslik fani avvalo ma’naviyat tushunchasining 
mohiyat-mazmunini (ontologiyasini), voqeligini, namoyon bo‘lish shakllarini 
hamda 
rivojlanish 
qonunlari, 
tendensiyalari 
va 
xususiyatlari 
(fenomenologiyasini) kabi nazariy masalalarni o‘rganadi. Shuningdek, ma’naviy 
rivojlanishning yangi yo‘nalishlari, shakllari vujudga kelishini, ular o‘rtasida 


umumiylik va xususiylikni, ma’naviyatdagi vorisiylik va yangilanishni, tarixiylik 
va mantiqiylikni, taraqqiyot bosqichlarini tahlil qiladi va yoritadi. 
Ma’naviyatshunoslik, boshqa fanlar singari, insonga yangi bilim beradi, 
dunyoqarashini kengaytiradi va o‘rganayotgan sohasiga muayyan munosabatni 
tarbiyalaydi. U ma’naviy tarbiyaning maqsad va vazifalarini oydinlashtiradi, 
ularni har bir jamiyatning o‘ziga xos talablari bilan bog‘laydi. Inson tarbiyasi 
oilada bolaga kundalik, oddiy bilimlar berishdan boshlab, bog‘cha,maktab, kollej, 
oliy o‘quv yurti, mehnat jamoasi saboqlarigacha hamda uning ongiga OAV va 
jamiyat institutlari ta’siri ko‘rinishida butun umr bo‘yi davom etadi. Har qaysi 
tuzilma va institut, har bir fan va predmet o‘zining tarbiyaviy usullari va 
vositalariga ega. Ma’naviyatshunoslik fani ulardan birortasining o‘rnini egallab 
almashtirmaydi, balki ularga umumiy yo‘nalish, yo‘l ko‘rsatadi.
Ma’naviy yuksalishga jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari ta’sir 
ko‘rsatadi, ma’naviyatda ular o‘ziga xos tarzda voqe bo‘ladi. Biz ma’naviy 
yuksalishning xususiyatlarini hisobga olib uning quyidagi qonunlarini alohida 
ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 
1.Jamiyat taraqqiyoti jarayonida ma’naviy ehtiyojlarning muttasil o‘sib 
borish qonuni; 
2.Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot 
darajasiga bog‘liqlik qonuni; 
3.Ma’naviyat rivojlanishining ijtimoiy ong shakllari rivojlanish darajasiga 
bog‘liqlik qonuni.
Insonning birlamchi moddiy ehtiyojlarining qondirilishi unda ruhoniy, 
ma’naviy ehtiyojlarni o‘yg‘otadi. Qorni to‘q, xavf-xatardan xoli inson qo‘shiq 
aytgisi, raqsga tushgisi, xursandchilik qilgisi, biror narsa o‘ylab topgisi, yaratgisi 
keladi. O‘z navbatida mazkur ehtiyojlarning qondirilishi, ularning yanada 
sifatliroq, yanada mukammalroq, yanada mazmunliroq bo‘lishiga nisbatan yangi 
ehtiyoj tug‘diradi. Inson ehtiyojlari, jumladan ma’naviy ehtiyojlari uzluksiz 
yuksaladigan mavjudotdir. Bu ijtimoiy taraqqiyot, jumladan ma’naviyat 
rivojlanishi qonunidir. 
Ma’naviy hayotning o‘ziga xosligini ko‘pincha jamiyat umumiy 
taraqqiyotining erishilgan darajasi belgilagan. Agrar jamiyatda yashagan 
kishining dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi, hayotga munosabati, ma’naviyati 
sanoat, texnika, transport va aloqa tizimi taraqqiy etgan, radio, televidenie, 
kompyuter, internet zamonida yashaydigan kishilarnikidan keskin farq qilgan. 
Texnologiya yutuqlari ishlab chiqarish usuli va munosabatlari pirovardida qanday 
bo‘lishini, yetishtirilgan mahsulot qanday tamoyillar asosida taqsimlanishini, 
savdo-sotiq va almashuv qanday vositalar va qoidalar yordamida amalga 
oshirilishini belgilaydi. Taqsimot va almashuvdan iste’mol mazmuni kelib 
chiqadi. Umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasi odamlarning 
dunyoqarashini, tafakkurini, mavjud jamiyatga beradigan bahosini, amaliy 
munosabatini shakllantiradi. Ular asosida qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlar qaror 


topadi. Kimdir amaldagi me’yor va qoidalarni adolatsiz, ularni o‘zgartirish kerak 
deb hisoblaydi. Kimdir aksincha, ularni himoya qiladi. Keskin radikal va 
konservativ fikrlar o‘rtasidagi bahs, kurashlar oqilona yo‘l topishga, mavjud 
qoida va me’yorlarni, urf-odatlar va diniy marosimlarni takomillashtirib borishga 
xizmat qiladi. Ushbu o‘zaro bog‘liqlik barcha zamonlar, barcha jamiyatlar uchun 
xos, doimiy va takrorlanuvchi bo‘lib, ma’naviyat rivojlanish qonunlaridan yana 
birini tashkil etadi.
Uchinchi qonun to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, odamlarning ongiga, 
dunyoqarashiga e’tiqod (mifologiya, din falsafa), axloq, adabiyot va san’at, ilm-
fan, huquq, siyosat, ta’lim-tarbiya tizimi rivojlanishi ta’sir ko‘rsatadi. Qayd 
etilgan hodisalar, bir tomondan, jamiyat taraqqiyoti mahsuli, natijasi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, jamiyatni taraqqiy ettiruvchi omillardir. Ilm-fan, birinchi 
galda tabiatshunoslik va texnika fanlari bevosita ishlab chiqarish texnologiyalari 
yuksalishiga, odamlarning dunyoqarashi turli irim-sirimlar, xurofotdan, noilmiy, 
g‘ayriilmiy qarashlardan xalos bo‘lishiga xizmat qiladi. Adabiyot va san’at inson 
ongi-tafakkuri evrilishlari, ruhiy kechinmalari ulug‘vorligi-yu tubanligi, har xil 
qirralari, yashirin imkoniyatlari to‘g‘risida bilim beradi. Odamlarning ma’naviy 
dunyosini insonparvarlik, ezgulik, go‘zallik, adolat, ishq, muhabbat, 
vatanparvarlik va shu kabi g‘oyalar bilan boyitadi, yuksak idealarga 
ilhomlantiradi. Axloq, huquq, siyosat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va 
rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Qo‘lga kiritilgan barcha yutuqlarni inson bolasi 
ta’lim-tarbiya orqali o‘zlashtiradi. Xulosa qilish mumkinki, ma’naviy yuksalish 
insonning pozitiv bilimlari o‘sishi, jamiyatda hurfikrlik, tafakkur erkinligi 
rivojlanishi va ta’lim-tarbiya tizimi takomillashishi bilan bog‘liq.
Xalqning iqtisodiy va ma’naviy hayoti boshqa xalqlar bilan aloqalar 
o‘rnatishga, iqtisodiy-madaniy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy sohalarda hamkorlik 
qilishga, o‘zaro yordam ko‘rsatishga, bir biridan o‘rganishga ham bog‘liq. Turli 
tarixiy davrlarda ularning aloqalari intensivligi, bir biridan o‘rganish 
imkoniyatlari har xil bo‘lgan.
Jamiyatni moddiy-iqtisodiy, texnologik va ilmiy-intellektual taraqqiyoti 
darajasidan kelib chiqib, ibtidoiy jamiyatga, quldorlik va feodalizmga (agrar, yoki 
sanoatlashishga qadar bo‘lgan jamiyatga), industrial, postindustrial va zamonaviy 
postmodern jamiyatlariga bo‘lish va ularning ma’naviyatini bir biridan farqlash 
mumkin. Jamiyatning moddiy-iqtisodiy va ijtimoiy – ma’naviy hayoti o‘zaro 
chambarchasdir. Ushbu birlik jamiyat hayotining negizini tashkil qiladi. 
Mehnatsiz, 
ishlab 
chiqarishsiz 
jamiyat 
bo‘lmaganidek, 
e’tiqodsiz, 
dunyoqarashsiz, hech qanday bilimlarsiz, qoida – tartiblarsiz, me’yorlarsiz, 
muayyan maqsad va orzu - havaslarsiz inson, binobarin, jamiyat yo‘q.
Iqtisodiyot va ma’naviyat uyg‘un rivojlanadigan jamiyat barqaror va 
insonparvar bo‘ladi. Iqtisodiyot olg‘a ketib, ma’naviyat ortda qolsa, jamiyatda 
iste’molchilik psixologiyasi ustunlik qilib,tarbiya izdan chiqadi, inson qadr-
qimmatiga putur yetadi. Va, aksincha, iqtisodiyot unutilib, faqat tarbiyaga zo‘r 


berilsa, jamiyatda turg‘unlik, safsatabozlik, mafkuraviy mutaassiblik, dogmatizm 
kuchayadi. 
Ma’naviyatshunoslik fani ma’naviy yuksalishning mezonlari (kriteriylari)ni 
aniqlaydi. Ma’naviy yuksalishning asosiy mezoni inson erkinlik darajasining 
o‘sishi, deyish mumkin. Haqiqatan, ibtidoiy jamiyatga nisbatan agrar jamiyat 
insonga ko‘proq erkinlik bergan, unga nisbatan esa industrial jamiyat ko‘proq 
erkinlik bergan. Industrial jamiyat barcha a’zolarini qonun oldida tenglashtirdi, 
tabaqaviy imtiyozlarini bekor qildi. Postindustrial va postmodern jamiyatlarida 
inson erkinligi yanada o‘sdi. Hatto, afsuski, ba’zi hollarda u birdan bir maqsadga 
aylanib, axloqiy chegaralardan chiqib ketmoqda. Ma’naviy yuksalishning boshqa 
mezonlari: ijtimoiy munosabatlarning insonparvarlashuvi, tafakkur erkinligi va 
mafkuraviy plyuralizm, jamiyatning demokratiyalashuvi va inson huquqlarining 
davlat huquqidan ustunligi, shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unlik darajasi oxir 
oqibatda inson erkinligiga borib taqaladi. Mazkur mezonlar ham jamiyatning 
ma’naviy yuksalishini ko‘rsata oladi. Lekin ular asosiy mezonning konkret 
voqeligidir. 
Shunday qilib, ma’naviyatshunoslik fani boshqa fanlardan farq qiladigan 
xususiyatlariga, tushunchalariga, g‘oyalariga, tamoyillariga, qonunlariga va 
mezonlariga ega.

Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish