MAVZU : DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR
Reja :
Kirish
Asosiy qism
2018-yilgi soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari
2019 yil uchun yagona soliq stavkalari tasdiqlanishi
2019 yilda Oʻzbekiston soliq siyosatida tarixiy oʻzgarishlar davri
Soliq borasidagi yangiliklar
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi : O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzoladi. Mamlakatda valyuta siyosatini liberallashtirish, real bozor konyunkturasini hisobga olgan holda narxni shakllantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobat va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Kus ishining maqsadi va vazifalari :O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5303-son Farmoniga muvofiq mamlakatga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish bo‘yicha ayrim subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalarning bekor qilinishi nosog‘lom raqobat, ayrim mahsulot turlari importining monopollashtirilishi, narxning sun’iy oshirilishi, oqibatda, bu asosda asossiz foyda ko‘rishga ko‘maklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish borasida muhim qadam bo‘ldi.
Kurs ishining obekti va predmedi:2017-2021-yillareda byujet siyosatini yanada takomillantirish chora tadbirlar ishlab chiqish va ularni xayotga tadbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish asosiy qismi tarkibida 5ta reja ,xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborar
2018-yilgi byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda shakllantirilganligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasining 2018-yil uchun asosiy ko‘rsatkichlari e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, 2018-yilda Davlat byudjeti daromadlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,4 foizni tashkil etadi. Davlat byudjetiga tushumlar yalpi ichki mahsulot nominal o‘sishiga mos ravishda 25,9 foiz ortishi kutilayotganligi qayd etildi.
Asosiy moliyaviy hujjatda 2018-yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini pasaytirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratma miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlarining asosiy qismini tashkil etayotgan 2 trillion 741,8 milliard so‘m hajmdagi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi obyektlarini saqlash xarajatlari bilan bog‘liq masalaga fraksiya a’zolari alohida e’tibor qaratdi. Bunda joriy yilga nisbatan 9,4 foiz o‘sish bilan yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,9 foiz miqdorida belgilash nazarda tutilmoqda.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2018-yilgi prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2022-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan maqsadli parametrlar asosida prognoz qilingan. Dastur doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasidan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari uchun 2018-yilda 553,4 milliard so‘m mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.
E’tiborga molik jihati, ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 276 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi hamda fermer xo‘jaliklarining daromadlari oshishiga erishiladi.
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2018-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasi chog‘ida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, soliq qonunchiligiga soliq nazorati talablarini ta’minlaydigan qo‘shimcha mexanizm va instrumentlarni kiritish yo‘li bilan soliq ma’murchiligini yaxshilash va soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish ko‘zda tutilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.
2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasida madaniyat sohasi uchun xarajatlar 693,7 milliard so‘mni tashkil etayotgani, jumladan, milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqish uchun 30 milliard, mamlakatimizning me’moriy-tarixiy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini asrab-avaylash, shuningdek, yanada ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarida konservatsiyalash va restavratsiya qilish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha dasturni moliyalashtirish uchun 38,7 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganligi aytildi.
Muhokamalar chog‘ida «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» tamg‘asi ostida jahon bozoriga mahsulot chiqarishga hamda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ahd qilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida loyiha xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi ta’kidlandi. Xususan, arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoiti yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoyalashning manzilliligini va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
2018-yilda ta’lim xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 22,9 foiz o‘sishi rejalashtirilgan. Xususan, mazkur mablag‘lar 260 maktabgacha ta’lim muassasasini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, 157 muassasani mukammal ta’mirlash va jihozlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini joriy saqlash hamda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu esa ta’lim sifatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz. Prognoz yilda sog‘liqni saqlash xarajatlari 9,6 trillion so‘mni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 30,9 foiz o‘sgan. Bu esa mazkur tizimni isloh qilish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan qabul qilingan dasturlar doirasida barcha tadbirlarning moliyalashtirilishini va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Kelgusi yilda tibbiyot muassasalari, birinchi navbatda, oilaviy poliklinikalarni dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yaxshilash uchun shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalariga 915,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida kelgusi yilda ilm-fan sohasini rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilganligi qayd etildi. Jumladan, 2018-yilgi byudjetnoma loyihasida davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 380,2 milliard so‘m mablag‘ yoki 2017-yilga nisbatan 34,5 foiz oshirish belgilangan.
Shuningdek, bosh moliyaviy hujjat loyihasida sog‘liqni saqlash tizimiga ham katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, ushbu soha xarajatlari uchun 9,6 trillion so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Xususan, birinchi tibbiy yordam xizmati, tez va shoshilinch tibbiy yordam, oila sog‘lig‘ini mustahkamlash, ona va bola himoyasi, tibbiyot muassasalarida ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlarning mavjudligi bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish sifatini kuchaytirishga birlamchi ahamiyat qaratiladi.
Ekoharakat deputatlar guruhining yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasida atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘lar miqdori 307,1 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Shu jumladan, yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasi orqali 2017-2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, yo‘q qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish Dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard so‘m yo‘naltirish taklif etilmoqda. Aholi punktlarini obodonlashtirish, ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash uchun xarajatlar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Yig‘ilishlar so‘nggida O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti loyihasi fraksiyalar a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |