Mavzu : Bank tizimi – moliya tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………........2
I-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMINING SHAKLLANISH VA UNI TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY ASOSLARI..5
1.1. O`zbekiston Respublikasi bank tizimi shakllanishining nazariy asoslari va evolyusiyasi………………………………………………………………………5
1.2. Bank tizimi faoliyatini tartibga solish usullari……………………………….14
1.3. Milliy iqtisodiyot rivojida bank tizimining ahamiyati………………………21
II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK TIZIMINI RIVOJLASHTIRISHNING USTUVOR YO`NALISHLARI……………………27
2.1 O’zbekiston Respublikasi bank tizimida olib borilayotgan islohotlarning soha rivojlanishidagi ahamiyati………………………………………………………..27
2.2 Mamlakatimiz tijorat banklarining real sektorni moliyalashtirish tendentsiyalari……………………………………………………………………..32
2.3. O`zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari……………………………………………………………………….37
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………….........46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….....48
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish va uning real sektorni moliyalashtirishdagi rolini yanada oshirish mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini, aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlanganlaridek, “Bank tizimidagi islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlashda eng muhim omil bo’ldi”.
Sohani yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar hamda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida barqaror rivojlanishi ta’minlanmoqda. Natijada, bank tizimining jami kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3 foiz ko’payib, 7 trillion 800 milliard so’mga yetdi. Bu ko’rsatkich keyingi 5 yilda 2,4 barobar oshdi. Mazkur yutuqlarimiz natijasida bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3 marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko’rsatkichlardan 2 marta ko’pdir.Banklar iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar ajratish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish orqali eng muhim muammolardan biri bo’lgan bandlik muammosini yechishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.Bundan ko’rinadiki, mamlakatimiz tijorat banklari kredit operatsiyalarini tahlil qilish, mazkur sohani yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Shu bilan birga iqtisodiyotni real sektoriga kredit ajratish tizmini yanada takomillashtirish, aholi bandligini hamda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iport o’rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yida muhim hisoblanadi.Yuqoridagilarga asoslangan holda O’zbekiston Respublikasida bank tizimini rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilgan holda uni yanada rivojlantirish va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi\\ Xalq so'zi, 2015 yil 17 yanvar, b.12 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi\\ Xalq so'zi, 2016 yil 16 yanvar, b.2takomillashtirish yo’nalishlarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri deb ta’kidlab o’tishimiz mumkin.Muammoning o’rganililganlik darajasi. Banklar faoliyati hamda kredit operatsiyalari tahlili masalalari bir qator xorijiy olimlar, V.M. Usoskin, R.S.Porter, D.Polfremon, J.Dolon kabilarning ilmiy izlanishlarida ko’rib o’tilgan.Shuningdek, tijorat banklarini kredit operatsiyalari va kreditlash bo’yicha muammolari MDH davlatlari ko’pchilik olimlarida ham aks ettirilgan. Bank ishi va xususan kedit operatsiyalari nazariyasining shakllanishiga Rossiyaning M.T.Balabanov, I.A.Kiselyova, O.I.Lavrushin, V.M.Usoskin, V.E.Cherkasov va boshqa shu kabi olimlari o’zining katta hissasini qo’shgan. Rossiya Moliya Akadekiyasi professori O.I.Lavrushinning fikriga ko’ra “Banklar-iqtisodiyotning o’ziga xos “qon tomiri” bo’lib ularsiz zamonaviy xo’jalik mexanizmini tasavvur qilish mumkin emas. Bu tizimni turli xo’jalik sub’ektlari, davlat korxonalari chet el investorlari, aholining pul resurslari o’zaro muomalada bo’ladi qolmoqda” Mamlakatimizda ham mazkur sohani rivojlantirish bo’yicha ko’pchilik iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Mamlakatimiz bank tizimini takomillashtirish masalalari Mullajonov F., Abdullaeva SH.Z., Mamanova I.D., Chjen V., Abdullaeva Sh., Berjanov S., Norqobilov S. Kabilar tomonidan o’rganilgan. Sohani rivojlantirish borasida ko’plab imliy izlanishlar olib borilayotgan bo’lishiga qaramasdan yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo’lib, mamlakatimiz tizimini shakllanishini tahliliy o’rganish asosida sohani yanada barqaror rivojlatirish istiqbollarini ta’minlashga xizmat qiladigan, imliy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishi vazifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |