Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana28.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#475064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2-мавзу ўқув материали

mashshoiyunlar 
va 
tabbiiyunlarning
(Arastu falsafasi va tabiatni o‘rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari 
shakllana borgan. 
Muhammad al-Xorazmiy
(783—850) va Ax,mad al-Xorazmiy va Ahmad al-
Farg‘oniy (taxm. 797-865) butun musulal-Farg‘oniy mon ShaRQI va jahonda tabiiy va aniq fanlar 
rivojiga salmokush hissa qo‘shgan buyuk allomalardir. Muhammad al-Xorazmiy arab 
xalifaligining poytaxti Bag‘dodda “Donishmandlik maskani” (“Bayt ul-hikma”)ga rahbarlik 
qilgan. Uning “Astronomiya jadvali” “Hind hisobi to‘g‘risida risola”, “Quyosh soati to‘g‘risida 
risola”, “Musiqa haqida risola”, “Tiklash va qarshi qo‘yish hisobiga oid muxtasar kitob” kabi 
asarlarida algebra sohasiga asos solindi. Sharq xalqlari orasida “Buyuk matematik” unvoniga 
sazovor bulgan Ahmad al-Farg‘oniy astronomiya va matematika sohalarida nom taratdi. Uning 
“Samoviy jismlar harakati va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob”, “Astronomiya asoslari” 
asarlarida koinot xaritasi tuzilgan. Yer va fazoviy sayyoralar hajmi, iqlimlar, jo‘g‘rofiy kengliklar 
to‘g‘risida kuzatuvchilar orqali asoslangan yangi ma’lumotlar berilgan, ilm-fanning yangi 
yo‘nalishlariga asos solingan. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni umumlashtirish, tadqiqotda hissiy 
va aqliy mushohada mushtarakligi allomaga xos xususiyatlar sifatida dunyoqarashni 
shakllantirishning muhim omillari bo‘lib keldi va undan keyin yashagan ilm ax,liga ta’siri sezilib 
turdi. Abu Nasr Forobiy falsaFa' tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn 
Sinosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Abu Nasr Forobiy
(873—950) — musulmon Sharqida 
Arastudan keyin “Ikkinchi ustoz” unvoniga muyassar bo‘lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning 
qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo‘lib, ular asosan tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolarni 
sharxdash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. U 
birinchilardan bo‘lib o‘z davri ilmlarining tasnifini beradi. Musiqa, matematika, tibbiyot, arab tili 
grammatikasi, alximiya, mantiq ilmlariga oid qimmatli asarlar yaratish bilan birga falsafiy 
muammolarga bag‘ishlab bir qator ilg‘or fikrlarni bayon qilgan. Mutafakkir olamni ikki 
ko‘rinishda: 
“Vujudu vojib” (olloh) va “vujudi mumkin”
(barcha moddiy va ruhiy narsalar) 
misolida talqin qiladi, barcha narsalar “vujudi vojib” tufayli yashash huquqiga ega bo‘ladi. Ular 
o‘zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog‘lanadi. Sababsiz oqibat bo‘lmaganidek, oqibatsiz sabab 
ham bo‘lmaydi, deydi Forobiy. Vujudi vojib birinchi sabab sifatida o‘zga sabab yoki turtkiga 
muhtoj emas. U mutlaq borliq va donishmandlikning ifodasidir. Vujudi mumkin esa yaratiladi, 
lekin o‘zi yaralmaydi. U doimiy o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda, unda barcha narsalar 
kamolotga qarab rivojlanadi. Vujudi vojib birinchi sabab sifatida o‘zga sabab yoki turtkiga muhtoj 
emas. U mutlaq borliq va donishmandlikning ifodasidir. Vujudi mumkin esa yaratiladi, lekin o‘zi 
yaralmaydi. U doimiy o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda, unda barcha narsalar kamolotga 
qarab rivojlanadi.
Bilish jarayoni aql va sezgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo‘lib, u inson 
jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha bo‘lgan murakkab 
yo‘lni bosib o‘tadi. Bu yo‘nalish hodisalar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, 
aksidensiyadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo‘yadi. Bilishda aql va mantiq ilmining 



maqomi beqiyosdir. Mutafakkir talqinida aqliy bilish ikki . jihatga ega: birinchidan, u konkretdan 
uzoqlashish va undan umumiy tomon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi tomondan esa, ushbu 
umumiylik ko‘magida konkret jihatlarning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi. Aql 
vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi. Har bir fan 
insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Forobiy bilish 
ta’limotining boshqa jihatlarini ham o‘rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, baqsmunozara, bilish 
metodlari, jonli mushohadaning cheklanganligi to‘g‘risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. 
Forobiy tufayli musulmon Sharqi falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi. 
Beruniy
“Oddiy javharlar paydo bo‘lish va yo‘qbo‘lishni bilmaydi” degan g‘oyani ilgari 
surgan. U olamning Olloh tomonidan yaratilganligini e’tirof etadi. Abadiylik birinchi sabab bilan 
bog‘liqdir, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Mutafakkirning taraqqiyot, qonuniyat, zaruriyat 
va tasodifiyat to‘g‘risidagi mulohazalari alohida ahamiyatga molikdir. Qat’iy zaruriyat va 
tamoyillariga bo‘ysunadigan hodisalarga siklik tarzda hosil bo‘ladigan jarayonlar (hayvonlarning 
urchishi, o‘simliklarning changlanishi, ekinlarning ekilishi va boshqalar) kiradi. Lekin zaruriyat va 
qonuniyat tasodifiyat bilan uzviy aloqada bo‘ladi, chunki hamma narsalar ham muayyan tartibda 
ro‘y beravermaydi. Beruniyning asarlarida bilish masalalari muhim maqomga egadir. Bilishga 
bo‘lgan qiziqishning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu o‘ziga xos lazzatdir. Ikkinchidan, bilishdan 
maqsad odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan ma’lumotlardan 
boshlanadi. Ular bilishning yuqori bosqichi akdiy bilish uchun o‘ziga xos ko‘makchi va asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Bilimning chinligi kuzatuv va sinov-tajriba orqali belgilanadi. Ular tufayli 
ashyolarning muhim jihatlari o‘rganiladi, ularning mikdoriy tomonlari anikdanadi, bilish 
jarayonining samaradorligi oshib boradi. Inson tabiat hodisalarini bilishga bo‘lgan intilishda ikki 
narsadan ilhomlanadi. Ulardan biri azaldan berilgan tabiiy qiziqish, barcha narsalar mazmun-
mohiyatiga yetib borishga intilishdir. Ikkinchisi esa, bilish tufayli qo‘lga kiritilgan yutukdardan 
manfaatdorlikdir. Uning fikricha. “Agar fanga asoslanib bo‘lmasa, undan voz kechish lozim” 
Beruniyga ko‘ra, inson qiyofasi tabiat ta’sirining natijasidir. Uning ichki qiyofasiga kelsak, uni 
inson cheksiz sa’y-harakatlar oqibatida tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kishi o‘z 
xulqatvorining sohibidir. Jamiyat tadrijiy o‘zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Adolat, fuqaro 
uchun g‘amxo‘rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish 
mutafakkirning idealidir.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish