8-rasm. Yugurib kelib uch hatlab sakrash
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rganishda va maxsus yuklamalarni
bajarganda bo‘g‘imlarning mushaklarga qaraganda sekin rivojlanishini yodda tutish
lozim. Yuklamalar noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida mushaklar va bo‘g‘imlar
rivojlanishi o‘rtasida tafovut hosil bo‘lishi mumkin.
Murabbiylar kuzatishiga ko‘ra, uch hatlab sakrash bilan shug‘ullanadigan
qizlar (ayollar)da sakrash texnikasi guldan-gulga qo‘nuvchi kapalakni eslatuvchi
tezkor harakatdir. Boshqacha qilib aytganda, ayollar sakrashi tashqaridan qaraganda
ancha yengil va tez ko‘rinadi.
Mushak kuchi va asab mushak tizimi ko‘p martali sakrashlar yuklamasiga
qarshilik qilsa ham, ayollar uch hatlab sakrashida katta ahamiyatga ega (58-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |