Mavzu- mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dastur


Kichik tadbirkorlik subyektlari turlarini ayting



Download 31,13 Kb.
bet2/3
Sana06.06.2022
Hajmi31,13 Kb.
#642185
1   2   3
Bog'liq
mahalla javob full

2.Kichik tadbirkorlik subyektlari turlarini ayting.
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
quyidagi tarmoqlardagi:
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (sho‘ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.


3.Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reestri haqida ma’lumot bering.
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi. Xususan:
birinchidan, nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi;
ikkinchidan, qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar, penyalar va moliyaviy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar sun’iy yo‘l bilan yig‘ilib bormoqda;
uchinchidan, tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari amal qilmoqda;
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta’minlash va o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
beshinchidan, o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini ta’minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik nazorati tizimi joriy etilmagan;
oltinchidan, ko‘chmas mulk obyektlarini buzib, davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning amaldagi mexanizmidagi kamchiliklar ularning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlarining davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirmoqda.

4.Yakka tartibdagi tadbirkorlikning boshqa tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan farqi jihatlarini sanang.


Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini ko‘rsatishi lozim. Bunday eslatmaning bo‘lmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o‘z majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.

6.Litsenziyalanishi talab etiladigan tadbirkorlik faoliyatlariga misollar


keltiring.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq, banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladi

7.Mehnat taqsimoti bo’yicha hunarmandchilikning turlari.


Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador holda Hunarmandchilikning 3 turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. Uy hunarmandchiligi kapitalizmga qadar boʻlgan davrlarda hunarmandchilikning eng koʻp tarqalgan turi boʻldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xoʻjalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal oʻsishi bilan uzviy bogʻliq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqariddi. Davr taqozosi bilan H. ning yangi-yangi turlari vu-judga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boʻyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan ( 20-asrning boshlarida Toshkentda koʻnchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, oʻqchilar, kosiblar mahallalari boʻlgan). Ayrim mahalla, kvartal, shahar, 8hunarmandchilikning maʼlum mahsulotlari bilan shuhrat qozona boshladilar.
8.Kooperatsiya turlarini sanang. Kooperatsiya (lot. cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) — 1) jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi; 2) ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishining universal shakli. Bunday K. mahsulot ishlab chiqarishni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni oʻzaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi. Oʻzbekistonda ishga tushirilgan "SamKochavto", "Kabul-Oʻzbek", "Oʻzdunrobita", "OʻzKeysmash" va boshqa korxonalar K. asosida faoliyat yuritadi (qarang Mehnat kooperatsiyasi, Matlubot kooperatsiyasi, Uy-joy kooperatsiyasi, Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi va boshqalar
9.Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni
guruhlang.
O‘zbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish matlubot kooperativlari amal qiladi.
K ooperatsiya, shuningdek o‘z a’zolarining uy-joy, maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni (uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarini, garaj qurish, chorbog‘ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish kooperativida a’zolarning shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi kooperativning asosiy belgisi hisoblanadi. Agar kooperativning ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, daromad ham aynan a’zolarning qilgan mehnatiga muvofiq taqsimlanadi. Chunki xo‘jalik jamiyatidan farqli ravishda ishlab chiqarish kooperativida birinchi o‘rinda kapital emas, balki mehnat turadi.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish – matlubot kooperativlarining faoliyati o‘z a’zolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) bo‘yicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi.
Matlubot kooperativlari hamda o‘z a’zolarining uy-joy, maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin.
Kooperativlar tarmoq, hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha xo‘jalik uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashishlari va yakka hokimlikka qarshi qonunlarning talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativida a’zo sifatida asosan jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Biroq qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.

10.Kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish asoslari.


1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
2. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham to‘xtatilishi mumkin:
agar kooperativ ro‘yxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa yoki amalda to‘xtatib qo‘yilgan faoliyatini daromadlar to‘g‘risidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil o‘tgach qaytadan boshlamasa;
kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan ko‘proq) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa;

Download 31,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish