. Yugurib kelishning
o‘zini shartli ravishda uch qismga ajratish
mumkin: yugurishning boshlanishi, yugurish tezligini olish, depsinishga
tayyorlanish.
Yugurib kelishning boshlanishi
har xil bo‘lishi mumkin. Asosan, sportchilar
quyidagi variantlardan foydalanadilar: turgan joyidan va yetib kelgan (yoki yugurib
kelgan) joyidan, shuningdek, tezlikni asta-sekin olish va keskin (sprintercha)
boshlash bilan. Yugurib kelishning boshlanishi katta ahamiyatga ega, chunki
yugurish sur’ati va maromini belgilab beradi. Sportchini yugurib kelishni standart
tarzda boshlashga va oldindan tayyorgarlik ko‘rmasdan turib uni o‘zgartirmaslikka
o‘rgatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |