Mavzu : aniqlovchi va uning ifodalanishi. Reja


Kirish so'z va kirish birikma



Download 50,1 Kb.
bet10/14
Sana01.07.2022
Hajmi50,1 Kb.
#722346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ANIQLOVCHI VA UNING IFODALANISHI .

Kirish so'z va kirish birikma


So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga yoki uni ifoda qilish usuliga bo'lgan munosabatini bildiruvchi so'z va so'z birikmasi kirish so'z yoki kinsh birikma deyiladi. Masalan; Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.(H.O.)
Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Misollarni solishtiring: Afsuski, shu choq hovlida uning kichik nevaralari yo'q ekan. (O'.U.)- Albatta, har bir talaba fan yutuqlarini puxta egallash uchun qunt bilan o'qishi kerak. (Gazetadan.)
Kirish so'z va birikmalarning ma'no ifodalash xususiyatini jadvalda quyidagicha ko'rsatish mumkin.
So'zlovchining qo'shimcha fikrini alohida ta'kidlaydigan maxsus belgilar ham bo'lishi mumkin. Bu darak belgilari shaklida qo'yiladi. Masalan: "Avtor mana shu bachkana (?) munosabatlarning hammasini poyetiklashtirib tasvir etadi."Nahot poyetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo'lolsa. (M.N.)

Bir bosh bo'Iakli gaplar va ularning turlari


Tarkibida grammatik asoslaridan yo ega yoki kesimi mavjud bo'lgan gap bir bosh bo'Iakli gap deyiladi. Bir bosh bo'Iakli gaplar. bosh bo'laklardan qaysi birining ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) egasiz bir bosh bo'Iakli gaplar, 2) kesimsiz bir bosh bo'Iakli gaplar
Egasiz bir bo'lakli gaplar. Faqat kesim tarkibidan iborat bo'ladi va unda harakatni bajaruvchi shaxsni topib bo'lmaydi yoki uni kesimdan anglash mumkin. Bunday gaplar ikki turga bo'linadi: 1) egasi topilar gap, 2) egasi topilmas gap. Kesimsiz bir bosh bo'lakli gaplar atov (ya'ni nominativ) gaplar.
Egasi topilar gap. Bir bosh bo'lakli gaplarning bu turida ega bo'lmaydi, ammo uni gapning kesimidan payqab olish mumkin. Bunda asosiy e'tibor harakatni bajaruvchi shaxsga emas, balki harakatga qaratiladi. Egasi topilar gaplar ana shu xususiyatlariga ko'ra: shaxsi aniq, shaxsi noaniq. shaxsi umumlashgan gaplarga bo'linadi.
Shaxsi aniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalangan va kesimi orqali harakat bajaruvchi shaxsni topish mumkin bo'lgan bir bosh bo'lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega odatda, leksik jihatdan shakllanmaydi va unga ehtiyoj ham bo'lmaydi, chunki kesim vazifasida kelgan so'z tarkibidagi tuslovchi qo'shimchalar shaxsini aniq ko'rsatib turadi. Masalan:
Chappar urib gullagan bog'in,
O'par edim vatan tuprog'in. (H.O.)
Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi:
1. Aniqlik maylidagi fe'l bilan :
Seni bir ko'ray deb keldim,
Mehringga to'yay deb keldim (Qo'shiq.)

  1. Buyruq mayli shaklidagi fe'l bilan:Bo'lsang yigit, bo'lsang hamki chol,Qo'lingga qurol ol! (H.O.)

  2. Shart -istak maylidagi fe'l bilan:Ayb emasdir sevilsam, sevsam,Ayb emasdir seni yor desam.

Shu berilgan topshiriqlarni o' z vaqtida tugataylik!
Ko'p hollarda shevalarda ham shaxsi aniq gaplar ishlatiladi. Masalan: Do'stingdan top! Ishonmagin do'stingga, somon tiqar po'stingga. (Maqol.)
Bir hangomalashaylik. Shaxsi aniq gaplar badiiy adabiyotda, ayniqsa diologik shaklida nutqda ko'p ishlatiladi.
Shaxsi noaniq gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko'rsatib turmaydigan bir bosh bo'lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi III shaxsga qaratilgan bo'lsa ham bajaruvchi shaxs noma'lum bo'ladi. Masalan: Umr daftarini bezashdi. Yoshlik xotirasini yozilmagan oq varaq deydilar. (Sh.)
1. III shaxsning ko'plik shaklidagi fe'l bilan: Mendan senga xabar bersalar.(K.S.) Shunday chiroyli, mard yigitni buncha qiynaydilar. (O.)

  1. Birgalik nisbatdagi fe'l bilan: Ulami hozir olib ketishdi. Siznirektoratga chaqirishdi.

  2. III shaxsning birlik shaklidagi fe'l bilan: Hech bo'lmasa, alikolsa-chi? (U.) Bunday gaplar nisbatan kam uchraydi, ilmiyadabiyotlarda esa qo'llanmaydi.

Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe'l bilan ifodalanib, mazmuni umumga qaratilgan bir bosh bo'lakli gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Shaxsi umumlashgan gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifoda qilinadi.
Xalq maqollari, asosan, shaxsi umumlashgan gaplarga teng bo'ladi. Masalan: Kerilma g'oz, hunaring oz. Hurmat qilsang hurmat ko'rasan. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l. Bir tok eksang bir tup tol ek. Sayoq yursang tayoq yeysan. Shaxsi umumlashgan gaplarning bosh bo'lagi ayrim hollarda birinchi shaxsing ko'plik shaklida ham bo'lishi mumkin. Masalan: Dushmanlardan har doim ogoh bo'laylik!
Shaxsi umumlashgan gaplarda undalma, kirish so'z, kiritmalar, maqol so'z va yuklamalar qatnashmaydi.
Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, hukm ohang orqali ifoda etiladi. Bu gaplarda ohang asosiy vazifani bajaradi. Oddiy so'z ham ohang sababli gapda qo'llanadi. Atov gap yolg'iz ishlatilmaydi, undan keyin boshqa gap keladi.
Atovli gaplar quyidagicha ifoda etiladi:

  1. turli voqea-hodisalar tasvirlanadi. Fevralning oxiri. Haliizg'irin. Hali bosinqirab uxlar bog'chalar.

  2. sharoit tasvirlanadi. O'ktam yanga xurrak tortar. Tun jim,men jim. Oyqiz jim. (Sh.R.T.)

  3. ko'rsatishni ifodalaydi. Mana Qoratoy. U jamiki boylarga otbilan suvday. (O.)

  4. baholashni ifodalaydi. "Voy, bechora!" - dedi Gulsumbibibirdan.

Atov gaplar bosh kelishikdagi ot, otlashgan so'z, olmosh, son kabi so'zlar bilan ifodalanadi.

  1. Ot bilan: Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish, hamma narsao'ylangan, puxta.(U.A.)

  2. Otlashgan so'z bilan: mana beshinchilar. Hammaning diqqatimarkaziy maydonga kirib kelgan futbolchilarga qaratildi.

  3. Olmosh bilan: Mana bu. Hammaga tanish inson.

  4. Son bilan: bir. ikki. uch. olg'aintil.

Download 50,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish