Mavzu : amir temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati. Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Download 54,32 Kb.
bet1/4
Sana06.07.2022
Hajmi54,32 Kb.
#745979
  1   2   3   4
Bog'liq
pedagogika Nosirova Madinaxon 20.06 a



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM USLUBIYOTI YO’NALISHI
UMUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN
MUSTAQIL ISHI

MAVZU : AMIR TEMUR O’GITLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI. ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI.

BAJARDI: 20.06 “A” – GURUH TALABASI NOSIROVA MADINAXON
QABUL QILDI: XALLOQOVA M

Farg’ona- 2022


Mavzu: Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati.


Reja:

  1. Movaraunnahrda Amir Temurning markazlashgan davlatining paydo

bo’lishi va uning ilm-ma’rifatning taraqqiy etishidagi roli.
2. ,,Temur tuzuklari” asari. Asardagi ma’naviy va ma’rifiy qarashlar.
3. Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati.

Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davomida Movarounnahr mo’g’ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan - madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo’g’ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo’lgan intilish g’olib keldi. Mo’g’ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo’zg’aldi, Samarqand va Xurosonda esa sarbadorlar qo’zg’olonlari ro’y berdi. Natijada sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.


XIV asrning o’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar o’rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o’rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo’linib ketdi. Beklar va amirlar o’rtasida o’zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va talon-tarojlar iskanjasida qoldi.
Shunday og’ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og’ir yukini Amir Temur o’z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og’ir kurashdan so’ng mamlakatni mo’g’ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur say’i harakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o’rtasida nizolarga barham berildi va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog’i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feudal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o’rin egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o’rta Osiyoda Sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... Chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, muhandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng foydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, rasadxonalar, bog’u-rog’lar, madaniyat o’chog’lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o’rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo’g’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, targ’ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar
yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, AlFarg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o’rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug’orish ishlariga, shaharlar o’rtasidagi savdo yo’llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi.
Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug’atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat - tadbirkorlik, tarjimonlik, hattotlik, jo’g’rofiya va elshunoslik kabi boshqa o’nlab dunyoviy bilimlarni o’rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo’lga qo’yildi.
Amir Temur hukmronligi davrida o’rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat,
ilm-fan, xalq og’zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo’lishida muhim omil bo’ldi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqyeini munosib o’rniga qo’yish imkonidan mahrum edi. Mustaqilligimiz sharofati ila bunday noma’qulchiliklarga chek qo’yildi. Tarixni xolisona o’rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo’ldik...
Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi.
Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aklu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi».
Darhaqiqat, yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, insof-iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-kudrat zo’rlik, zo’ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda jahon ilm ahli, mashhur muarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo’shib, uni e’zozlab, ulug’lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar.
«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qat’iy nazar barobar hurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo’lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan.
U yoshligidan boshlab o’z oldiga ona yurtni mo’g’ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga mashhur qildi.
Buyuk bobokalonimiz har vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi», degan hikmatli so’zni takrorlashni xush ko’rgan va hayotda o’zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o’gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya.
Tarix fanlari doktori professor Ashraf Ahmad Sohibqiron Amir Temurning o’zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar:
Birinchi sifat: «Men sifatlarimning eng avvali deb beg'arazlikni tushundim. Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim, hech bir kimsani boshqasidan farq qilmasdi, boyni kambag'aldan ustun qo'ymadim».
Ikkinchi sifat: «Men har doim Islomga qat'iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug'langan' shaxslarga hurmat bilan qaradim».
Uchinchi sifat: «Men kambag'allarga ko'p xayr-ehsoi qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to'g'ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim».
To'rtinchi sifat: «Xaloyiqqa rahm> qildim, barchaga naf' yetkurdim. Bunda birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yoshim so'rab qolganlarni ko'kragidan itarmadim. Qur'ondagi parvardigorning Allohning amriga bo'ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini: o‘zimga farz bilib, uqib oldim va umr bo'yi barcha yumushlarimda unga amal qildim».
Beshinchi sifat: «Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim. Avval tangriga itoatni ado etib bo'lgandan keyingina kundalik ishlarga qo'l urdim».
Oltinchi sifat: «Barcha so'zlarimda doim haqiqatgo'ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagi eshitganlarimdagi haqiqatni yolg'ondan ajrata bildim».
Yettinchi sifat: «Men har kimgaki, va'da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va'daga xilof ish qilmadim. Men doimo va'dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo'lishimni va kimsaga jabr yetkazmasligimni angladim».
Sakkizinchi sifat: «Doimo o'zimni Allohning yerdagi mulkining posboni -deb bildim va parvardigorning iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar yetkazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham bardek xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo'lishga intilmadim va, shuningdek, hech qachon ko'proq boylik orttirishga harakat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir, Husayn bilan bo'lgan voqea menga ibratli bo'ldi. O'z fuqarolarining mol mulkiga nisbatan ochko'zligi pirovardida uni halokatga olib keldi».
To‘qqizinchi sifat: «Men har doim tangrining amrini va uning payg'ambar Muhammad alayhissalomning hadislarini to'la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo‘sinlariga butkul amal qildim va nopok ishlardan butun vujudim bilan o'zimni tiydim. Payg'ambar va uning sahobalarini o'zimning yagona va eng yaxshi do'stlarim deb bildim».
O‘ninchi sifat: «Men har doim insof bayrog'ini baland ko'tardim va iymon tarqatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug'ilgan deb ishonganman. Shuning uchun mustahkam qudratga tayangan qudrat, buyuk bo'ladi».
Un birinchi sifat: «Men doim saidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e'zozlardim. Bu kishilarni doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasidan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. Shuning uchun menga nisbatan xalqning mehri baland edi va hamma mendan minnatdor edi».
Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra Sohibqiron Amir Temur o'gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o'rganish maqsadga muvofiqdir:
a) din va shariat;
b) davlat va uni idora etish;
v) kengash o'tkazish;
g) podsho va vazirlar.
Axloq va odob haqidagilarga quyidagilar kiradi:
— adolat va adolatsizlik;
— so'z va ishning birligi;
— do'st va dushmanlik;
— botirlik va qo'rqoqlik;
— so'z va shirinsuxanlik.
Amir Temur o‘git-nasihatlarini yuqoridagicha taxminiy guruhlarga ajratish, bu o'gitlar va nasihatlarni kelib chiqish sabablari va ularni mohiyatini chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o'git-nasihatlar.
Amir Temur o'z faoliyatida Islom dini va shariat qonunlariga qattiq amal qilgan. Buning asosiy sababi islom dini va shariat qonuilariga xalqning e'tiqodi nihoyatda baland bo'lishidir.
Amir Temur o'zining yoshligida Shayx Xo'ja Zayniddin Abubakrni avliyo ota deb bilgan. Allohning izni bilan u piri Said Barakaning duoni fotihalaridan so'ng Movarounnahrning amiri deb e'lon qilingan (771 yil, 10-ramazon. 1369 yil, 8-aprel).
«Qaysi mamlakatda dindan qaytishlik ilxod va zindiqlik kuchaysa va u diyorning aholisi sipohi raiyat turli maslakka kirib ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning halokati yaqindir».
«Avliyolar, din peshvolarining mozorlari va maqbaralariga vaqfdan mablag' ajratsinlar. U yerlarni gilam, taom va chiroq bilan ta'minlasinlar».
Amir Temur Arslon bobo mozorini (bu zotni Ahmad Yassaviy o'z piri deb hisoblagan). Turkistondagi Ahmad Yassaviy qabrini doimo ziyorat qilib turgan. («Turkiston» gazetasi,20 oktabr, 1992 yil.)
«Agar yerda va ko'kda ikki xudo bo'lsa, jahonning ishi buzilur».
Davlat va uni idora etish. Kengash o'tkazish.
Amir Temur davlat ishlarini idora etish qoidalarini o'zining «Tuzuklari» da batafsil bayon etgan. «Tuzuklar» ning yozilishi haqida har xil fikrlar mavjud. Ba'zilar «Tuzukni» Temur yozgan desalar, ba'zilar uning kotiblari yozgan deydilar. «Tuzuk»lar XVlI asrda fors-tojik tilida boshqa solnomachilar tomonidan yozilgan degan taxminlar ham bor.
Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sining 90—91 sahifalarida «Manzumai turk» asari turk tilida Temur bosh devonida yozilgan va Temur tomonidan tahrir etilgan deb yozilgan (I. Mo'minov. «Amir Temurning Urta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli».
Amir Temur fikricha, mamlakatni adolatli va qonunlar asosida boshqarish lozim. Albatta, Temur adolatni o'z sinfiy-siyosiy manfaatlari negizida tushungan. Mulkdor sinflar hokimligini saqlash yo'lida talqin qilgan hamda davlat boshqaruv shakllarini yana ham ixchamlab, mehnatkash kosib va dehqonlar faoliyatini bir tizimda turish choralarini amalga oshirgan.
Amir Temur saltanat ishlarida 4 narsaga amal qilgan, ya'ni; 1) kengash; 2) mashvarat-u maslahat; 3) qat'iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik; 4) ehtiyotkorlik.
«Davlat ishlarining to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qattiqqo'llik bilan bajo keltirilur».
«Bir ishga kirishmay turib, undan qutulish yo'llarini mo'ljallab quy...»
«Sipohni ikkilantiradigan (turumsiz) kengashni eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim... Lekin, aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida, o'ylab ko'rgach, to'g'ri va savoblirog'ini tanlab olardim...»
«...Biron ishni qilmoqchi bo'lsam, kengashib olib, keyin Qur'on hukmi bilan ish qilur edim». («Amir Temur o'gitlari»).
«Har bir tabaqaga adolatli chegara belgila, o'shanda davlat boshqaruvda adolat, aql hukmronlik qiladi»,— der edi Temur.
Podsho va vazirlar haqida o'git-nasihatlar Amir Temur «Tuzuklari»ning 2 -bandida davlat ishlarini adolatli boshqarish uchun vazir saylash kerakligi aytiladi. U davlat ishlarini o'z vazirlariga ishonib topshirar edi...
«Asli g'animni imonga kiritgin». «Til qilichdan o'tkir». «Bir kalima shirin so'z qilichni qinga kiritar»,— deb ta'kidlardi Sohibqiron.
Bu o'git Sohibqironning o'z tajribasida sinalgan.
Shunday qilib, Amir Temurning pand-nasihatlari podsholik va mamlakatlarni idora etish haqidagi ilmiy xulosalar bo'lib, juda katta ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Pand-nasihatlar Sohibqironning ko'p yillik va mashaqqatli hayotining mevasidir. Bular mamlakatni boshqarish, kishilarni tarbiyalash, axloq-odobga o'rgatishga oid pedagogikadir.
Sohibqiron o'z pand-nasihatlarini unga Alloh tomonidan hadya etilgan, deydi. U Movarounnahr davlatini va temuriylar sulolasini boshqarishning asosiy qonunidir. Ularga amal qilish Allohga bo'ysunish, islom diniga itoat etish, baland martabalarga erishishning asosidir. Ular Temur va temuriylar sulolasi davlatlarida ta'lim-tarbiya tizimini ham ilmiy nazariy asosidir.
«Amir Temur o'gitlari» risolasida haqqoniy ta'kidlanganidek, Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoya katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtira oldi,
Markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator halqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni (1389—1402) tor-mor keltirib (1402), Usmonli turklarning istibdodiga tushib qolgan Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag'ishladi. O’rda xoni To'xtamishni (1376-1395) ikki marta (1391—1395) tor-mor keltirib, Prusiyaning mo’g’ullar hukmronligidan: qutulishini qariyb: 300 yilga tezlashtirdi.
Uchinchidan, Turkiston zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. Amir Temurning sa'y harakati bilan obod etilgan shaharlar, kasabalar, qishloqlarni Shahrisabz, Buxoro, Yassi (Turkiston)
shaharlarida qad ko'targan imoratlar.

Axloq va odobga oid o’git-nasihatlar.


,,Buxoro tarixi” kitobining muallifi Narshaxiyning izdoshi- Sharofiddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma” asarida yozilishicha Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g’amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi ,,Rosti-durusti” edi. ,,Haqiqat-sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat demakdir”.

Download 54,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish