bir harakat koordinatsiyasini taqozo etadi. Yerdan ko‘tarilgandan va qadam
tashlashda uchishdan so‘ng siltanuvchi oyoq pastga-orqaga depsinuvchi oyoqqa
tushiriladi. Oldinda turgan qo‘l pastga tushiriladi va boshqa qo‘l bilan birlashtiriladi;
qo‘llar tirsak bo‘g‘imlaridan to‘g‘rilanadi; keyin orqaga harakatlangan holda
yuqoriga ko‘tariladi. Sakrovchi orqaga egilgan holatga o‘tadi va shu holatda uchish
fazasining deyarli yarmini bosib o‘tgan holda go‘yo tanaffus ushlaydi. Keyin ikkala
oyoq tos-son va tizza bo‘g‘imlaridan bukilgan holda oldinga ketadi, yelkalar bir oz
oldinga egiladi, qo‘llar oldinga-pastga tushiriladi. Uchishning yakuniy qismida
oyoqlar tizza bo‘g‘imlaridan tekislanadi, qo‘llar orqaga uzatiladi. Sakrovchi yerga
3-rasm. Yugurib kelib “ko‘krak kerib” usulida uzunlikka sakrash
Texnikasi bo‘yicha eng murakkab va samarali sakrash usuli – bu “
qaychi
”
usulidir. Uning samaradorligi yugurib kelishdan depsinishga o‘tishda va uchishdagi
harakatlarda yugurish qadamining muvofiqlashtiruvchi tuzilmasi hisobiga namoyon
bo‘ladi. Bu usulning aniqroq nomi – “havoda yugurish”, chunki sakrovchi uchish
paytida 2,5-3,5 qadam tashlashlarni bajaradi.
Uchish paytida qadam tashlash holatidan (birinchi qadam) siltanuvchi oyoq
tekislanib, pastga-orqaga tushiriladi, depsinuvchi oyoq oldinga chiqariladi.
Siltanuvchi oyoq harakatni davom ettirgan holda orqaga harakat qiladi, tizza
bo‘g‘imidan bukiladi, depsinuvchi oyoq esa tizza bo‘g‘imidan bukilgan holda soni
bilan oldinga chiqariladi (ikkinchi qadam). Shundan so‘ng tizza bo‘g‘imidan
bukilgan siltanuvchi oyoq oldinga chiqariladi va depsinuvchi oyoqqa biriktiriladi.
Keyin ikkala oyoq tizza bo‘g‘imidan tekislanadi va yerga tushishdan oldingi holatni
egallaydi. Qo‘llar yon tomon orqali aylanma harakatlarni bajaradi. Siltanuvchi oyoq
pastga tushirilgan paytda unga teskari bo‘lgan qo‘l pastga tushiriladi, boshqa qo‘l
esa yuqoriga ko‘tariladi. Depsinuvchi oyoq oldinga chiqarilgan paytda unga teskari
bo‘lgan qo‘l ham oldinga chiqariladi, boshqa qo‘l esa orqaga uzatiladi. Siltanuvchi
oyoqni depsinuvchi oyoqqa birlashtirishda qo‘llar pastga tushiriladi va yerga
tushishdan oldin orqaga uzatiladi (4-rasm).
4-rasm. Yugurib kelib “qaychi” usulida uzunlikka sakrash
Yerga tushish
. Sakrashning bu yakuniy qismi uning uzoqligi uchun katta
ahamiyatga ega. Yerga tushishga tayyorlanish uchishning oxirgi qismida,
sakrovchining UOM depsinish vaqtida uning balandligiga tushgan paytda
boshlanadi.
Sakrovchi oyoqlarini tizza bo‘g‘imidan tekislaydi, yelka oldinga uzatiladi,
tirsak bo‘g‘imidan bir oz bukilgan qo‘llar imkoni boricha orqaroqqa uzatiladi. Yerga
tushish samarali bo‘lishi uchun oyoqlarni shunday ushlab qolish kerakki, ularning
uzunasiga (bo‘yiga) o‘qi yerga tushish sathiga nisbatan o‘tkirroq burchak ostida
bo‘lishi kerak (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: