Mavzu : " Xamsat ul mutahayyirin " da Abdurah -mon Jomiy timsoli



Download 24,28 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi24,28 Kb.
#679582
Bog'liq
Xamsat ul - mutahayyi-rinda Jomiy timsoli


Mavzu : “ Xamsat ul - mutahayyirin “ da Abdurah -mon Jomiy timsoli


Reja :
1 . “ Xamsat ul - mutahayyirin “ haqida
2 . “ Xamsat ul - mutahayyirin “ dagi hikoyatlar sharhi
3 . “ Xamsat ul - mutahayyirin “ da Abdurahmon Jomiy timsoli

Alisher Navoiy butun hayoti va ilmiy – ijodiy faoliyati davomida ko’plab insonlarni o’ziga ustoz deb bilgan , g’oyatda hurmat bilan qaragan, qadrlagan , e’ zozlagan ulardan ham ham ehtirom ko’rgan. Ular ichidan Navoiy faqat bir insonni o’ziga “ pir “ deb bilgan, ota sifatida ulug’lagan. Shubhasiz, bu inson hazrat Abdurahmon Jomiy bo’lgan. Shuning uchun ham shoir - ning aksariyat asarlarida ustozni ta’rifu tafsif etadi, unga alohida satrlar bag’ishlaydi. Navoiy ustozi vafotidan 2 yil o’tganidan keyin , ya’ni 1494 - yili u haqida maxsus “ Xamsat ul -mutahay -yirin “ asarini yozadi.


Navoiy o’z asarlarida piri va ustozini qancha madh etmasin , baribir , bu ikki buyuk ijodkor o’rtasidagi haqiqiy munosabatlar aynan “ Xamsat ul - mutahayyirin “ da yanada yorqinroq namoyon bo’ladi. Chunki bu asarda avvalo real voqealar , ikki shaxs o’ratasidagi o’zaro munosabatlar bor aniqligi bilan qalamga olinadi. Bundan tashqari mazkur adabiy yodgorlikda kenglik , batafsillik bor, chunki u nasriy yo’l bilan yozilgan . Navoiy dastlab o’zi tuzgan “ Badoyi ul - bidoya “ debochasi, “ Xazon ul - ma’oniy “ tarkibiga kiruvchi “ G’aroyib us - sig’ar “, “ Navodir ush - shabob “ , “ Badoye ul - vasat “ , “ Favoyid ul -kibar “ devonlaridan joy olgan she’riy asarlarida , “ Sittayi zaruriya “ debochasida va undagi qasidalarda ustozini madh etadi . “ Devoni foniy “ da Jomiyga tatabbu’ lar bitib , uning tavrida ham g’azallar yozadi. “ Mahbub ul - qulub “ , “ Muhokamat ul - lug’atayn “ va “ Mezon ul - avzon “ da ham ustozini qayta - qayta yodga oladi.
“ Xamsa “ ning har bir dostonida unga maxsus bob bag’ishlab , “ Majolis ul - nafois “ tazkirasida ham Jomiyni alohida ta’rifu tavsif etadi. Biroq ular orasida “ Xamsat ul - mutahayyirin” alohida ajralib turadi . Chunki asar, avvalambor , boshdan oxirigacha Jomiyning tavsifiga bag’ishlangan .
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ ning kompozitsiyasi ham juda o’ziga xos . Asar – asosan , Muqaddima , uch maqolat va Xotimadan ya’ni besh qismdan iborat. Biroq uning “ Bismillo…” deb boshlanuvchi alohida kirish qismi ham bor.
Beshta asosiy bob tarkibiga kirmagan “ Bismillo … “ kitobxonga o’ziga xos tarzda yo’l ko’rsatkich vazifasini bajaradi .
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ dagi boblar sharhi :
“ Bismillo … “ – hamd , na’t , Jomiy madhi , asarning maqsadi va rejasi .
Muqaddima – Jomiyning tug’ilishi , nasabi , bolalik va yigitlik davri , ustozlari va piri , zohiriy va botiniy ilmda erishgan darajasi , Navoiyning bu zot bilan ilk bor uchrashgani haqida yoritilgan.
Avvalgi maqolat – ikki ijodkor o’rtasidagi nozik ustoz - shogirdlik munosabatlarini aks ettiruvchi 17 ta hikoyat .
Ikkinchi maqolat – Jomiy va Navoiy o’rtasidagi turli yozishmalar va ular bilan bog’liq voqealarni qamrab olgan 13 ta hikoyat .
Uchinchi maqolat – Jomiy asarlari ro’yxati ( jami 37 kitob va risola sanalgan ) , shuningdek ikki buyuk ijodkorning bir- biriga adabiy ta’sir etishi natijasida dunyoga kelgan asarlar . Jami 12 masala.
Xotima – Navoiy Jomiy huzurida o’qigan va ta’lim olgan kitob va risolalar ro’yxati, Jomiyning karomatlari bilan bog’liq 5 hiko -yat , Jomiy vafotining tavsilotlari , Navoiyning ustoziga atab yozgan marsiyasi kabilarni o’z ichiga oladi.
Navoiy buyukligining o’ziga xos jihati shundaki , bu qalam sohibiga nazmda ham , nasrda ham tengsiz asarlar yaratish qobilyati ato qilingan edi. Asarda Jomiy siymosini aks ettirishda butunlay o’zgacha yo’ldan boradi. Ustozi va pirini ta’riflashda turli jimjimador , mubolag’aga boy so’zlar , ifodalardan maksimal darajada qochadi. Hayotda o’zi ko’rgan , bilgan voqealarni o’ta aniq qilib ifodalaydi. Hayotiy haqiqatni borligicha aks etttiradi.
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ – G’arb atamashunosligi atamasi bilan ifodalaganda agiografik asar hisoblanadi. Chunki unda diniy - tasavvufiy jihatdan komil shaxs madh etiladi. Navoiy bu asarda Jomiy faqat ustozi bo’lgani uchun emas, balki komillikka yetgan tasavvuf vakili va o’zining piri bo’lganligi uchun ta’rifu tavsif etadi. Ana shu jihatlari bilan asar mumtoz adabiyotmizdagi “ manoqib “ janriga mansub.
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ ning o’ziga xos tomonlari :
1 ) Navoiy Jomiyning butun hayotini to’liq emas, balki uning o’zi ko’rgan – bilgan jihatlarinigina yoritishni maqsad qiladi ;
2 ) Faqat o’zi ishongan , guvoh bo’lgan voqealarni bayon etadi ;
3 ) Asarda qahramonning emas, balki muallifning unga bo’lgan munosabati , fikr - mulohazalari birlamchilik qiladi.
Navoiyning “ Xamsat ul - mutahayyirin “ , “ Holoti sayid Hasan Ardasher “ , “ Pahlavon Muhammad “ asarlari bir – biridan farqli xususiyatlari bilan ajralib turmasin , uchalasi ham bir tipdagi va aynan bir janrdagi asarlar hisoblanadi. Bu uch asarni bugungi kundagi janrlar bilan muqoyasa qilinsa , ular badiiy publisistika -ning ocherk hamda tarixiy biografik essega juda yaqin turadi. Esse dastlab Yevropa adabiyotida shakllanib , takomillashgan bo’lsada , Navoiy bu uch asarini esse janrining o’zbek adabiyotidagi dastlabki na’munalari deyish mumkin. “ Xamsat ul - mutahayyirin “ qolgan ikki asar kabi “ Holoti Abdurahmon Jomiy “ deb nomlanmagan. Buning sababi Zayniddin Vosifiyning “ Badoye ul - vaqoe “ asarida bayon etilgan. Unda “ Xamsayi mutahayyira “ ( “ Hayratlanarli beshlik “ ) hikoyati keltirilgan . Unda keltirilishicha “ Xamsayi mutahayyira “ silsilasining boshlig’i Abdurahmon Jomiy bo’lgan. Bu hayratlanarli beshlikka yana Mavlono Kamoliddin Shayx Husayn , kashf sohibi – Mavlono Shamsiddin , Mavolono Dovud, Mavlono Mu’in Tuniylar kirishgan. Zayniddin Vosifiy bu beshlikni sanar ekan : “ Biror aql egasi bularga oltinchi bo’lib qo’shila olmadi “ 1 - deb yozadi . Navoiyning ham Jomiy haqidagi asariga “ Xamsat ul - mutahayyirin “ deb nom berishi ham bevosita shu nom bilan bog’liq .
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ da Abdurahmon Jomiy va Navoiy munosabatlarining turli tomonlari aks etgan . Jumladan asarda muallif erinmasdan ustozi huzurida ta’lim olish va foydalanish yuzasidan o’qigan kitoblari ro’yxatini ham berib o’tadi. Bundan tashqari , Navoiy Jomiy “ Xamsa “ bilan “ Haft avrang “ ni qiyoslash yo’li bilan ovoz chiqarib o’qiganda tinglaganini , shuningdek , ba’zi risolalar Jomiy oldida o’qilmagan bo’lsa ham , ulardagi ayrim murakkab joylarini ustozdan so’rab turganini yozadi. Jomiy va Navoiy o’rtasida o’ta kuchli adabiy aloqa bo’lgan . Bu “ Xamsat ul - muatahayyirin ” ning har bir sahifasida aks etib turadi. Navoiy Jomiyning turtkisi bilan ko’plab asarlar yaratgan bo’lsa , o’z o’rnida ustozi ham shogirdining da’vati bilan yirik - yirik asarlarga qo’l uradi. “ Xamsat ul - mutahayyirin “ ham Jomiy , ham Navoiy hayoti , faoliyati ayniqsa, ijodini tadqiq etishda birdek xizmat qiladi. Bu esa mzakur asarning qadr - qimmati yuksak ekanidan dalolat beradi.
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ da Jomiy timsolining yoritilishi :
Mavlidam Jomu rashhai qalamam,
Jur’ai jomi shayx ul - islomist .
Lojaram dar jaridai ash’or ,
Ba du ma’ ni taxallusam Jomiyst.
Qit ‘ aning mazmuni :
Tug’ilgan joyim Jom va qalamim tomchisi Shayx ul - islom ( Ahmadi Jomiy nazarda tutilyabdi ) jomidan bir qatradir. Bino – barin , she’rlar daftarida har ikki ma’noda ( bu yerda Ahmadi Jom ta’limotining ta’siriga hamda u siymoning ham Jom viloyatida tavallud topganiga ishora qilinmoqda ) taxallusim Jomiydir. Avvalo , Jomiy Navoiyga ikki ma’noda rahnamo edi. U ham ilm va adabiyotda ustoz, ham tariqatda piri edi. Lekin bu tushuncha ko’p hollarda uyg’unlashib ketgan. Masalan, “ Xamsat ul -mutahayyirin “ ning “ Uchinchi maqolat “ ida shunday deyiladi : “ Ul vaqtdakim , faqir alar xizmatida sufiya ramuzi ishorot va alfozu iborot istilohin o’tkarur edim, hazrati qutb ussolikin Shayx Faxriddin Iroqiy sirrihunning “ Lama’ ot “ i orzusi xayolg’a ko’p evrulur edi . Bir kun taqrib bila bu ma’nini izhor qildim. Alar dedilarkim : “ Tariqat mashoyixining forsiy kutub va rasoili oz mutolaa qilubdur , ammo chun havasning bor, andoq bo’lsun . To ulkim, ul sharif kitobni faqirg’a sabaq ayturg’a murtakib erdilar har kun sabaqda xushhol bo’lub ta’rif qilurlar erdi “. Yuqoridagilardan ma’ lum bo’ladiki Navoiy Jomiydan haqiqiy ma’ noda soda qilib aytganda , yuzma - yuz o’tirib ta’lim olgan. Pirlik va ustozlik uyg’unlashib ketgan , deylishining sababi shundaki , Navoiy Jomiydan o’rgangan asarlarining ba’zilari badiiy , ayrimlari ilmiy bo’lgani bilan ularning aksariyati tasavvuf masalalariga bag’ishlangan edi . Yuqorida keltirilgan matnda ham aynan Jomiyning “ Ashi’ at ul - lama’ ot “asarining paydo bo’lishi hikoya qilingan . Ustoz shogirdiga ta’lim berish jarayonida yana bir asar yaratadi . Ya’ ni Shayx Faxriddin Iroqiyning “ Lama’ ot “ iga maxsus sharh bitdi. Aynan shu yerda o’zaro adabiy ta’sir namoyon bo’ladi. Bu ikki buyuk shaxs o’rtasidagi ustoz - shogirdlik munosabatlari ham ana shu kuchli adabiy ta’sir ko’rinishi sifatida tasvirlanadi .
“ Xamsat ul - mutahayyirin “ da Jomiyga shunday ta’ rif beriladi : “ Bu nav sohib davlati buzrugvor va bu yanglig’ sohib kamoli nubuvvat kirdor bu xokisori parishon ro’zgorni azim iltifotlari bila sarbaland va g’arib navozishlar bila anjumand qilib , abnoyi jinsim aro sarafro’z , balki jinsi bashardin mumtoz qilur erdilar “. Bu yerda Navoiy ustozini : “ Valiylikning oliy hazrati , Alloh sirlarini kashf etuvchisi , yashirin ishoralar va alohida sirlar olami , payg’ambar davomchisi sifatidagi alloma , tariqat elining peshvosi va imomi , muqaddas guruhning serg’ayrat arbobi va shayxul islomi , haq va dinning nuri “ – deb ulug’laydi.
Jomiy she’ riyat bilan doim shug’ullangan va san’ atkorona mahoratini oshirib brogan. Navoiy ustozining adabiy faoliyati va hayot tarsi haqidagi turli voqealarni hikoya qilib o’tadi . Jomiy oddiy inson bo’lib , oddiygina kiyinib yurgan . Uning odamlar orasida o’zini qanday tutushi haqida Navoiy “ Xamsat ul - mutahayyirin “ da quyidagilarni yozadi :
“ Alarning kamoloti ovozasini eshitib , yiroq yo’llar qat qilinib, muborak suhbatlariga Musharraf bo’lurg’a kelganlar alarni ashob orasida g’oyat betayinlikdin mutlaqo tanimas edilarkim , o’lturur – ko’parda , aytmoq – eshitmoq va yemak kiymakda o’zlari bila soyir mulozimlari orasida tafovut yo’q erdi. Kishi ulumi zohirdin va ma’naviydin bir mas’ ala ilqo qilmag’unicha hargis alardin ul qobilyat va istiqroni ma’lum bo’lmadi “ . Hazrat Navoiy Jomiyning umr yo’li bilan bog’liq ma’lumotlarni keltirib , ustozining Shohruh mirzo zamonidan Abusaid zamonigacha Hirot shahrida yashaganligini aytadi . So’ng avliyo Sa’ diddin Koshg’ariy mozori qoshida maskan tutadi . Shundan so’ng umrining oxirigacha shu yerda yashaydi .
Asarning ikkinchi qismi “ Avvalgi maqolot “ deb atalib Navoiy o’zi va ustozi o’rtasida bo’lib o’tgan qiziq va ibratli voqealar , ma’naviy suhbatlar xususida ma’lumot beradi . Jomiy Xusrav Dehlaviyning “ Daryoyi abror “ iga tatabbu tarzida yozilgan “ Lujjat ul - asror “ qasidasini yozadi va uni Navoiy e’ tiboriga havola qiladi. Navoiy qasidani o’qib g’oyat ta’sirlanadi va yo’lda unga javoban “ Tuhfat ul - afkor “ qasidasini yozganligi haqidagi voqea keltirilgan . “ Lujjat ul - asor “ asari “ Dengiz sirlari “ deb atalgan . Unda falsafiy masalalar bilan bir qatorda ijtimoiy mavzularda ham fikr yuritgan . Navoiy bu qasida haqida fikr yuritib , uning Xusrav Dehlaviyning “ Daryoyi abror “ ( yaxshilar daryosi ) qasidasiga javobiya ekanligini uqtiradi . Shunisi diqqatga sazovorki Jomiyning qasidasi , Navoiyning “ Tuhfat ul - afkor “ ( fikrlar tuhfasi ) qasidasining maydonga kelishiga sabab bo’lgan edi.
“ Uchinchi maqolat “ da Jomiy yaratgan asarlar ta’rifiga bag’ishlanib , mazkur faslni Jomiyshunoslikning poydevori deyish mumkin. Unda Jomiyning 38 asari nomi keltirilgan. “ Xotima “ da Navoiy ustozi huzurida o’qigan asarlari ro’yxatini keltiradi . Shuningdek Jomiyning xastaligi , vafoti , dafn qilish tafsilotlari ham keltirib o’tiladi . Abdurahmon Jomiy vafotidan bir yil keyin Navoiy ustozi qabri ustiga katta maqbara qurdiradi. Navoiy “ Xamsat ul - mutahayirin “ asari so’ngida Jomiy vafotiga bag’ishlangan ta’rix keltiradi :
Ta’rix budurkim :
Gavhari koni haqiqat , durri bahri ma’ rifat ,
Ko’ bahaq vosil shudu dar dil nabudash mosivoh,
Koshnfi sirri ilohiy bud beshak z-on sabab.
Mazmuni :
Haqiqat konining gavhari , ma’rifat daryosining durri,
Haqqa yetishdi va dilida boshqa narsa yo’q edi.
Ilohiy sirrning kashf etguvchisi edi, shu sababdan shaksiz ,
Vafoti ta’rixi “ koshifi – sirri iloh “ bo’ldi.
Navoiy ta’rixda zikr etilgan “ Koshifi sirri iloh “ iborasi “ U Alloh sirlarini kashf etuvchi demakdir “ ma’nosini anglatadi. Uning vafotiga yozilgan marsiya va ta’rixni o’z davrining mashhur notig’i Mavlono Husayn Voiz Koshifiy o’qiydi .
Navoiy va Jomiy buyuk asarlarini yozishga bir - birlarini hamisha ruhlantirib turganlar. Ularning samimiy munosabati , ustoz - shogirdlik an’ anasi va ulug’ insoniy fazilatlari asrlar osha ibrat bo’lib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar



1 . Alisher Navoiy “ Xamsat ul - mutahayyirin “ www. Ziyo . uz . com . kutubxonasi.
2. Alisher Navoiy “ Xamsat ul - mutahayyirin “ . Mukammal asarlar to’plami . Toshkent : Fan 20 jildlik 15 jild
3 . Internet manbalari : www . saviya . uz


1 Zayniddin Vosifiy “ Badoye ul - vaqoe “ T: G’ . G’ulom nashriyoti 1979


Download 24,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish