Podstansiyaning hisobiy yuklamasi – tugundagi pasaytiruvchi podstansiyaning quyi va o‘rta tomonidagi yuklamalar hamda transformatordagi quvvat isrofi yig‘indisidan iborat bo‘lgan yuklama.
Elektr tarmog‘ida kuchlanishning pasayishi – elektr tarmog‘i elementi uchlaridagi kuchlanishlarning kompleks qiymatlarini ayirmasi. (Kuchlanishlar o‘rtasidagi geometrik ayirma).
Elektr tarmog‘ida kuchlanish isrofi– elektr tarmog‘i elementi uchlaridagi kuchlanishlarning modullari ayirmasi.
Elektr tarmog‘ining barqarorlashgan holati – elektr tarmog‘ining holat paramettrari amaliy ravishda o‘zgarmas yoki juda kam o‘zgaruvchan bo‘lgan holati.
Elektr tarmog‘ining avariya holati– elektr tarmog‘ining holat parametrlarini qiymatlari avariya ro‘y berganda ruxsat etilmagan miqdorda bo‘lgan ish holati.
Elektr tarmog‘ining avariyadan keyingi holati – elektr tarmog‘ining avariya bartaraf etilganidan keyingi barqarorlashgan holati.
Elektr tarmog‘ining maksimal (minimal) ish holati – elektr tarmog‘ining umumiy yuklama eng katta (eng kichik) bo‘lgan paytdagi ish holati.