Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana28.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#475064
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
2-мавзу ўқув материали

Abu Ali ibn Sino
(980—1037) “Shifo kitobi” “Tib qonunlari” “ Bilimlar kitobi”, 
“Tabiatdurdonasi” kabi asarlari mashxurdir. Borliqni talqin etishda Ibn Sino Forobiy izidan borib. 
uni “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”dan iborat, deb e’tirof etadi. “Vujudi vojib” birinchi sabab 
vazifasini bajaradi. “Vujudi mumkin” esa uning oqibatidir. Vujudi vojib va vujudi mumkin vaqt 
nuqtai nazaridan farqlanmaydi. Ular o‘rtasidagi farq, aslida, nafislik darajasi bilan belgilanadi. 
Harakat — vujudi mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi. Harakat osoyishtalik bilan birga 
mavjud bo‘lib, jismlarning o‘zaro o‘rin almashinuvigina emas, balki keng ma’noda ularning 
o‘zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishidir. Ibn Sinoning fikricha, harakat quyidagi uchta 
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 1. Aksidental harakat. Bu harakatda jism boshqajism tarkibida 
bo‘lib, o‘sha jism harakati bilan birga harakat qiladi, bir o‘rindan boshqa o‘ringa ko‘chadi, lekin 
bu jism o‘z o‘rnini o‘zgartirmaydi. 2. Majburiy harakat. U jismning o‘z harakati emas, balki uning 
asosiy sababi jism mohiyatidan tashqarida mavjuddir. Masalan, ot aravani tortadi, suv tashiydi, 
odam olov yoqadi, toshni otadi va h.k. 3. Tabiiy harakat. U jismning o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan 
harakatini anglatadi. Olovning ko‘tarilishi, shamolning sodir bulishi, toshning pastga tushishi 
kabilar bunga misol bo‘ladi. Bu harakat o‘z navbatida doira va to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatdan 
iborat bo‘ladi. Harakat fazo va vaqt bilan uzviy aloqadadir. Yaratilishning intihosi va ibtidosi 
bo‘lmagani kabi, harakat, fazo hamda vaqtning ham boshlanish va oxirgi nuqtasi bo‘lmaydi. 
Olimning sababiyatga oid mulohazalari e’tiborga molikdir. Unga ko‘ra, sabablar moddiy 
(muayyan holatni keltirib chiqaruvchi sabab), faol (muayyan holatni o‘zgartiruvchi sabab), shakliy 
(turli xil quvvatlar bilan bog‘langan sabab) va tugallovchi (barcha sabablarning pirovard maqsadi) 
sabablardan iboratdir. Ibn Sino Zakariyo ar-Roziy va Beruniy kabi jahon falsafiy tafakkuri tarixida 



birinchilardan bo‘lib kuzatuv va tajribaga muhim e’tibor qaratdi. Masalan, alloma ular ko‘magida 
xastaning holati, kelajakda kutilayotgan kayfiyati, dori-darmonlar tarkibi, inson va atrof-
muhito‘zaro munosabati muammolarini hal etishga urinadi. Ibn Sino barcha falsafiy fanlarni 
nazariy va amaliy falsafaga bo‘ladi. Nazariy fan metafizika (yuqori darajali fan), matematika 
(o‘rta bosqichdagi fan) va fizika (fanning pastki qatlami)dan iborat. Amaliy falsafa siyosat, huquq, 
iqtisod, axloq-odobni qamrab oladi. Olim mantiqni o‘zining ilmlar tasnifiga kiritmaydi, uni 
bilishning vositasi deb hisoblaydi. Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy qarashlari serqirradir. U jismlarning 
o‘zaro bir-biriga ta’siri, aloqadorlik, zaruriy va tasodifiy bog‘lanish to‘g‘risida muhim 
ma’lumotlar qoldirgan. Olim o‘zining “Tabiat durdonasi” (“Qurozayi tabiat”) asarida sarob, 
jismlarning solishtirma og‘irligi, chaqmoq, momaqaldiroq, nur, yomg‘ir, tog‘ jinslarining 
yemirilishi va boshqalar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Mutafakkir o‘z asarlarida ilm va 
axloq-odob uyg‘unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o‘zaro 
hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g‘risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning 
ta’kidlashicha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan 
sharoit yaratib bermoq lozim. Barchaning boy va mansabdor bo‘lishi yoki hammaning 
qashshoqbo‘lishi jamiyatning tanazzuli hamda inqirozidir. Lekin inson o‘zgalarga mehr-oqibatli. 
g‘amxo‘r bo‘lmog‘i, kerak vaqtda saxovat va muruvvat qo‘lini nochorlarga uzatishi zarurdir. 
Inson tug‘ilishidan boshlab, axloqli yoki axloqsiz bo‘lavermaydi. U hayotda shaxsiy va o‘zgalar 
tajribasi, ajdodlar an’analari, ta’lim-tarbiya natijasida shakllanadi va muayyan ijtimoiy mavqega 
erishadi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish