1.2 Fe`l – so’z turkumi haqida ma
’lumоt.
Bоshlang’ich sinf оna tili darslarida o’quvchilar so’z turkumlari xususida
ma
’lumоt оladilar. Boshlang’ich sinflarda faqat mustaqil so’z turkumlaridan ot,
sifat, son, fe’l, olmosh(o’zlik). Ana shunday so’z turkumlaridan biri fe`l – so’z
turkumi bo
’lib, biz ushbu bоbimizda aynan shu so’z turkumi va uni o’qitish
uslubiyoti xususida fikr yuritamiz.
O’yla
ymizki, bu bоbda ilgari surgan fikr va mulоhazalarimiz aynan shu
mavzu yuzasida
n bоshlang’ich sinf o’quvchilariga nazariy manba vazifasini o’tasa
ajabmas.
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so‘zlar
fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-
ehtirom ko‘rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg‘
otadi (Tafakkur jurnali).
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Ya’ni fe’l holat,
belgining yuzaga kelishi, o‘zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida
anglatadi: o‘rik gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi.
Fe’llarning barchasi bir umumiy so‘roqqa nima kilmoq? so‘rog‘iga javob
beradi.
Fe’l o‘ziga xos bo‘lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni:
1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va
o‘timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o‘qimoq, yozmoq - o‘timli fe’l; o‘tirmoq,
chiniqmoq - o‘timsiz fe’l;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga
ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo‘lishli, aytma –
bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, ob’ekt va sub’ektlar orasidagi
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik nisbat,
kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
24
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi,
bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli;
borsa – shart mayli;
5) ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi
zamon ma’nosini hosil qiladi: o‘rgandim - o‘tgan zamon, o‘rganayapman - hozirgi
zamon, o‘rganmoqchiman – kelasi zamon;
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko‘plikda) tomonidan
bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-
son qo‘shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik,
qiziqdingiz, qiziqdilar.
Demak, fe’l o‘timli-o‘timsizlik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, mayl, zamon,
shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o‘ziga xos morfologik belgilarga ega.
Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o‘ziga xos
vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach –
ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi
shakllari gapda ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo‘ladi.
Fe’l o‘ziga xos maxsus so‘z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg‘ay,
tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo‘lmoq, javob
bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usul bilan yasalgan yasama fe’llar.
Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o‘z ichida turli xil
qo‘shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik,
yozib bo‘ldi – tugallanganlik kabi.
Fe’l o‘ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega, ya’ni:
1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni
mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);
2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh,
hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to‘ldiruvchi kabi gap bo‘laklari
vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O‘zingga yoqqan narsani boshqalarga
ham ravo ko‘r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o‘zini bilib o‘zgani
25