Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat:
Printer
Skaner
Modem
Multimedia vositalar
Plotter
Planshet.
Printer - Kompyuterdagi ma`lumotlarni qog`ozga yozib chiqaruvchi qurilma. Printerlar ishlash printsipiga qarab quyidagilarga bo`linadi (2.12-rasm).
1. Matrichniy.
2. Purkagichli.
3. Lazerli.
2.12-rasm. Printerlar.
Matritsali printerlarda tasvir nuqtalardan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni «zarbli-matricali printer» deb atash to`g`riroqdir. Ignali (zarbli) matricali printerlarda nuqtalarni bosish, bo`yovchi lenta orqali qog`ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |