Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana28.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#475064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2-мавзу ўқув материали

Aflotun 
(asli Platon) jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan 
buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo‘lgan, o‘z 
g‘oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug‘ilgan. 35 
dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-
bir to‘g‘ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do‘sti va shogirdi 
bo‘lgan. Aflotun “G‘oyalar dunyosi va soyalar dunyosi ” ta’limotining asosf chisidir. Uningcha, 
g‘oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‘zgarish 
va taraqqiyot g‘oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G‘oyapar 
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam 
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‘ladi va tarixda chuqur iz qoldiradi. Aksariyat kishilar esa soyalar 
dunyosi bilan kifoyalanadi. U Aflotunning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti uning 
dunyoqarashida markaziy o‘rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — 
ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo‘lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va 
pedagogikaning bilimdoni ham bo‘lgan) Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir “Davlat” 
“Qonunlar”, “Siyosat” va “Kritiy” nomli asarlar yozib qoldirgan. “Davlat” asarida jamiyat haqida, 
uning ideal siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — g‘oyalar nazariyasi 
bilan uzviy bog‘liqholda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to‘rtta shakli mavjud: 
teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari 
negizida adolat g‘oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi 
qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. 
Arastu
Aflotunning shogirdi va 
safdoshi Arastu (asli Aristotel) (384-322 yillar) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o‘zining 
betakror, jaqonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. O‘n yetti yoshida o‘z ilmini 
oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga o‘qishga kirgan va 20 yil 
davomida (Aflotunning unimiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi 
Filipp II ning taklifiga binoan, uning o‘g‘li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. 
Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga ko‘tarilgan Aleksandr 
Makedonskiyning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Filippning o‘limidan keyin 
Aleksandr taxtga o‘tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida “Likkey” nomli maktab 
ochgan. Ilmiy faoliyawww.ziyouz.com kutubxonasi tining samarali bo‘lishida, umuman, 
Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko‘rsatilgan himmat va rag‘batlar muhim 
ahamiyat kasb etgan. Aleksandr Makedonskiy vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko‘tarib, 
Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko‘chib ketgan 
Arastu, ko‘p o‘tmay, o‘sha yerda vafot etgan. Arastu zabardast olim bo‘lib, mantiq, psixologiya, 
falsafa, axloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. 



Uning barcha asarlari borliqni o‘rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini 
“Organon” (“Kurol”) nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va 
amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riqko‘rsatishga, biror bir foydali ishni 
amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga — falsafa (metafizika), 
matematika va fizikaga ajratgan. 'J Faylasuf ta’limotiga ko‘ra, olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta 
sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; 
yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, 
harakat manbaidi|3) Masalan. ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab 
(maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi 
bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni 
harakatlantiruvchi kuchiga ega. Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti “Davlat”, 
“Siyosat” kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va 
farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik 
bilan belgilanmaydi, balki ma’murlik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli 
hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati 
bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta 
biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir. 
3-masala.
O‘zbekistondagi ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududi Xorazm, Sug‘d, 
Farg‘ona, Usrushana, Chag‘oniyon kabi o‘lkalardan tashkil topgan bo‘lib, gavjum Sharq bilan 
G‘arb mamlakatlarini bog‘lab turuvchi “Ipak yo‘li” markazida joylashgan va madaniy jihatdan 
ancha rivojlangan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchiligi serqirra, yaqin va uzoq mamlakatlar bilan 
savdo-sotiq aloqalari avj olgan mintaqalardan iborat edi. 
VII—VIII asrlarda Markaziy Osiyo ham Qutayba ibn Muslim boshchiligida arablar 
tomonidan bosib olinib. xalifalikka bo‘ysundirildi. 
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi 
arabcha so‘z bo‘lib tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. 
Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek 
qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Kur’on va hadislarda islomiy 
ta’limotning asosi bayon kilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, 
iymon-e’tiqod talablari, xuquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular 
tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. “Sunna” esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi 
va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xattiharakatlari naqllar va hadis 
shaklida jamlangan. Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l, 
ilohiy yo‘l demakdir) islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi 
asosiy yunalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-
xukuqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. Islomda ilk oqim tarafdorlari sifatida 
xorijiylar (arab. — isyonchi ajralib chiqqan) harakati vujudga kelgan. Ular taxt uchun kurashda 
xalifa Ali ibn Abu Tolib (661 yilda o‘ldirilgan)ning Muoviya tarafdorlari (ummaviylar) bilan 
muzokaralar olib borishga ko‘nganligini qoralab chiqqanlar. Ali qo‘l ostidagi qo‘shinning bir 
qismi (12 ming kishi) uni kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan hamda bir vaqtning 
o‘zida Ali va Muoviya tarafdorlariga qarshi keskin kurash olib borgan. Xorijiylar yo‘nalishi o‘rta 
asrlar davrida ko‘pgina oqimlarga bo‘linib, keyinchalik yo‘qolib ketgan. Faqat ibodiylar 
(abodiylar) oqimi sakdanib qolgan. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik 
hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-
biridan farq qiladi. Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan 
ajralib turadigan diniy guruxdardir. Shialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, 
aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan. Shialar sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof 
etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular 
Qur’onning mazmunini majoziy talqin qiladilar. sunnada esa, faqat Ali nomi bilan bog‘liq bo‘lgan 
hadislarni tan oladilar, imomlar hokimiyatini (imomat) e’tirof etadilar. Dastlabki xalifalardan Abu 
Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olgan shaxslar sifatida qoralaydilar, 



Makka va Madina bilan birgalikda Karbalo va Najaf shaharlarini muqaddas ziyoratgoxdar deb 
biladilar. imom Husaynga motam tutadilar. Shialar jahonda musulmonlarning taxminan 10 foizini 
tashkil etadi. 
Sunniylik jahonda keng tarqalgan mazhab bo‘lib, musulmonlarning 90 foizini tashkil etadi. 
U tavhid (Ollohning yagonaligi), adl (uning odil ekanligi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat 
yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), ilk xalifalar — choriyorlarni 
“Xulafo ar-Roshidin” (“to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar”), Qur’onni muqaddas kitob, Makka va 
Madinani muqaddas sajdagohlar deb hisoblaydilar. Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari 
vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan 
o‘zaro kelishmovchiliklar natijasidir. Islomda hanafiylik. ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, 
sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini 
yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi 
usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniyaqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan. 
Bunday 
ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish