Мавзу : Бошланғич синф она тили дарсларида феъл сўз туркумини ўргатиш



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/35
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#228443
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
fellarni shaxs-son qoshimchalari bilan tuslanishi mavzusini orgatish metodikasi. (pdf.io)

Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar 

Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi 

bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini anglatadi. 

Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo‘lishli fe’l 

deyiladi. Fe’ldagi bo‘lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko‘rsatkich 

yo‘q:  o‘qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o‘qib chiqdi, hurmat qil kabi. 

Masalan:  Ona so‘zining  o‘zi har yurakka jarangli sado  beradi  (Hikmatlar 

guldastasi).  O‘z  burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi 

(Tafakkur gulshani). 

Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo‘lishsiz fe’l 

deyiladi. Bo‘lishli fe’l bo‘lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo‘ladi. Fe’lning 

bo‘lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: 

1. fe’l negiziga –ma (bu affiks urg‘u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik 

affikslarini qo‘shish bilan fe’ldagi bo‘lishsizlik ma’nosi hosil qilinadi: ko‘rsatma, 

kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o‘smaslik kabi. 

Ko‘rinadiki  –ma  elementi  –may,  -mas,  -masdan, maslik affikslarining 

tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, 

harakat nomi) qo‘shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko‘rsatkich 

sanaladi. Masalan: G‘ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g‘irchillatib o‘tgan 

dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog‘  arqon bilan eshilmaydi 

(M.Qoshg‘ariy). Mehnat qilmagan rohat ko‘rmas  (O‘zbek xalq maqoli). 

Uydagilarga aytmasdan do‘sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni 

davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko‘rmaslik uchun bolalar ko‘zlarini 

chirt yumdilar. 

-ma, -may affikslari qo‘shma fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi: 

a) asosiy qismga etakchi fe’lga qo‘shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, 

ko‘rmay qoldi kabi; 

b) ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o‘qib chiqmadi 

kabi. 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish