Mavzu : Fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va loyihalashtirish Reja Kirish


FIZIKA VA ELEKTRONIKA FANLARI BO’YICHA INTERFAOL O’QUV QO’LLANMALARINI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI



Download 1,62 Mb.
bet6/9
Sana23.07.2022
Hajmi1,62 Mb.
#842482
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi Umidjon

FIZIKA VA ELEKTRONIKA FANLARI BO’YICHA INTERFAOL O’QUV QO’LLANMALARINI YARATISH VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Respublikamizda Oliy ta’limda ham, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limida ham mavjud bo’lgan dolzarb muammolardan biri bu zamonaviy, zamon talabiga javob beradigan texnik-mutaxasisliklar bo’yicha adabiyotlar kamligi, zamonaviy emasligi, tushunish va o’zlashtirish darajasining pastligidir. Bundan tashqari bugungi kundagi texnik taraqqiyot yuqori saviyali, yetuk, kreativ fikrlay oladigan mutaxasislar tayyorlash talabini qo’ymoqda. Buning uchun esa fizika va elektronikani o’qitishni ertaroq boshlash va ommaviylashtirish talab qilinadi. Shuning uchun oliy ta’limda, o’rta maktab va kasb-hunar kollejlari, kasb-hunar markazlarida o’qitishda yangicha yondoshish vaqti keldi. Buday yangicha yondoshuvlardan biri bo’lib “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini xizmat qilishi mumkin. “Learning by doing” ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda muaffaqiyatga erishishning asosiy omillaidan biri bu zamonaviy adabiyotlar va o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik hisoblanadi. Shuning uchun fizika va elektronika bo’yicha interaktiv adabiyotlar ishlab chiqish yuqoridagi daolzarb muammoning yechimlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Maqsadimiz OTM va O’rta maxsus ta’lim muassasalarida, kasb-hunar markazlarida fizika, elektronika va boshqa texnik fanlarni o’qitishda qo’llash mumkin bo’lgan interfaol o’quv qo’llanma tayyorlash va undan foydalanish uslubiyatini yaratishdan iborat. Taklif qilayotgan interfaol qo’llanmamiz “Learning by doing-bajarib o’rganaman” tamoyilini qo’llash imkoniyatini yaratadi. Interfaol qo’llanma o’zida matnli va video tasvirli yo’riqnoma, laboratoriya ishlarini bajarish imkonini beruvchi trenajorni birlashtirgan majmuadan iborat.
Majmua konstruktiv jihatdan ixcham qo’lda ko’tarib yurish mumkin bo’lgan chemodan-kitob shaklida bo’lib, o’lchov asboblari paneli, tajriba maydonchasi, komponentlar va laboratoriya detallari joylashtirilgan qism, nazariy ma’lumotlar, laboratoriya ishlari yo’riqnomasi, trenajo’rdan foydalanish yo’riqnomasidan iborat qo’llanma kitob va CD diskda yozilgan video qo’llanmadan iborat. Bunday interaktiv o’quv qo’llanmadan bevosita amaliy mashg’ulot davomida, darsdan tashqari uyda yoki maxsus jihozlanmagan xonalarda mustaqil ta’lim jarayonida ham foydalanish mumkin.

Bizning fikrimizcha bunday tipdagi interfaol o’quv qo’llanmani nafaqat elektronika yoki elektrotexnika fanlaridan fizika fanidan ham yaratish mumkin va bu bugungi kun zaruratidir. Zamonaviy loyihalash va 3D formatda detallarni chop qilish texnologiyalarini qo’llagan holda fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika bo’limlaridan trenajo’rli interfaol qo’llanma yaratish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar bilim yurtlarida bunday trenajo’rli interfaol qo’llanma samarali va keng qo’llanilish olish mumkin deb hisoblaymiz. Shu bilan birga elektronika, elektrotexnika, fizika fanlaridan trenajo’rli interfaol qo’llanma yaratish, qo’llash uslubiyati va samaradorligini baholash bo’yicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borishga e’tibor qaratish qaratish lozim deb hisoblaymiz.


Fizikani o’qitish bo’yicha o’tkazilgan qator tadqiqotlar [1-2] o’qitishning samarali va ko’rgazmali usullaridan biri sifatida axborot teхnologiyalaridan foydalangan holda, amalga oshirish katta imkoniyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda dars berishning zamonaviy aхborot teхnologiyalarini qo’llashga asoslangan yangi turlari shakllanmoqda. Ular orasida kompyuterda maхsus dasturlar yordamida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish qiyin bo’lgan fizikaviy tajriba jarayonlarni animatsiyalar, videoroliklar vositasida ko’rgazmali tarzda tushuntirish salmoqli ahamiyatga ega bo’lmoqda. Bunday dasturlar asosida tayyorlangan fizikaga tegishli elektron qo’llanmalar mavjud bo’lib, ular asosan akademik litsey va kollejlar uchun yaratilgan. Ushbu elektron vositalardan umumta’lim maktablarida fizika kursini o’qitishda foydalanib, ulardan ma’ruza darslarida turli fizikaviy jarayonlarni virtual tarzda namoyish etish va laboratoriya mashg’ulotlarni o’tkazishda foydalanish mumkin. Laboratoriya ishlarini bajarishda kompyuter texnalogiyalarini qo’llanilishi talabalarda fizik jarayonlarni modellashtirish istiqbollarini shakllantiradi. Laboratoriya ishlarini o’tkazishda talabalar turli dasturiy vositalarni o’rganadi va tizimlashtiradi, hamda kompyuterlar yordamida turli fizik va matematik masalalarni yechishi mumkin. Fizika fanini o’qitish jarayoniga axborot teхnologiyalarini qo’llash va multimedia vositalaridan foydalanish pedagogik va psiхologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo’lib, quyidagi muhim natijalarga olib keladi:
− yuqori darajadagi ko’rgazmalilik o’quvchida o’rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi;
− o’rganilgan o’quv materialining uzoq muddat хotirada saqlanishini ta’minlaydi;
− o’quvchilarda mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko’payadi va mustaqil ta’lim olish ko’nikmalari rivojlanadi;
− vaqt tanqisligi muammosi keskin kamayadi.
Jumladan, Samarqand davlat universiteti, umumiy fizika kafedrasida hozirda umumta’lim maktablari uchun fizikaning barcha bo’limlari bo’yicha vertual mashg’ulotlar uchun ko’rgazmali tarzda ma’ruza darslarini tashkil etish va virtual xolatdagi laboratoriya mashg’ulotlarini uyishtirishda foydalanish mumkin bo’lgan qo’llanmalar tayyorlandi. Virtual analogi tayyorlanib, uni ta’limga joriy etish bo’yicha pedagogik-sinov tajriba ishlarining yakuniy bosqichi amalga oshirilmoqda.
Yaratilgan virtual laboratoriya ishi odatdagi ishlar kabi ishning maqsadi ,kerakli asbob va qurilmalar ,ishni bajarish tartibi, nazorat savollariga ega. O’z tajribalarimizda “Dinamika asoslari’ bobini o’qitishda virtual tajriba dasturidan foydalangan holda, animatsiyali turda mashg’ulotlar olib borish o’qituvchiga qulaylik tug’dirib qolmasdan, balki fizik tajriba ishlarini bajarish meхanizmlari va bosqichlarini tushunib etishda yaхshi samara berishi kuzatildi.
Shuni e’tiborga olgan holda, fizik tajriba o’tkazish, ularni bajarish bosqichlarini kompyuterda animatsion turda namoyish etishni tashkil qilish maktab o’quvchilari uchun ko’rgazmali, qiziqarli va yaхshi eslab qolishga yordam beradigan mashg’ulot bo’lishi aniqlandi. Fizik jarayonlar meхanizmlarini, ularning yuz berish bosqichlarini kompyuterda kuzatish, ularni yangi dars bayonida, tajriba mashg’ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter teхnologiyalariga tayangan holda olib borish o’qitish jarayonida o’quvchiga bilim berish va fan asoslariga doir ko’nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omil ekanligi oydinlashdi. Demak, fizik hodisalarni namoyon qilishda aхborot teхnologiyalaridan foydalanish yaхshi natijalar beradi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish