6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari



Download 26,12 Kb.
Sana26.12.2019
Hajmi26,12 Kb.
#31618
Bog'liq
Wordda hujjatni chop etish. Zamonaviy printerlarda hujjatni chop etish imkoniyatlari; chop etish parametrlarini sozlash.


6 – А

6 – B

___.11.2019

___.1.2019

6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari.

Mavzu: Wordda hujjatni chop etish. Zamonaviy printerlarda hujjatni chop etish imkoniyatlari; chop etish parametrlarini sozlash.



Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O`quvchilarga zamonaviy printerlarda chop etishning turli usullarini o`rgatish va printerlar bilan ishlash bo`yicha nazariy, amaliy ko`nikmalar hosil qilish;

Tarbiyaviy: O`quvchilarga jamoa bo’lib muammoni hal qilish malakasini shakillantirish;

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish.

Kompetensiya:

TK: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi

FOK: Axborotlarni electron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”.

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi

O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.

O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.

O’qitish vositalari:6-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Jajji bilimdon” jurnali.

Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.



Ishlash bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’quvchilar

1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa)

    1. Darsni tashkillashtish.

    2. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa)

    3. O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi:

  1. Darsga tayyorlanadi.

  2. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi.

  3. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi.

2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa)

Printerlar haqida nazariy tushuncha beriladi. Microsoft Word dasturida tayyorlangan hujjatni chop etish usullari ko`rsatib beriladi va chopetish bo`yicha amaliy topshiriqlar beriladi.

Tinglaydilar, kerakli ma’lumotlarni yozib oladilar va tushunmagan joylarida savol beradi.Berilgan topshiriqnimustaqil bajarishgan harakat qiladilar.

3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa)

O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi.

Uyga topshiriq va savollar beriladi.




  1. Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi.

  2. Vazifalarni yozib oladi.



Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish, Yo’qlamani aniqlash, Navbatchi axboroti.

Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.


  • Tayanch bilimlarning faollashtirish.,Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

  • Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Yangi mavzuni o`rganish

Chop etish qurilmalarining turlari (matritsalik, oqimlik, lazerli) haqida ma'lumotlar berish. WORD da chop etish quyidagi operatsiyalarni bajarishga imkon beradi:

- hujjatni to'liq yoki ko'rsatilgan betlarini chop etish;

- chop etishni tezlashtirish uchun hujjatning grafiksiz qora nusxasini chop etish;

- chop etish Optsiyalarining parametrlarini belgilash, masalan: hujjatning nusxalar soni;

- xatjild yoki qo'shimcha yozuv hosil qilish va chop etish;

- hujjatning alohida abzatsini chop etish.

Chop etishdan oldingi bajarilishi lozim bo'lgan operatsiya - bu hujjatni dastlabki ko'rib chiqish ekanligini ta'kidlang;

Dastlabki ko'rib chiqish tartibi - hujjatning chop etilgandagi ko'rinishini (shaklini) ko'rsatuvchi tartib. Bir yoki bir necha betni bir vaqtning o'zida ko'rish mumkin (lupa tasviri bilan). Maxsus tugma yordamida ko'rib chiqishning masshtabini o'zgartirish (tugma bosilgandan keyin) yoki tahrirlash va formatlash mumkin.

Hujjatni dastlabki ko'rib chiqishni o'rnatish jarayoni:

- uskunalar panelidagi "Ko'rib chiqish" tugmasini bosish yoki "Fayl" menyusidan "Ko'rib chiqish" buyrug'ini tanlash;

- dastlabki ko'rib chiqish uskunalar paneli yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin;

- bir varaq tugmasi - ekranda hujjatning faqat bitta varag'i hosil bo'ladi;

- to'rtta varaqli tugma. - bir vaqtning o'zida ikkita yoki ikki juft varaqni ko'rsatadi (Jadvalni joylash tugmasi bilan ishlashni eslatadi), nechta ko'rsatsangiz - ekranda hujjatning shuncha beti ko'rsatiladi;

- matn qismining kattalashtirilgan tasvirini ko'rish - aniqroq ko'rish lozim bo'lgan joyga "sichqoncha"ni joylab, uning chap tugmasini bosish (oldingi ko'rib chiqish tartibiga qaytish uchun tugmani yana bir marta bosing);

-hujjatga o'zgartirishlar kiritish (formatlash yoki tahrirlash) uchun - lupa (zarrabin) tasvirli belgi ustida "sichqon"ning chap tugmasini bosish;

- hujjatni chop etish uchun - "Chop etish" tugmasini bosing (printer tasvirlangan tugma);

- ko'rib chiqish rejimidan chiqish - "Yopish" tugmasi.

hujjatni chop etish:

Printeringiz ishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qiling ("Ishga tushirish" menyusi, "Sozlash" menyusi).

Chop etish oldidan printerni tayyorlash:

- "Optsiyalar" buyrug'ini tanlang (Servis menyusi);

- Chop etish qo'shimcha varag'ini tanlang;

- bir yoki bir nechta Chop etish optsiyalarining parametrlarini o'rnating;

- qora hujjatning qora varag'ini chop etadi (masalan, grafik va boshqa joylashtirilgan ob'ektlar chiqmasligi mumkin;

- teskari tartib - betlarni teskari tartibda chop etadi (masalan, 1 dan 10 gacha emas, balki 10 dan 1gacha);

- fonli chop etish - hujjatni chop etish jarayonida WORD bilan ishlashni davom ettirish imkonini beradi;

- chizilgan ob'ektlar grafik ob'ektlarni chop etadi.

Printer uchun qog'oz manbaini sozlash:

- "Bet parametrlari" buyrug'ini tanlang ("Fayl" menyusi);

- qog'oz manbaining qo'shimcha varag'ini tanlang;

- Birinchi bet menyusida qog'oz manbaini tanlang (qo'lda chop etish uchun varaq foydalanuvchi tomonidan beriladi, avtomatik - maxsus qurilma tomonidan beriladi va hokazo);

- "Qo'llash" menyusida "Hamma hujjatga" buyrug'ini tanlang;

- OK tugmasini bosing.

Chop etish:

Chop etish jarayonining bir necha usuli mavjud:

a) uskunalarning standart panelidagi chop etish tugmasi bosilsa, hujjat bir nusxada chop etiladi;

b) "Fayl" menyusidan "Chop etish" buyrug'ini tanlang, keyin quyidagi amallardan birini bajaring:

- kursor turgan betning o'zini chop etish uchun betlar Diapazoni guruhida Joriy bet tanlang;

- Matnning ajratilgan qismi (chop etishdan oldin matn qismi ajratilgan bo'lishi shart ekanligini eslating), betlar Diapazoni buyrug'ida ajratilgan lavhani tanlang;

- hujjatning bir necha beti: betlar Diapazoni guruhida betlarni tanlang, kiritish satrida betlarning tartiblarini " , " orqali yoki betlar diapazonini " , " orqali kiriting;

- to'la hujjat - "Chop etish" menyusi "Hujjat"ni tanlang, betlar Diapazoni guruxida "Hammasi"ni tanlang;

- to'liq hujjatning bir nechta nusxasi - nusxalar maydonida hujjatning kerakli nusxalari sonini kiriting;

- OK tugmasini bosing.



Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.



Uyga vazifa berish:

Microsoft Word xujjatlarni formatlashni o`rganish.


MFBDO’: __________________ D.T.Davidova
Fan o’qituvchisi: ____________________ M.Mirg`iyozov
Download 26,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish