2.2019 YIL UCHUN YAGONA SOLIQ STAVKALARI TASDIQLANISHI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unda 2019 yilda to‘lanadigan soliq va majburiy to‘lovlarning miqdori belgilab berildi.
Xususan, 2019 yil uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
*) Mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad qiymati **) Mukofot qiymati (yalpi daromad)
Izoh: Agar chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchi mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan va turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega bo‘lsa, u holda, ularning har biri bo‘yicha alohida hisob yuritadi va ushbu aholi punkti uchun ko‘zda tutilgan yagona soliqni to‘laydi.
Yagona soliq to‘lovidan tushgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
- O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjyetiga – 46%
- Pensiya fondiga – 46%
- O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasiga – 4%
- O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 4%
2019 yilda Oʻzbekiston soliq siyosatida tarixiy oʻzgarishlar davri boʻladi2 019 yil 1 yanvaridan barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasi 12% miqdorida joriy etilmoqda.
Foto: Davlat soliq qo'mitasi matbuot xizmati
“Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Soliq siyosatidagi oʻzgarishlar” mavzuidagi koʻrsatuvda 2019 yil 1 yanvaridan joriy etilayotgan soliq solishning soddalashtirilgan tartiblari davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishga, soliq qonunchiligini soddalashtirishga qaratilgani taʼkidlandi, deb yozadi Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmati.
Koʻrsatuvda ekspert sifatida Oliy Majlisi Senati Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Iminov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Erkin Gadoyev, Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Oʻtkir Boʻtayev ishtirok etdi.
Taʼkidlanishicha, 2019 yil 1 yanvaridan soliq islohotlari konsepsiyasiga muvofiq, jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishni takomillashtirish maqsadida barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yagona stavkasi 12% miqdorida joriy etilmoqda.
“Ilgari, aholi daromadlari toʻrt pogʻonali shkala bilan soliqqa tortilar edi. Bu tadbir „konvert“ asosida ish haqi toʻlashdan voz kechish orqali, tadbirkorlik subyektlarining xodimlar soni va ish haqi fondini qonuniylashtirilishini ragʻbatlantirsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotda jamgʻarish ulushini koʻpaytiradi”, deyiladi xabarda.
Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasiga soliq yukini kamaytirishning yana bir tadbirlaridan biri, bu — yagona ijtimoiy toʻlov stavkalarining 25%dan 12%gacha kamaytirilishi boʻldi, bunda byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50%dan yuqori tashkilotlar uchun tatbiq qilinmaydi. Natijada soliq toʻlovchilar ixtiyorida qoladigan mablagʻlar 2,9 trln. soʻmni tashkil qiladi.
Fuqarolarning mehnatga haq toʻlash turidagi daromadlaridan fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini (stavkasi 8%) bekor qilinadi.
Foyda soligʻi toʻlovchilarga soliq yukini kamaytirish, investitsiyalar miqdorini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
tijorat banklari uchun foyda soligʻi stavkasi 22% dan 20% gacha;
korxona va tashkilotlar uchun — 14% dan 12% gacha;
dividend va foiz koʻrinishidagi daromadlar uchun — 10% dan 5% gacha kamaytiriladi.
Bu esa soliq toʻlovchilar ixtiyorida 582 mlrd. soʻm qoldirish imkonini beradi.
Soliq solishning soddalashtirilgan rejimidagi soliq toʻlovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 5%dan 2%gacha pasaytirilmoqda.
Yillik aylanmasi 1 mlrd. soʻmgacha boʻlgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi 5%dan 4%gacha kamaytirilmoqda. Yaʼni haqiqatan ham kichik korxona boʻlgan toʻlovchilar uchun bir yillik soliq toʻlovi summasi 10 mln. soʻmgacha kamayishi mumkin.
Yillik aylanmasi 100 mln. soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari 13−40%ga kamaytiriladi. Yillik aylanmasi 100 mln. soʻmdan yuqori va 1 mlrd. soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga aylanmadan 4% lik stavkada soliq toʻlashga oʻtkazish yoʻli bilan qatʼiy belgilangan soliq bekor qilinadi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab, oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yillik aylanmasi (tushumi) 1 mlrd. soʻmdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.
Shuningdek, endilikda har bir tuman (shahar)dagi korxonalar vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Shuningdek, “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi masʼul xodimlari buxgalterlari mavjud boʻlmagan xoʻjalik subyektlariga elektron hisobvaraq-fakturalarini yuritish qoidalarini oʻrgatadi.
Har gal maosh olganda uning cho‘g‘iga qarab, qancha ish haqi yozilganini chamalab, shundan qanchasi soliqlarga hisoblanganini aniqlashga qiziqadiganlar uchun endi barchasi osonlashdi. Nega deysizmi? Chunki siz jismoniy shaxs sifatida 2019 yilning yanvaridan boshlab, bir shkalada soliq to‘laysiz.
Endi jismoniy shaxslar 12 foiz stavka daromad solig‘i to‘laydi.
Buning avvalgisidan farqi nimada? Bu jarayonni tushuntirishga harakat qilib ko‘ramiz. Ayni paytda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i progressiv tarzda ya’ni daromadingiz oshgani sari soliq miqdori ham o‘sib boradigan tarzda hisoblanadi. Bundan ko‘pchilikning xabari bor, albatta.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo‘llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi hisobga olinadi. 2018 yil 15 iyuldan eng kam ish haqi 184 ming 300 so‘m qilib belgilandi. Daromad solig‘i stavkalari esa quyidagicha: eng kam ish haqining bir barovarigacha 0 foiz stavka qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkich birdan besh barobargacha 7,5, beshdan o‘ngacha 16,5 va o‘ndan oshsa 22,5 foizni tashkil etadi.
Oddiy hisob-kitob qiladigan bo‘lsak, eng kam ish haqining o‘n barobari 1 million 843 mingdan oshishi kerak. Undan birdaniga 22,5 foiz soliq olinmaydi. Balki, bu jarayon bir necha bosqichlarda bajariladi. Eng avval, undan eng kam ish haqi – 184 ming 300 so‘m olib tashlanadi. Besh barobaridan ikkinchi shkalada undan qolgan qismidan uchinchi va to‘rtinchi shkalalar bo‘yicha soliq ushlanadi.
Voy-bu, shuncha boshog‘riq nega kerak? Uni soddaroq yo‘li yo‘qmi desangiz, yo‘q, deb bemalol javob berish mumkin. E’tibor qilmang, axir, bu hisob-kitoblarni sizga og‘iri tushmaydi, buning uchun har bir tashkilotning hisobchilari ishlaydi, xоlos. Siz faqat ular ming bir usulda, mashaqqat bilan hisoblagan ish haqingizni olasiz.
Eng yuqori soliq stavkasi 22,5 foiz deganimizga, yo‘g‘-e, xomaki hisoblab ko‘rganimizda kamida 30,5 foiz miqdorida soliq to‘layotgan bo‘lardik, deganlar e’tiboriga aytishimiz mumkinki, bu shubhangiz o‘rinli. Vaholanki, hozirgi paytda fuqarolarning hisoblangan ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 8 foiz sug‘urta badallari ushlab qolinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |