Mavzu : Elektronlar difraksiyasi
Reja:
1. Difraksiya
2. Rentgen nurlari difraksiyasi
3. Elektronografiya
1. Difraksiya
Elektronlar difraksiyasi— elektronlarning kristallarda yoki suyuqlik va gaz molekulalarida elastik sochilishidir. Bunda elektronlarning birlamchi dastasidan maʼlum burchaklarga ogʻdirilgan qoʻshimcha dastalar hosil boʻladi. Bunday dastalarning boshlangʻich yoʻnalishdan ogʻish burchaklari va intensivligi sochuvchi moddaning strukturasiga bogʻliq. 1927-yilda Amerikalik fiziklar K.Devisson va L.Jermer kristall plastinkada sochilayotgan elektronlarning difraksiyalanishini tajribada kuzatib,kashf etilganlar. Bu bilan Lui de Broylning zarralarning toʻlqin xossalari haqidagi gipotezasi eksperimental tasdiqlandi. Elektronlar difraksiyasi elementar zarralar,xususan,elektronlar oqimi ham yorugʻlik kabi toʻlqin tabiatga ega ekanligini isbotlaydi. Elektronlar difraksiyasi elektronogramma jism tuzilishini oʻrganishda qulay usul hisoblanadi. Plastinkaning yupqa sirt qatlamida roʻy beradigan oksidlanish, kristallanish, toblanish jarayonlari, polimerlarning tuzilishi va boshqalar shu usul bilan aniqlanadi. Neytronlar difraksiyasi yordamida qattiq jismlarning kristall tuzilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, jismlarning magnit xususiyatlarini oʻrganishi mumkin. Monoxromatik neytronlar olishda, neytronlar spektrografiyasida va jism tuzilishini oʻrganishda neytronlar difraksiyasi tatbiq qilinadi.
Difraksiya (lotincha: diffractus — singan degan ma'noni anglatadi) Toʻlqinlarning harakat yoʻnalishida uchragan toʻsiqlarni aylanib o'tishi difraksiyadir. Har qanday toʻlqin harakatiga tegishli, toʻlqin uzunligi toʻsiq oʻlchamiga teng yoki undan katta boʻlsa, difraksiya hodisasi roʻy beradi. Tovush, yorugʻlik nuri, rentgen nurlari, elektronlar, neytronlar tarqalganda difraksiya hodisasi kuzatiladi. Yorugʻlik difraksiyasi, Zarralar difraksiyasi, Radio-toʻlqinlar difraksiyasi, Toʻlqinlar difraksiyasi, Elektronlar difraksiyasi, Rentgen nurlar difraksiyalari hisoblanadi.
2. Rentgen nurlari difraksiyasi
Rentgen nurlari difraksiyasi — rentgen nurlarining kristallarda yoki suyuk/shk va gaz molekulalarida sochilishi natijasida ekranda hosil boʻladigan difraksion manzara. Rentgen nurlarining toʻlqin tabiatini nemis olimlari M. Laue, V. Fridrix va P. Knippinglar kashf etgan (1912).
Rentgen nurlarining toʻlqin uzunligi bilan kristall panjaralar doimiysining bir-biriga yaqinligi rentgen nurlarining kristallardagi difraksiyasini kuzatishga imkon beradi. Rentgen nurlari kristallar orqali oʻtganda koʻp oʻlchamli panjaralar difraksiyasi sodir boʻladi. Difraksion maksimumlarni linzasiz kuzata olish uchun rentgen nurlari dastasi gʻoyat ingichka qilib olinadi. Kristall panjaradagi maʼlum toʻlqin uzunligiga tegishli maksimumlarni hisoblash usulini rus fizik kristallografi G. V. Vulf va U. L. Bregg bir-biridan mustaqil ravishda taklif etganlar (1913). Bu usul Bregg—Vulf sharti deb ataladi.
Rentgen nurlari difraksiyasi d.dan kristall panjara tipini va uning doimiysini aniqlashda kristall panjara tipi va doimiysi maʼlum boʻlsa, rentgen nurlarining toʻlqin uzunliklarini aniqlashda foydalaniladi.[1]
3. Elektronografiya
Elektronografiya (elektron va...grafiya) — moddalar strukturasini elektron asboblar yordamida oʻrganish usuli. Tekshiriladigan namunaning tezlatilgan elektronlarni sochishini oʻrganishga asoslangan. Kristallar, amorf jismlar va suyukliklarning atom strukturasini, gaz va bugʻlardagi molekulalarni oʻrganishda qoʻllaniladi. Elektronlar difraksiyasi (zarralar difraksiyasi) E.ning fizik asosi hisoblanadi; toʻlqin xossasiga ega boʻlgan elektronlar moddadan oʻtayotganda atomlar bilan oʻzaro taʼsirlashadi, natijada alohida difraksiyalanadigan dastalar hosil boʻladi. Bu dastalarning intensivligi va fazoda taqsimlanishi namunaning atom strukturasi, oʻlchamlari va boshqalarga qatʼiy mos keladi. Elektronlarning moddada tarqalishi atdmlarning elektrostatik potensiadlari bilan anikdanadi. Elektronografik tekshirish maxsus asboblar — elektronograf va elektron mikroskoplarda bajariladi.
E. metallokristallistik holda boʻlgan koʻpgina moddalarning atom strukturalarini, texnikaning turli sohalarida foydalaniladigan yupqa kristallik parda stroʻkturasining takomillashish darajasini oʻrganishga imkon beradi.
Foydalangan adabyotlar
http://hozir.org.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Elektronlar_difraksiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |