Mavzu : buyuk soxibqiron amir temur



Download 53,44 Kb.
bet2/2
Sana05.08.2021
Hajmi53,44 Kb.
#138692
1   2
Bog'liq
5-V.A.TEMUR

3-masala

TEMUR TUZUKLARI" - Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida "Temur tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-a.larda Hindistonda yozilgan.

Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.

Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.

Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y. Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.

Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida "Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos tafsilotlar bor.

"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili prof. ingliz mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y. Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.

Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta, 1868, 1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.

Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.

1892 y. L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.

1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.

"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixontoʻra Soguniy 1967 y. Toshkentda "Tuzuki Temuriy"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq chop etilmaganligining sababi va 1989 y. oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: "...Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi rasmiy hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati natijasida Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, mas., ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, joʻgʻrofiy atamalarda va istilohlarda gʻalatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan. 1989 yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini "Tuzuki Temur" ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda oʻzbek tilida yana bir tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida (Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi".

Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y. Tehron va 1890 y. Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967 yilda boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.

Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.

1999 y. sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.

"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.

"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki Temur"ning yuqorida eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday yozgan: "Va nixryat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi". Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.

1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda boʻlgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi. Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb nomlangan yangi asar vujudga keldi va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla, gohida noqis nusxalarida xattotlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi nusxalarda boʻlmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi. Bundan tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni "Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy" nomlari bilan bir muqova ichida koʻchirib yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va baʼzi bir sharq mamlakatlarida sharq qoʻlyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday chalkashlik koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik "Temur tuzuklari"ning 1991 ya 1996 y. nashrlari soʻz boshida ham bor.

"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi. Unda Amir Temur hayotining 39 yoshigacha boʻlgan voqealar aks ettirilgan.

19 a.da Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836 y. Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik intida saqlanmoqda.

Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf arRojiy tomonidan 1856—57y.lar "Tuzuki Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot" nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa SanktPeterburg shahrida M. Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini 1891 y. Toshkentda nashr etdi.

N.P. Ostroumov nashri asosida "Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan 1894 y. Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus olimi V.A. Panov tomonidan Ostroumovning mazkur nashri asosida "Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr etildi.

1992 y. Toshkentda tanikli sharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini amalga oshirdi.

Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda, Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H. Boboyev, A. Quronbekov tomonidan "Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga "Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda "Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy") kitoblari chop etildi.

Ma’lumki, ulug‘ ajdodimiz Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari mustaqillik yillarida milliy madaniy merosimizning noyob namunasi sifatida qayta tiklanib, bir necha bor nashr qilindi.

Sohibqironning 675 yillik tavallud to‘yi arafasida Yurtboshimiz taklifiga ko‘ra, bu kitob mukammal holda, yuksak sifat bilan yangitdan chop etildi.

Bugungi kunning o‘tkir va dolzarb muammolari bizdan zamonaviy taraqqiyotning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tahlil etish bilan birga, insoniyatning yaqin-olis tarixidagi boy tajribasini ham teran idrok etishni, shu asosda amaliy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda, ya’ni tarix tajribasi odamzod uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi ham ana shunday buyuk tajribalar manbaidir. Bu tarixning eng yorqin va shonli sahifalarini tashkil etadigan ulug‘ ajdodlarimiz haqida so‘z borganda, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning o‘lmas nomini birinchilar qatori tilga olishimiz tabiiy, albatta. Mana, qariyb yetti asrdirki, bu ulug‘ zotning shonu shuhrati, hayoti va faoliyatiga bo‘lgan qiziqish jahonning turli mamlakatlarida tobora ortib bormokda.

Shuni ta’kidlash joizki, ulug‘ ajdodimizning o‘zi yashagan zamonga, shu davrda Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan, juda katta tarixiy ahamiyatga molik o‘zgarishlarga olib kelgan voqea-hodisalarga hal qiluvchi ta’siri, uning bu jarayonlardagi roli nainki tarixchi va siyosatchilar, harbiy ilm mutaxassislari, balki badiiy ijod ahlining ham diqqat-e’tiborini hali-hamon o‘ziga jalb etib kelmoqda.

Bu benazir zotning qanday milliy zamin va tarixiy sharoitda o‘sib-ulg‘aygani, qay tariqa shunday yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgani, zafarli yurishlari haqida, uning nafaqat davlat arbobi va yengilmas sarkarda, ayni vaqtda inson sifatidagi fazilatlari, ichki dunyosi va kechinmalari haqida Sharq davlatlari bilan birga olis Yevropada – Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda ham bundan necha yuz yillar avval ko‘p-ko‘p ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani yaxshi ma’lum.

Chunonchi, Amir Temur bobomiz haqida ingliz dramaturgi Kristofer Marlou 1588 yili tarixiy pyesa, mashhur nemis kompozitori Georg Gendel 1724 yili opera, amerikalik adib Edgar Po esa 1827 yili she’riy poema yaratgan. Va bunday asarlar bugungi kunda ham ko‘plab paydo bo‘lmoqda. Fransiyalik taniqli olim Lyusyen Keren tomonidan 2006 yili xalqaro miqyosda keng nishonlangan Sohibqironning 670 yillik tavallud to‘yi arafasida Parijda fransuz tilida nashr qilingan «Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat» nomli fundamental tadqiqot bu fikrning yaqqol tasdig‘idir. Tabiiyki, bu asarlarning barchasi ulug‘ bobomizning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarga javob topishda, ularni tarix va bugungi zamon nuqtai nazaridan yoritishda muhim o‘rin tutadi. Ularning har biri Sohibqiron siymosi haqida o‘ziga xos tasavvur va tushuncha beradi.

Ming afsuski, mustamlakachilik yillarida, ya’ni milliy qadriyatlarimiz, aziz-avliyolarimiz va allomalarimizning boy merosi, tabarruk nomlarini xalqimiz xotirasi va yuragidan butunlay o‘chirishga qaratilgan siyosat hukm surgan davrlarda Amir Temurning hayoti va faoliyatini o‘rganish u yoqda tursin, hatto uning nomini tilga olish ham mutlaqo taqiqlab qo‘yilgan edi. Bu mavzuda yaratilgan ba’zi bir ilmiy-badiiy asarlarda Amir Temur siymosi tarixiy haqiqatga zid ravishda biryoqlama, asosan qora bo‘yoqlarda aks ettirilar edi. Taassuflar bo‘lsinki, sobiq tuzum davrida yaratilgan tarixiy va badiiy adabiyotlarda hamda ularning ta’sirida chop etilayotgan bugungi ayrim kitoblarda ham mana shunday g‘arazli yondashuv alomatlarini hanuz uchratish mumkin.

Ollohga shukrki, istiqlolga erishganimizdan keyin bu masalada ham tarixiy adolat qaror topdi. Muqaddas yurtimiz zaminida yashab o‘tgan ko‘plab ulug‘ siymolar qatori Amir Temur bobomizning nomi, sha’nu shavkati va merosi ham qayta tiklanib, bu buyuk zot haqidagi asl haqiqat xolis va haqqoniy yoritilmoqda, tadqiqotlar olib borilmoqda, kitoblar yozilmoqda. Zero, Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash –tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan «Temur tuzuklari» asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Shuning uchun ham o‘zining beqiyos azmu shijoati, mardlik va jasorati bilan Movarounnahr zaminida mo‘g‘ul zulmiga barham berib, xalqimizni qaramlik iskanjasidan xalos etgan, tarqoq va parokanda el-ulusni birlashtirib, mustaqil va qudratli davlatga asos solgan bu ulug‘ siymoning mazkur kitobda ifoda etilgan g‘oya va qarashlari nafaqat o‘z davri, balki bugungi va kelgusi avlodlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi bejiz emas.

Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga meros qilib qoldirgan «Tuzuklar»ni o‘qisam, xuddiki o‘zimga qandaydir katta ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman. Har bir satri bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi inson, ulkan davlat arbobining keng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko kitobxon yaxshi anglaydi, albatta.

Men o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik to‘g‘ri ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekani barchamizga ayon. Yoki u zotning: «Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur», degan ko‘rsatmalarida hozirgi notinch zamon uchun, XXI asr siyosatdonlari uchun ham har jihatdan ibratli fikrlar borligini ta’kidlash joiz. Amir Temur bobomizning bunday chuqur ma’noli so‘zlari, ayniqsa, «Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar», degan hikmati insonni doimo aql-idrok, ilmu ma’rifat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir.

Ulug‘ ajdodimiz, garchi buyuk bunyodkor va jahongir bo‘lsa-da, kuch-qudrat zo‘rlik va zo‘ravonlikda emas, aksincha, adolatda, hamjihatlik va hamkorlikda ekanini nihoyatda chuqur anglagan. Uning davlatni oqilona boshqarish, o‘ta mushkul va imkonsiz vaziyatda ham to‘g‘ri yo‘l, tadbir topa olish qobiliyati, noyob aql-zakovati har qanday odamni hayratga soladi. Amir Temurdek buyuk va betakror siymoni har tomonlama tushunish, u barpo etgan qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy asoslarini, Sohibqironning davlat boshqaruvi borasidagi ulkan salohiyati, mahorati, bilim va tajribalarini o‘rganishda, umuman aytganda, hayot sirlarini anglab yetishda «Temur tuzuklari» bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Ayniqsa, bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.

Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.

Shu ma’noda, «Temur tuzuklari» kitobining mamlakatimizda ona tilimizda yangitdan yuksak sifat bilan chop etilishi, hech shubhasiz, madaniy hayotimizdagi o‘ziga xos muhim voqeadir. Qadimiy va boy, shavkatli tariximiz, betakror merosimiz, azaliy qadriyatlarimiz bilan qiziqadigan barcha kitobxonlarni ana shu quvonchli voqea bilan chin dildan qutlab, bu noyob asar ularning hayotida doimiy ma’naviy hamroh bo‘lib qolishini tilayman.

XULOSA

Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi: bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Fransiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.

Amir Temur savdo-iqtisodiy munosabatlar orqali xalqlar va mamlakatlar orasida yagona makon yaratishda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. U Ispaniya qiroli Genrix III Fransiya qiroli Karl IV, Angliya qiroli Genrix saroylariga elchilar yo‘lladi; ayni paytda o‘z saroyida ispan, fransuz, ingliz, xitoy va boshqa xorijiy mamlakatlarning elchilarini qabul qildi.

Amir Temur umrining ko‘p qismini yurishlarda o‘tkazdi. Sharqqa qilgan yurishi paytida Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni O‘tror shahrida vafot etdi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, 23 fevral kuni Go‘ri Amirda, nabirasi Muhammad Sulton daxmasida dafn qilindi.

Yevropalik olimlar Amir Temur va uning faoliyati haqida bundan to‘rt yuz yil ilgari gapira boshlagan edi. 1553 yilda Florensiya (Italiya)da italyan olimi Perondino qalamiga mansub “Skiflik buyuk Tamerlan” kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Temur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi.

Yevropa tillarida (ispan, ingliz, fransuz) e’lon qilingan yozma manbalar ichida birinchi o‘rinda ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)” turadi. Buyuk Rembrandt Boburiylar zamonidagi hind miniaturalaridan ilhomlanib, Amir Temurni uning vorislari Umarshayx, Zahiriddin Bobur, Humoyun va Akbar davrasida tasvirlaydi.




ADABIYOTLAR:

Karimov I.A. Amir Tcmur davri insoniyat tarixida yorqin iz qoldirdi. Ma'naviy yuksalish yo'lida. «O’zbekiston.-'. 1998.

Karimov I.A Amir Temur - faxrimiz g'ururimiz. - T., 1991.

Mo’minov I. Amir Tcmurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va ro’li. - T., «Fan», 1993. Axmedov N. Amir Temur rivoyat va xaqiqat. - T., Qomuslar bosh taxririyati, 1996.



Azamat Z O’zbck davlatchiligi tarixi. - T.. «Sharq», 2000. Axmedov B. Sohibqiron Temur. - T., 1996.
Download 53,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish