Mavzu : Bank tizimi – moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida mundarija: kirish i-bob


Bank tizimi faoliyatini tartibga solish usullari



Download 49,52 Kb.
bet3/8
Sana20.07.2022
Hajmi49,52 Kb.
#827924
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank tizimi – moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida

1.2. Bank tizimi faoliyatini tartibga solish usullari:
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o`tishi munosabati bilan yangi banklarni shakllantirish, ularni nazoratini rivojlantirish masalasi keskin darajada ko`ndalang qo`yildi. Bugungi kunda Respublika hududdida 36 ta turli xil mulkchilik shakliga asoslangan banklar faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston bank tizimini qayta qurish mustaqil davlat iqtisodiy tizimini muhim yo`nalishlaridan biri bo`ldi. Xo`jalik mexanizmining bir maromda faoliyat yuritishi barqaror ishlaydigan banklar milliy tizimini taqozo etadi va iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida sifat jihatidan butunlay yangi bank tizimi hamda bank nazoratini tub asosini yaratish va qurish uzluksiz davom ettirilmoqda.
Mamlakatimizning rivojlangan bank tizimini shakllantirish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan moliyaviy siyosatining mahsuli bo`lishi kerak.
Banklar ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o`rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo`lgan holat sifatida qaralishi mumkin. Lekin jahonning ko`pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari ko`p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy ravishda tartibga solinar ekan, o`tish davrida buni to`la oqlash mumkin.Biroq bozor sharoitida moliyaviy sektorni tartibga solish tovarlar va xizmatlar narxiga ta’sir ko`rsatish uchun bozor mexanizmlariga yetarli darajada harakat erkinligini berish, shuningdek mayda-chuyda narsalarga aralashishdan voz kechish bilan qo`shib olib borilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
To`g`ri, bank faoliyatini tartibga solish, raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson emas. SHuning uchun jahonda umumiy qabul qilingan prinsiplar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo`llaniladi.U yoki bu bankning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi ixtiyorida ta’sir ko`rsatish choralarining muayyan to`plami bo`lishi kerak. Bizning yangi bank qonunlarimizga ko`ra, turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo`lgan darajalangan choralar majmui ko`zda tutilgan. Jumladan, iqtisodiy me’yorlarni o`zgartirish, majburiy rezerv fondini oshirish, ayrim bank operasiyalarini amalga oshirishni ta’qiqlab qo`yish, hissadorlarga dividentlar to`lashni to`xtatib qo`yish, bank ustidan vasiylik o`rnatish kabilardir. Eng so`nggi chora esa ularga berilgan ruxsatnomalarni (lisenziyalarni) qaytarib olishdan iboratdir.
Tijorat banklarini nazorat qilish deganda banklarning barqarorligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.
Davlatning pul-kredit siyosati, xususan tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish siyosati qonun hujjatlari, hukumat qarorlari, Markaziy bankning yo`riqnomalari asosida amalga oshiriladi. Huquqiy me’yorlar banklar uchun majburiy bo`lgan cheklovlar va faoliyatining qat’iy chegaralarini belgilab beradi. Bu esa, bank yomon, sifatsiz boshqarilgan taqdirda jiddiy zararlar yuzaga kelishining oldini oladi. Bank faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslarining mustahkam emasligi banklarning bankrot bo`lishiga va umumiy nobarqarorlikni yuzaga kelishiga olib keladi.Bank tizimini ishonchli tarzda himoya qilishni ta’minlaydigan huquqiy tartibga solish me’yorlarini yaratish lozim. Masalan, iqtisodiy normativlar barcha tijorat banklariga nisbatan bir xil tarzda qo`llanilishi lozim. Aks holda, ayrim banklar erkin raqobat muhitidan chetga chiqib qoladi.Respublikamizda bank nazoratining rivojlanish tarixi milliy bank tizimimizning rivojlanishi bilan uzviy bog`liqdir. Milliy bank tizimining rivojlanishi bilan bank nazorati ham takomillashib bordi. SHu jarayonni bank nazoratining asosi bo`lgan iqtisodiy me’yorlarning rivojlanishi misolida ko`rib chiqamiz.
Mustaqil respublikamizda dastlabki iqtisodiy me’yorlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonun talablaridan kelib chiqib yaratilgan bo`lib, keyinchalik ular takomillashtirildi.Respublika Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining balans likvidliligini doimo ta’minlab borish yoki ularning o`z oldilaridagi majburiyatlarini o`z muddatida amalga oshirishlariga erishish, omonatchilarni manfaatlarini himoya qilish hamda qisqacha ta’riflaganda Respublikada barqaror bank tizimini yaratish maqsadida 1992 yil 2 avgustdagi Markaziy bankning 10-sonli qoidasiga asosan tijorat banklari faoliyatini tartibga solib turish uchun iqtisodiy normativlar o`rnatildi. Mazkur qoidaga binoan tijorat banklari uchun dastlabki 8 ta iqtisodiy normativlar belgilandi. Bular tarkibiga quyidagilar kiritildi:
N1 – bank sarmoyasining riskni hisobga olib chamalangan aktivlarning jami miqdoriga nisbati ko`rsatkichi (eng kami 0,05);
N2 – bank sarmoyasini yuqori riskli aktivlar miqdoriga nisbati ko`rsatkichi (eng kami 0,15);
N3 – bank sarmoyasi uning majburiyatlariga nisbati ko`rsatkichi (eng kami 0,2);
N4 – banklar jalb etgan fuqarolar omonatlarini bank sarmoyasiga nisbati (eng yuqorisi 1,00);
N5 – joriy likvidlilik ko`rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30);
N6 – o`rta muddatli likvidlilik ko`rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun eng yuqorisi 1,50, boshqa banklar uchun 1,00);
N7 – uzoq muddatli likvidlililk ko`rsatkichi (ixtisoslashgan banklar uchun 0,20, boshqa banklar uchun 0,30);
N8 – bir qarz oluvchiga to`g`ri keladigan kreditning eng yuqori miqdori ko`rsatkichi (eng yuqorisi 0,50).
Bundan tashqari, tijorat banklarining aktivlari, ularning risk darajasiga qarab 6 guruhga ajratiladi:
1 guruh– riskdan holi bo`lgan aktivlar;
2 guruh – risk darajasi kam bo`lgan aktivlar;
3-6 guruhlar – risk darajasi yuqori bo`lgan aktivlar.
Tijorat banklari uchun iqtisodiy normativlarning o`rnatilishi – bu avvalo Markaziy bank tomonidan samarali bank nazoratini olib borishga erishish, tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan muammolarni oldindan aniqlash va qolaversa barqaror bank tizimini yaratishda eng muqim instrumentlardan biri bo`ldi. Ushbu qoidani oldingisidan farqli tomoni shundan iborat ediki, avvalam bor, tijorat banklari uchun qo`yiladigan talablar bir muncha kuchaytirildi. Bular: birinchidan, yangidan tashkil etilayotgan banklar uchun o`rnatilgan ustav sarmoyasining eng kam miqdori minimal darajada oshirildi. Ikkinchidan, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezerv fondi ajratmasining miqdori ham ko`paytirildi. Bank sarmoyasiga bo`lgan talablar yuqori riskli bank aktivlarini chegaralashi bank majburiyatlarining o`z - o`zidan chegaralanishiga olib kelishini nazarda tutib, bank sarmoyasining bank majburiyatlariga nisbati ko`rsatkichi bekor qilindi. Barchamizga ma’lumki, keyingi davrga kelib bank tizimida, xususan banklarni nazorat qilish borasida yangi huquqiy asoslar yaratildi, ya’ni bank qonunchiligi yanada takomillashdi. O`zbekiston Respublikasining «O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida» hamda «Banklar va bank faoliyati to`g`risida» yangi tahrirdagi, jahon andozalari talablariga to`liq javob beradigan qonunlari qabul qilindi. 1997 yilning mart oyidan boshlab esa dunyoga mashhur bo`lgan «Artur Andersen» firmasi ko`magida ishlab chiqilgan va banklar hisobotining xalqaro andozalariga mos bo`lgan buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasi joriy etildi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, respublika Markaziy banki tomonidan 1997 yilning fevral oyidan boshlab banklar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat bo`lgan «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish» qoidasi Bazel qo`mitasi tomonidan o`rnatilgan standart va talablarni inobatga olgan holda qaytadan mukammal tarzda ishlab chiqildi. Mazkur yangi qoidaga asosan bank sarmoyasiga nisbatan qattiqroq bo`lgan talablar o`rnatildi. Banklarning qimmatli qog`ozlar bozoridagi bajaradigan operasiyalarining tobora rivojlanib borishi hamda ularni investision jarayonlarini kengayib borishidan kelib chiqqan holda qo`shimcha ravishda «Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlari uchun qo`yilmalar» va «Banklarning o`z mablag`laridan invsitsiyalarda foydalanish me’yori» ko`rsatkichi kabi yangi me’yorlar kiritildi. Yangidan o`rnatilgan iqtisodiy normativlar quyidagilardan iborat:
Yangidan tashkil etilayotgan va faoliyat ko`rsatayotgan banklarning eng kam nizom fondi miqdorini o`rnatish;
Sarmoyaning yetarlilik koeffisienti;
Bank sarmoyasi bilan uning majburiyatlari o`rtasidagi nisbat ko`rsatkichlari;
Bank balansi likvidliligi ko`rsatkichi;
Bir qarz oluvchiga to`g`ri keladigan riskning eng katta hajmi;
Barcha «katta» kreditlarga to`g`ri keladigan riskning eng yuqori hajmi;
Bir omonatchiga to`g`ri keladigan riskning eng katta miqdori;
Qimmatbaho qog`ozlar bo`yicha operasiyalarda o`z mablag`laridan foydalanish ko`rsatkichi;
Daxldor shaxslar bilan ish olib borish.
Tijorat banklarida kapitalning yetarli bo`lishi, aktivlarning sifati, foydaligi va likvidligiga qarab ularning moliyaviy ahvoli baholanib, nochor banklar aniqlanadi. Ana shu ko`rsatkichlarning har biri bo`yicha chekli qiymatni aniqlash Markaziy bank va uning hududiy Bosh Boshqarmalariga bank muassasasini sog`lomlashtirish yoki uning beozor tarzda tugatish imkonini beradi. Shulardan kelib chiqqan holda, tijorat banklarining asosiy vazifasi – iqtisodiy me’yorlarga rioya etishdan, kapital va likvid mablag`larni yetarli darajada saqlashdan, shubhali va amal qilayotgan aktivlarga nisbatan rezervlarni vujudga keltirishdan, shuningdek mahrum bo`lish xavfini kamaytirish maqsadida aktivlarni diversifikasiyalashdan iboratdir. Harakatdagi bank nazoratiga tegishli me’yoriy hujjatlar Jahon bankining O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish loyihasi bo`yicha ishlagan chet ellik maslahatchilar ko`magida yaratilgan bo`lib, xalqaro andozalarga moslashtirilgandir.
Jumladan, bank sarmoyasiga bo`lgan talablar yuqori riskli bank aktivlarini chegaralashi bank majburiyatlarining o`z o`zidan chegaralanishiga olib kelishini nazarda tutib, bank sarmoyasining bank majburiyatlariga nisbati ko`rsatkichi bekor qilindi. Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo`yiladigan talablar bo`yicha iqtisodiy me’yorlarni ko`rib chiqishdan oldin ayrim tushunchalarga izoh berib o`tish maqsadga muvofiqdir.
“Bank talablari” - bank tomonidan joylashtirilgan barcha qo`yilmalari, masalan, bank tomonidan berilgan kreditlar va boshqalar.“Kapital zahiralar” – soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan so`ng sof foyda hisobiga shakllangan zahiralar. Ushbu zahiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochib e’lon qilinadigan hisobotda ko`rsatilishi lozim. Zahiralardan bank faoliyatida vujudga keladigan turli zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi. Bunda mazkur zahiralar hisobiga qoplanadigan barcha zararlar foyda va zararlar hisobotida aks ettirilishi kerak.
“Umumiy zahiralar” - bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi (kreditlash, investisiyalash) natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash uchun, lekin ayrim muayyan operasiyalar bo`yicha zararlarni qoplashga zahiralar yaratish mo`ljallanmagan. Masalan, “yaxshi” kreditlarga doir zararlarni qoplash yoki milliy valyutani devalvasiyalash uchun mo`ljallangan zahiralar.
“Maxsus zahiralar” - “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan kredit va lizing operasiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash uchun yaratiladagan zahiralar.“Nomoddiy aktivlar” - moddiy va jismoniy shaklga ega bo`lmagan nomonetar, identifikasiyalanadigan aktivlar. Nomoddiy aktivlarning juda ko`p turlari mavjud, jumladan, dasturiy ta’minot, foydalanish huquqi, marketing va texnik ma’lumotlar. Biroq, bank faoliyatida eng ko`p tarqalgan nomoddiy aktiv gudvilldir.
“Gudvill” - xaridor tomonidan bank sotib olinayotganda uning sof aktivlari qiymatidan yuqori to`lanadigan summa sifatida ta’riflanadi (barcha aktivlarning bozor narxi va barcha majburiyatlarning bozor narxi o`rtasidagi farq). Bu xaridorning bankni sotib olishda bankni xarid qilish uchun o`z ichiga bank ham qarzdor, ham depozitor bo`lgan mijozlar bilan ko`p yillardan beri o`rnatgan munosabatlari ham kirishini tushunib yetishini anglatadi.
Leverej – bu bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini aks ettiruvchi ko`rsatkich. U birinchi darajali kapitalning nomoddiy aktivlar qiymati, jumladan, gudvillni chiqarib tashlagan holda umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.Likvidlik – bu bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o`sishini moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag`lari darajasining pasayishini samarali boshqarishni bildiradi.
Doimiy bo`lmagan majburiyatlar istalgan vaqtda bankdan chiqib ketishi ehtimoli yuqori bo`lgan yirik depozitlar qarzlardir. Bunday majburiyatlarga odatda quyidagilar xosdir:
- nisbatan katta miqdorda bo`lishi;
- so`ndirish muddatining qisqaligi;
- majburiyatlar egalari bank bilan mazkur majburiyatlardan boshqa hech qanday bitimlar bilan bog`lanmagan bo`ladi.
Zahiralarning ortiqcha qismi - majburiy zahiralar fondiga ajratmalar miqdoridan oshadigan bank mablag`lari - bankning Markaziy bankdagi vakillik hisob varag`idagi mablag`lar qoldig`i.
Likvid aktivlar - ularning yaxshi ma’lum bo`lgan bozor narxini shakllanishini ta’minlaydigan doimiy ravishda sotiluvchi va sotib olinuvchi aktivlarning alohida turi bo`lib, banklar ularni qisqa muddat ichida sotib olishga tayyor bo`lgan xaridorni topishi mumkin. Bunday aktivlar qatoriga naqd pullar, davlat qisqa muddatli obligasiyalari, qisqa muddatli (etti kungacha) banklararo kreditlar. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari hamda fond bozori rivojlangan davlatlarining mashhur trans milliy kompaniyalarining qimmatli qog`ozlari ham yuqori likvidlikka egadir.
Nolikvid aktivlar - bu bozor narxini kotirovka bo`yicha aniqlash mumkin bo`lmagan va bu turdagi aktivlarning xarid narxi sotuvchi va xaridor o`rtasidagi kelishuv natijasida xususiy tarzda aniqlanadigan aktivlarga aytiladi. Bunday aktivlarning qiymati katta miqdordagi o`zgarishlarga uchrab turishi taqqoslashni qiyinlashtiradi. Bu turdagi aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog`ozlar bozorida kotirovkaga ega bo`lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo`lgan qimmatli qog`ozlar, asosiy vositalar va boshqalar kiradi. Tezda naqd pul miqdorini oshirish uchun nolikvid aktivlarni sotish zarur bo`lgan holda bank ularni zarar ko`rgani holda sotishi mumkin.

Download 49,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish