Mavzu : “Butun sonlar”.
I. Maqsad:
1) O’quvchilarning butun sonlar mavzusi bo’yicha olgan bilimini chuqurlash
tirish ,fikrlash qobiliyatini o’stirish .
2) O’quvchilarning matematik tasavvurini mujassamlashtirish ,zukko va ziyrakliklarini aniqlash .
3) O’quvchilar o’rtasida do’stona munosabat o’rnatishga erishish .
II. Dars turi : Umumlashtiruvchi.
III. Darsni jihozlash:Kodoskop ,marker ,ko’rgazmali plakatlar,
kartochkalar,geometrik shakillar .
IV. Darsning rejasi:
-
Tashkiliy qism :2 min
-
Asosiy qism :40 min
-
Xulosa :3min.
Darsning borishi :
-
Tashkiliy qism : Davomat aniqlanib,guruhlaning darsga tayyorligini aniqlash
-
Asosiy qism :Ishga kirishish.
Musobaqa bosqichlari rejasi:
1) Tanishuv - 4 minut
2) “Logik zanjir” mashqi –3 minut
3) “Moychechak” mashqi – 8 minut
4) “Matematik ring” – 5 minut
5) “Matematik bozor” o’yini – 12 minut
6) “Tezda inventarizatsiya qiling” geometrik o’yin – 5 minut
7) Musobaqa natijalarini e’lon qilish va yakunlash – 3 minut
Har bir shart “5” ballik sistemada baholanadi .
Musobaqaning borishi .
Shu bugunga qadar 6 sinf matematika kursidan anchagina ma’lumotlarga ega bo’ldingiz. Sizning olgan bilim va ko’nikmalaringizni mustahkamlash ,zukko va ziyrakliklaringizni aniqlash va do’stona munosabat o’rnatish maqsadida bugungi musobaqa tashkil qilindi. Musobaqaga 6 “B” sinf o’quvchilarining bilimdonlari bellashadilar.
1)Tanishuv.Har bir guruh o’z nomi shiori ,emblemasi va gazetasini ta’riflab beradi.
2)Logik zanjir.O’quvchilarning nazariy bilimlarini baholash maqsadida har bir guruhga savollar to’plami beriladi. Javoblar o’quvchilarga berilgan me’valar maketining orqasiga yoziladi , to’g’ri javoblar daraxtga osiladi ,ko’p me’va osgan guruh g’olib bo’ladi.
3)Moychechak.O’quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olishlarini tekshirish maqsadida har bir guruh a’zolariga qobiliyatiga qarab misollar beriladi , misollarning javoblari moychechak yaproqchalariga yoziladi .
4)Matematik ring.O’quvchilarning ziyrak va zukko ekanliklarini tekshirish maqsadida har bir guruhga 15 tadan og’zaki savol beriladi .Savollarga tezkor javob berish talab qilinadi.
5)Matematik bozor.Har bir guruhga qiyinlik darajasi bir hil bo’lgan 3 ta tenglama beriladi .Birinchi tenglama 3 ming so’m (3 ball), ikkinchi tenglama 4 ming so’m (4 ball), uchinchi tenglama 5 ming so’m (5 ball) miqdorida sotiladi .
6)Tezda inventarizatsiya qiling.Bu vazifa geometriya fanidan bo’lib katta e’tiborni talab qiladi .Stol ustida bir nechta geometrik shakillar yashiringan bo’ladi .Har bir guruhdan bittadan o’quvchi keladi va ularga bir necha soniya geometrik shakillar ochib ko’rsatiladi .Guruhning ikkinchi o’quvchisi ko’zlari bog’langan holda doska oldida turadi .Birinchi o’quvchi eslab qolgan shakllarini aytadi ikkinchi o’quvchi ko’zlari bog’langan holda shu shakllarni chizadi .Eng ko’p shakl eslab qolgan guruh g’olib bo’ladi .
Bellashuv shartlari tugagach hakamlar hay’ati har bir guruh to’plagan ballarini sharhlab e’lon qiladi .G’olib guruhlar mukofotlanadi va o’qituvchi darsni qisqacha izohlab yakunlaydi.
Logik zanjir .
1) Sonning moduliga ta’rif bering .
2) Qanday sonlarga qarama – qarshi sonlar deyiladi .
3) Butun sonlar qanday taqqoslanadi .
4) Butun son deb qanday songa aytiladi .
5) Ikkita bir hil ishorali son ko’paytmasi qanday son bo’ladi .
6) Ikkita har hil ishorali son ko’paytmasi qanday son bo’ladi .
7) Ikkita bir hil ishorali son bo’linmasi qanday son bo’ladi .
8) Ikkita bir hil ishorali sonlar qanday qo’shiladi .
9) Ikkita har hil ishorali sonlar bo’linmasi qanday son bo’ladi .
10) Butun sonlarni ayirish qidasini ayting .
11) Ikkita har hil ishorali sonlar qanday qo’shiladi .
12) Butun sonlarni ko’paytirish qonunlarini ayting .
13) Qavslarni ochish qidasini ayting .
14) Koordinata o’qini ta’riflang .
15)Koordinata o’qida musbat va ma’nfiy sonlar qanday joylashadi .
Moychechak misollari .
1) – 8 *(- 9)+(- 12) – (- 28) =
2)- 10 +25 – (- 81 : 27) =
3) – 81 – 90 + (- 18 * 2) : 4 =
4) – 30 + (- 60) – 25 : (- 5) =
5) 45 : (- 5) + 25 – 100 =
6) – 82 : (- 2) + 3 * (- 7) =
7) – 120 : (- 4) + (- 8) * 4 =
8) – 200 : 2 + 80 – 45 =
9) – 400 : 50 + (- 90 * (- 3) – 45) =
10) – 175 : (- 25) – (- 45) + 8 * ( -5) =
11) – 340 : (- 17) – (- 55) + 25 * (- 4) =
12) – 80 * 2 + (- 750) + 300 =
13) – 500 : (- 25) – (- 85) + 25 * (- 5) =
14) – 240 + (- 160) – (210 : (- 2) + 10) =
15) – 30 : 2 + (- 40) * 2 =
Matematik bozor (tenglamalar)
1) 5x + 7x = - 312
2) 9 – (4 + x) = 5 (x + 1)
3) 2 (7 – 2y) = 23 + 3 (6 – y)
Matematik ring .
1) 0 butun sonmi ?
2) 7 qanday son ?
3) 10 * 0,1 nechaga teng ?
4) 1300 li burchak o’tkirmi ?
5) Uchburchakning ichki burchaklari yig’indisi qancha ?
6) Ikkita nisbat tengligi nima deyiladi ?
7) Eng kichik natural son qaysi ?
8) To’rtburchakning nechta uchi bor ?
9) Aylana uzunligi nimaga teng ?
10) 8 – 18 =
11) – 90 : 9 =
12) Miqdorning 100 dan bir qismi nima deyiladi ?
13) Eng kichik tub son qaysi ?
14) Musbat son 0 dan kichikmi ?
15) – 7 ga qarama – qarshi son qaysi ?
16) 70 : (- 7) =
17) 23 =
18) Miqdorning 100 dan bir qismi ?
19) Hamma tomonlari teng bo’lgan to’g’rito’rtburchak …
20) Bitta burchagi to’g’ri bo’lgan uchburchak …
21) Tenglama deb nimaga aytiladi ?
22) – 5 + 5 =
23) 1 – 3x = 6
24) 880 li burchak o’tmasmi ?
25) Teng tomonli uchburchak burchklari necha gradusdan ?
26) – 9 ning moduli nechaga teng ?
27) – 3 + 7 =
28) – 1 kattami - 1000 kattami ?
29) Yoyiq burchak necha gradus ?
30) 5 * 5 =
Hulosa qismi :
Musobaqa darsining natijasi bilan tanishqirish va tagdirlash .
Qo’shimcha adabiyotlar:1)Axborotnoma(testlar to’plami) asosida mavziga oid topshiriqlarni yeching.
2)Qo’shimcha ma’lumot uchun elektron manzillar:
www.eduportal.uz ; www.ziyonet.uz
Darsnmg mavzusi: Mustaqillik muborak, hur O'zbekiston!
Darsnnig maqsadi:
1. Ta'limiy maqsad:
O'quvchilarning "Milliy mafkuramiz bosh g'oyasi "Mustaqillk odirnlari" mavzulari orqali olgan nazariy bilirnlarini niustahkamlash,Vatanimiz tarixi haqida kengroq bilini berish.
2.Tarbiyaviy maqsadi:
Yangi mavzu orqali o'quvchilarni iymonli,e'tiqodli,
vatanparvar inson qilib tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad.
O'quvchilarga vatanparvarlik g'oyalarini singdirish,
ularni erkin fikrlashga, to'g'ri mushohada yiritishga
o'rgatish.
Darsning turi : Bahs munozaralarga asoslarigan intellektual
o yin darsi .
Darsning ko'rgazmaliligi:
l.Islom Kariinov asarlari .
2.0'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari.
3."Mustaqillik quyoshi aslo botmasin!" ko'rgazmasi.
4.Tarqatma materiallar.
5 'Tog'ri javobni top!"o'yini uchun ko'rgazma.
6.Mavzuga mos suratlar.
Darsning rejasi:
1. "'Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o'zbegim..."
2. "Hur O'zbekistoni bordir, o'zbekning ..."
3. " 20 yoshing sarhadlari keng bo'ldi..."
4. “Hech kimga bermaymiz seni. O'zbekiston!”
5. “Karvoniiig boshlayver, Yurtboshim! “
Darsning borishi: Dars mashg'uloti o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro salomlashuvidan boshlanib . O’zbekiston Respublikasining
Davlat madhiyasi k u y 1 a n a d i.
O’qituvchi:—Qani , bolar ,aytinglar-chi,maktabda o'qish davomida nimalarni o'rgandingiz?
1-o'quvchi:—Avvalambor. Vatanni sevishni o'rgandik. Oqituvchi:—Vatan nima o'zi?
1-o'quvchi:—Vatan bu insonning kindik qoni to'kilgan joydir.
2-o'quvchi :—Vatan bu ota-bobolarimiz yashab o'tgan muqaddas makondir.
3-o'quvchi— Vatan biz tug'ilib o'sgan,hayot kechirayotgan diyorimizdir.
O'qituvchi:—Yurtboshimiz aytganidek” Tarixini bilmagan xalqning kelajagi yo’qdir".Ana shunga asoslanib,bugungi niashg'ulotimizniVataniniiz tarixiga nazar solishdan boshlasak.
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon , o'zbegim ,
Senga tengdosh Pomiru oqsoch Tiyanshon o'zbegim.
So’ylasin Afrosiyobu so'ylasin Orxun xati,
Ko'hna tarix shodasida bitta marjon , o'zbegim .
(O'quvchilar Vatanimiz tarixi haqida buyuk ajdodlarimiz to'g'risida bilganlarini gapiradilar).
O'qituvchi:— Demak , bolalar, ona O'zbekistonimiz juda boy tarixga ega ekan.
Hozirgidek farovon hayotga,mustaqillikka erishish uchun ota—bobolarimiz jonlarini fido qilganlar.Ana shunday buyuk zotlardan biri sohibqiron Amir Temurdir. Jaloliddin Mariguberdi,Abulg'ozi Bahodirhon singari buyuk bobolarimizniiig hayoti biz uchun ibratlidir. Mirzo Ulug'bek , Alisher Navoiy , Zahiriddin Muhammad Bobur , Ibn Sino, imom al-Termiziy , al- Buxoriy , al- Xorazmiy , Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk insonlar fan va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo'shganlar.
Sizlar jahon tan olgan shunday buyuk insonlar nabiralarisiz!
Biz juda baxtlimiz .Chunki bolalarimiz orzu qilgan zamonda yashash bizu sizga nasib qilayapti.
1991 yil 31avgustda O'zbekistonimiz niustaqillikka
erishdi.
Dunyo xaritasin naqshi turfa rang ,
Davralarda o'rni to'rda , muhtaram.
Navqiron va azim , go'zal mukarram.
Hur O'zbekistoni bordir o'zbekning .
Shundan so'ng to'g'ri javobni top o'yini o'tkaziladi. Bunda o'quvchilarga test savollari tarqatiladi.
1. O'zbekiston qachon niustaqillikka erishdi?
a)1990yil31 avgustda
b)1991 yil 31 avgustda
c) 1992yil 7 noyabrda
2. O'zbekiston Davlat bayrog'i qachon qabul qilindi?
a) 1991yil 5 mayda
b)1992yil 18 noyabrda
c) 1991yil 18 noyabrda
3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
a)1992yi!8dekabrda
b)1991yil 18 noyabrda
c) 1990yil 10 noyabrda.
Shunga o'xshagan savollardan tuzilgan testlar olingach, o’ziga xos suhbat uyushtiriladi.
O'qituvchi:— Bolalar,mustaqillikka erishganimizga necha yil bo'ldi?
O'quvchilar :20_ yil.
O'quvchilar:
20 yilning sarhadlari keng bo’ldi ,
Har bir yil asrlarga teng bo'ldi.
Ona xalqim mo jizalar yaratding,
O'g'ling yoki qizing senga yor bo'ldi...
Muloqot jarayo'nida o'quvcliilarni istiqlolga erishganimizdan keyin yurtimizdagi buyuk o’zgarishlar, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz taraqqiyoti yo'lida olib borilgan ishlar haqida suhbat , bahs -munozara tashkil etiladi .O'qituvchi oquvchilar fikrini umumlashtirib , xulosalaydi .
O’qituvchi — Bugun yurtimiz ozod , erkin , mustaqil. Uning o'z doni, o'z nefti, o'z gazi, o'z mashinasi, o'z paxtasi, o'z oltini bor . Jahonda o'z orniga , yuksak obro’va o'z ovoziga ega .
Lekin ana shimday obod diyorga , unda farovon turmush kechirayo'tgan insonlarga hasad bilan qaraydigan qora , yo'vuz niyatli insonlar ham yo'q emas . (1999-yil 16- fevral voqealari , 2004-yil 31-mart, 1-aprel hamda 30- iyul kunlari sodir etilgan terrorchilik xurujlari misol tariqasida keltiriladi ) .
"Aqliy hujum " usulidan foydalanib , o'quvchilarga quyidagi savollar berish orqali ularning fikriari , mulohazalari bilan tanishish rnumkin .
1. Bu yovuz niyatli odamlar nima maqsadda xalq tinchligini buzishga harakat qilayapti?
2. Ularning ishlariga qanday fikr bildirasizlar
3. Ular o'z maqsadlariga erishishlari mumkinmi ?Yoq bo'lsa nima uchun ?
4. Sizlar yurt tinchligiga qanday hissa qo'shishlaringiz rnumkin ?
5. Siz kelajakda qanday inson bo'lib etishrnoqchisiz ?
O'qituvchi o'quvchilar fikrini tinglab „ xulosa qiladi: —Dernak bu yovuz niyatli insonlarning maqsadi ,bizninig tinchligimiz , osoyishta , farovon turmushimizni buzish , o'zlariga qaram qilib olish . Vatanimiz boyliklariga egalik qilishdir . Lekin biz bunga yo'l qo'ymaylik !
Hamma birgalikda "Hech kimga bermayniiz seni , O'zbekiston! " ashulasini aytadi .
O’qituvchi:— ana shunday obod Vatanda farovon turmush kechirayapmiz . Bizni bu yo'lga boshlagan Yurtboshimiz Islorn Karimovdir.
Yurtboshimizriiriig dono siyosati, sa'y harakatlari , yordami bilan biz shu darajaga erishdik .
Biz o'zimizni uzoq maqsad ko'zlagan karvonga oxshatsak, Yurtboshimiz mohir karvonboshidir.
1-o'quvchi:— Tong bilan yangraydi madhiyam,
Porlaydi charog'on quyoshim .
Dil ko'rkam . yurt ko'rkam ,
Karvoning boshlayver yurtboshim!
O’qituvchi:— Aziz bolalar! Buyuk maqsadni ko'zlab , ya'ni
ozod va obod Vatan qurmoq ,mustaqillikni ko'z
qorachig’imizdek asramoq kabi maqsadni dilga jo qilib ,
yillar sarhadi osha dadil qadam tashlab ketayotgan
karvonimizga munosib bo'lish uchun sizlar a'lo o'qishlaringiz
Vatanni sevishlaringiz, ma'nan va jismonan barkamol
inson bo'lib yetishmog'ngiz lozim .Chunki Vatanimizning
kelajagi sizlarniiiig qo'lingizdadir.
Dars o'quvchilarninig Vatan , vatanparvarlik , istiqlol haqidagi she'r ashula va maqollarni aytishi bilan vakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |