Ikkinchi bosqich - g‘ildirak sxemasini jiddiy o‘zgartirish. Ikkinchi bosqich - g‘ildirak sxemasini jiddiy o‘zgartirish. Abadiy dvigatelni tayyorlash uchun qandaydir konstruksiyani ishlab chiqa olishiga ichki ishonch, Leonardo da Vinchini barchaga ma'lum "abadiy g‘ildirak"larning sxemalariga ongli ravishda jiddiy o‘zgartirishlar kiritish orqali ijobiy natijaga erishishga undadi. Bunday urinishlarning "iz"larini, uning qaydlarida uchratish mumkin. Undagi umumiy g‘oyani ham anglash oson - aylanish momenti nosimmetriyasigai qo‘shimcha fizik effekt yordamida erishish. Shu tarzdagi sxemalardan biri, 2-rasmda keltirilgan. Undagi g‘ildirakning pastki qismi suvga botib turishi va uning ostki qismiga ta'sir qilayotgan suvning itarib chiqaruvchi kuchlari qo‘shimcha fizik effektni hosil qilishi kerak edi
Do'stlaringiz bilan baham: |