Diniy bag’rikenglik
. Yurtimizdagi diniybag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‘lib, dunyoviy davlat va dinlar orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Buni jahon tan olmoqda va e'tirof etmoqda.
Istiqlol yillarida
Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz-xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilmoqda.
Mavzu: O’zbekistonda mustaqillik yillarida diniy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
Reja:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan ezgu ishlar
Muqaddas qadamjolarning yangilanishi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida “O‘zbekiston – diniy ma’rifat va qadriyatlar yurti” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu savolga mutasaddilar atroflicha javob qaytarishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etgan ushbu tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, diniy-ilmiy markazlar rahbarlari, imom-xatiblar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
– Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida diyorimizdagi tabarruk qadamjo va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, ularning musulmon olamida nufuzini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, chuqur tadqiq etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida talay ishlar qilinyapti, – deydi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov.
– Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Imom Eshon Muhammad” masjidi, Xorazm viloyatida “Oxun bobo” masjidi rekonstruksiya qilinib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. Qashqadaryo viloyatidagi “Abu Muin Nasafiy” majmuasi tubdan yangilanyapti. Respublika Qur’oni karim musobaqasining tuman (shahar), viloyat bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan”. Ana shu ezgu tamoyil yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasiga aylangan, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshlarni turli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, ularning ongu shuuriga ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini singdirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.
– Hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy bobomiz: “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay”, deganlar, – deydi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov. – Darhaqiqat, shunday. Kosmosga uchish uchun g‘am, ummonlar tubiga sho‘ng‘ish uchun ham ilm kerak.
Bugun yurtimizda diniy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarga bevosita guvoh sifatida ayta olamanki, diyorimizdan yana Imom Buxoriylar, Burhoniddin Marg‘inoniylar, Nasafiylar, Termiziylar yetishib chiqadi. Chunonchi, Aqida, Hadis, Islom fiqhi, Kalom ilmi va Tasavvuf ilmiy maktablari faoliyat boshlagani ham fikrimizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Anjumanda yurtimizda diniy sohada amalga oshirilayotgan ezgu ishlardan ko‘zlangan pirovard maqsad diniy-ma’naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali yurtdoshlarimiz, xususan, yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, bunyodkorlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash hamda ma’rifiy islomning asl qadriyatlarini keng yoyishdan iboratdir.
Tadbirda “Dinimizga e’tibor – yuksak ma’naviyatga erishishdagi muhim omil”, “Islom sivilizatsiya markazi tashkil etilishining maqsad va vazifalari”, “Diniy ta’lim sohasining rivoji jaholatga qarshi kurashning yagona yo‘lidir”, “Imom Buxoriy xalqaro Imom Buxoriyxalqaro markazi oldida turgan dolzarb masalalar”, “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining maqsad va vazifalari hamda istiqboldagi rejalari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |