Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/18
Sana28.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#475064
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
2-мавзу ўқув материали

Ioan Zlatoust
(347—407) edi. Uning 640 ta 
da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharxi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy 
qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan. G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri 
“Pok” degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustin (354—430) hisoblanadi. U faylasuf va 
ilohiyotchi bo‘lgan. Avgustin o‘z hayotini yepiskoplikka, tadqiqotchilikka, adabiyotga 
bag‘ishlaydi. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozadi. Uning o‘sha 
davrdagi eng mashhur asarlaridan biri “Sig‘inish” 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o‘zining 
xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. “Bibliya” oyatlari ramziy — timsoliy bayon kdlinadi. U 
mushriklik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal 



haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan. 
Sxolastika
so‘zi yunoncha “shkola”dan (“shola”) olingan bo‘lib, “o‘qish joyi”, “maktab” 
ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik kdlganlarni yoki umuman saroy 
maktabidagi o‘kdtuvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani 
tatbiqqilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada 
ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bulgan intilish, deb ham 
baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki 
falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga 
muvofiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan. Realizm Uning yirik vakillaridan biri 
kenterberiyalik 
Anselm
(1038—1109)dir. U Shimoliy Italiyada tug‘ilgan, 1093 yilda 
Kenterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o‘zining ikki asari bilan mashhur. 
Birinchisi, “Monopoliya” — Xudoning borligini sabab va oqibat munosabatlari tizimida isbot 
qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda 
ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali 
hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli hamma 
narsaning bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz. Anselmning ikkinchi asari 
“Prologion” Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va 
komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka 
mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar Xudodan 
yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, Xudo reallikda mavjuddir. 
Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘tadil realistlar, deb 
atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo‘lgan. Britaniyada 
tug‘ilgan P. Abelyar (1079—1142) Per Aoelyar juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi. 
Abelyar — mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida 
mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. 
Abelyar “Men e’tiqod qilish uchun bilaman”, degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni, bilmaydigan, 
bilimsiz kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday 
kishi aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir. Abelyar haqiqatni 
topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning 
ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo‘llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning 
fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo‘lgan 
muhabbat bilan taajjubga solish www.ziyouz.com kutubxonasi va odamlarga axloqiy ta’sir 
ko‘rsatish maqsadida sodir bo‘ladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini xudoga bo‘ysundiradilar. Bu 
qarash axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish