Ziddik munosabatini quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin:
А А-эмас
Shunday qilib, tushunchalar orasidagi munosabatlarni quyidagi grafik usulida ifodalash mumkin.
Тушунчалар
Таққосланмайдиган
Таққосланадиган тушунчалар
Sig‘ishadigan Sig‘ishmaydigan
zidlik
А А-эмас
ayniyat bo‘ysunish birga
А Б В
А
А-Б
bo‘ysunish
Б
qisman moslik qarama-qarshilik
А
А Б
А Б
Tushunchalar ustida mantiqiy amallar.
Tushunchalar ustidagi mantiqiy amallar deganda: a)tushunchalarni umumlashtirish: b) chegaralash: v) tushunchalarni bo‘lish: g) tushunchalarni ta’riflash nazarda tutiladi.
Olamning mohiyatini anglashda fikrimiz ba’zan hajmi kengroq tushunchadan torroq tushunchaga qarab harakat qilsa, ba’zan esa aksincha bo‘ladi. Ushbu jarayon mantiq fanida tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash deyiladi.
Tushunchalarni umumlashtirish. Fikrlash jarayonida tor hajmli (tur) tushunchadan keng hajmli (jins) tushunchaga qarab borish – tushunchani umumlashtirish deyiladi. Masalan, o‘qituvchi-ziyoli- inson.
Tushunchalarni umumlashtirishda yakka tushunchadan umumiy tushunchaga qarab boriladi. Umumlashtirishning muayyan chegarasi mavjud. Uning natijasida ortiq umumlashtirish mumkin bo‘lgan tushunchalar hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalar kategoriyalar deyiladi. Kategoriyalar olamdagi narsa, xodisalarning eng umumiy xususiyatlarini, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchalardir. Xar bir fan o‘ziga xos kategoriyalar sistemasiga ega. Masalan, fizikada «atom», «molekula», «energiya», «quvvat» matematikada - son, tenglama, differersional, integral va hokazo.
Umumlashtirish mantiqiy amalini quyidagicha ifodalash mumkin: Akula (A) – yirtqich baliq (B) – baliq (V) suv hayvoni (G)
Bu misolda fikr tor hajmdagi tushunchadan keng hajmli tushunchaga qarib borgan. Buni A-B-V-G mantiqiy shaklda yoki grafik usulda - Eyler doirasi tarzida ifodalash mumkin. Grafikdagi strelka A dan G ga qarab boradi va umumlashtirishni ifodalaydi.
Г
В
Grafikdagi strelka Adan Gga qarab
Б
boradi va chegaralash yo‘nalishini
А
ifodalaydi.
Umumlashtirish mantiqiy usuli tushunchalarni ta’riflashda qo‘llanadi
Tushunchani chegaralash Fikr yuritish jarayonida hajmi keng (jins) tushunchadan torroq (tur) tushunchaga tomon borish tushunchani chegaralash deyiladi. Tushunchalarni chegaralash natijasida yakka tushunchalar hosil qilinadi. Chegaralash natijasida hosil bo‘lgan tushunchalar yakka yoki «individ» tushunchalar deyiladi. Masalan, «harakat» tushunchasini shunday chegaralash mumkin: harakat (A) -mexanik harakat (B) - aylanma xarakat (V) - yer planetasi xarakati (G)
Xarakat - A
Mexanik harakat - AB
Aylanma harakat - ABV
Yer planetasi harakati – ABVG
Chegaralash quyidagi grafik usulda ifodalash mumkin
А
В
Б
г
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlash operatsiyasidir. Agar umumlashtirish orqali narsa va xodisalarning muhim, bir-biriga o‘xshash tomonlarini bilsak, chegaralash orqali esa har bir narsaning o‘ziga xos, konkret tomonlarini, ichki xususiyatlarini bilamiz.
Tushunchalarni bo‘lish. Tushunchalarning hajmi bo‘lish operatsiyasi orqali aniqlanadi. Tushunchalar xajmini aniqlash mantiqiy usuli tushunchalarni bo‘lish deyiladi.
Bo‘lish deganda tushunchalarda ifodalangan predmet, xodisalarni fikran kichik guruppalarga ajratish nazarda tutiladi. Xajmi Aniqlanadigan tushuncha bo‘linuvchi tushuncha; bo‘lish uchun olingan belgi-bo‘lish asosi, bo‘lish natijasida tushunchalar bo‘linma deyiladi. Tushunchalarni bo‘lishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak;
1. Tushunchalarni bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshiriladi. Masalan: uchburchaklar-o‘tkir burchakli uchburchak, o‘tmas burchakli uchburchak, to‘g‘ri burchakli uchbarchak.
2. Tushunchalarni bo‘lish mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Buning ma’nosi shuki, bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan tur tushunchalarining hajmi bo‘linuvchi (jins) tushuncha hajmiga teng bo‘lmog‘i lozim.
Masalan: Materiklar tushunchasi tarkibiga YevroOsiyo, Afrika, Avstraliya, Shimoliy, Amerika, Janubiy Amerika, Antarkdida tushunchalari kiradi. .
Z. Bo‘lish natijalari bir-birini istisno qilishi kerak.
Masalan: «tabiat» (A)ni bo‘lish orqali «jonli tabiat» (B), «jonsiz tabiat» (V) hosil qilinadi.
4. Tushunchalarni bo‘lishda sakrash bo‘lmasligi kerak, ya’ni tushunchalarning yaqin turini olish kerak.
Masalan: gap (A) bo‘lish orqali, sodda gap (B), qo‘shma gap (V) . Agar biz gaplarni soda va bog‘langan qo‘shma gap deb bo‘lsak, jins qolib jinsni bir turiga o‘tiladi. Bunday bo‘lishi noto‘g‘ridir.
Tushunchalarni bo‘lish mantiqiy usulni predmetlarni qismlarga ajratishdan farqlamoq lozim. Masalan, “Hafta” deganda –dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba – nazarda tutiladi. Dushanba-haftaning birinchi kuni.
Tushunchalarni bo‘lishning bir qator yo‘llari bor. Ular tushunchalarni bo‘lish usullari, deb yuritiladi. Tushunchalarni bo‘lish usullariga: a) jins tushunchalarni tur tushunchalariga bo‘lish; b) dixotomiya asosida bo‘lish; v) klassifikatsiya kiradi.
Tushunchalarni bo‘lishning eng keng tarqalgan usuli jins tushunchalarni tur tushunchalarga bo‘lish hisoblanadi. Masalan; gap bo‘laklari deganda gapning bosh bo‘laklari va bo‘laklari va ikkinchi bo‘laklari nazarda tutiladi.
Tushunchalarni hajmga ko‘ra ikkita bir-birini istisno qiluvchi zid tushunchalarga ajratish usuli ham mavjud bo‘lib, bu dixotomik bo‘lish deyiladi. Bunda tushunchalarning biri ikkinchisini istisno qiladi: Masalan, o‘qituvchilar: fiziklar va fizik emaslar.
Dixotomik bo‘lishda bo‘linuvchi va bo‘linma o‘rtasida hajm jihatdan nomutanosiblik istisno-qilinadi. Bo‘lish to‘g‘ri amalga oshirilsa,bo‘linuvchi va bo‘linma hajm jihatdan har doim teng bo‘ladi.
Tushunchalarni bo‘lishning alohida turi tasniflash-klassifikatsiyadir. Klassifikatsiya ob’ektiv olamdagi buyumlarni ifodalovchi tushunchalarni o‘xshash belgilari va farqiga qarab ma’lum gruppalarga, turlarga sinflarga bo‘lishdir.
Klassifikatsiya (tasnif)-ob’ektiv olamdagi predmetlar, xodisalar haqidagi bilimlarimizni sistemalashtirish, ma’lum bir tartibga solib o‘rganishning muhim usulidir. Amaliy ehtiyoj talablariga ko‘ra tushunchalarni bo‘lish asosini o‘zgartirish mumkin. Lekin klassifikatsiyada bo‘lish asosi nisbatan barqarorligi, doimiyligi bilan ajralib turadi.
Mantiqda klassifikatsiya ikki gruppaga: tabiiy va sun’iyga bo‘linadi. Tabiiy klassifikatsiya ilmiy tadqiqotning natijasi va muxim vositasi bo‘lib, bilish jarayonida katta axamiyatga ega. Tabiiy klassifikatsiyada predmetlar eng umumiy va eng muhim belgilari asosida Guruppalarga bo‘linadi. Ushbu usul o‘simliklarni va hayvonlarni klassifikatsiya qilishda ayniqsa keng qo‘llaniladi. Sun’iy klassifikatsiya esa tashqi belgilarga asoslanadi va turli-tuman predmetlarni, ularni aks ettiruvchi tushunchalarni tartibga solish uchun xizmat qiladi. Tabiiy klassifikatsiyaga misol sifatida Mendeleevning ximiyaviy elementlarining davriy sistemasini, O‘simliklar hayvonlar klassifikatsiyasini keltirish mumkin. Kutubxonadagi kitoblarni alfavit tartibda joylashtirish sun’iy klassifikatsiyaga misol bo‘la oladi.
G) tushunchalarni ta’riflash. Tushunchalarni ta’riflash hayotda keng qo‘llanadigan mantiqiy usuldir. Ta’riflash yordamida biz ta’riflanuvchi tushunchaning mazmunini, mohiyatini ochamiz. Odatda biror predmetni bilganimizdan keyingina uning mazmunini, asl mohiyatini aniqlab, fanga yangi atama kiritamiz. Bunga tushunchada ifodalangan predmetning asosiy belgilarini aniqlash orqali erishamiz.
Tushuncha mazmunini ifodalovchi asosiy belgilarini ochib berishga qaratilgan mantiqiy usulga tushunchalarni ta’riflash (definitsiya) deyiladi. Masalan «kvadrat» tushunchasiga ta’riflashda uning asosiy belgilari, ya’ni teng tomonli, to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakdan iborat geometirik shakl ekanligini nazarda tutamiz.
Tushunchani ta’riflash uning muhim belgilarni ochib berishni taqozo etadi. Masalan: Davlat-jamiyatni siyosiy xokimiyat yordamida maxsus boqaruv shaklidir. Tushuncha ta’rifi ikki qismdan iborat bo‘ladi.
Ta’riflanuvchi. Bu mazmunni ochilishi lozim bo‘lgan tushuncha.
Ta’rifning o‘zi bu- tushuncha mazmunini ochishga yordam beradigan belgilarni ochib berish
Tushunchalarni ta’riflash turlari deganda;
A) yaqin jins va tur orqali ta’rif;
B) nominal ta’rif;
V) genetik ta’rif nazarda tutiladi.
Yaqin jins va tur orqali ta’rifda ta’riflanuvchi tushuncha, uning tur belgisi va jinsga mansubligi ifoda etiladi.
Jamiyat o‘z-o‘zidan tashkillanuvchi, o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi ijtimoiy organizm. Bu ta’rifda mazmuni ochilish lozim bo‘lgan tushuncha – “jamiyat”, uning tur belgisi “o‘z-o‘zidan tashkillanuvchi”, “o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi”, jins ifodasi-“ijtimoiy organizm”.
Ta’rif quydagi formula (mantiqiy shakl)da ifodalash mumkin: A tur B jins + A tur.
Genetik ta’rifda tushunchada ifodalangan predmetning kelib chiqishi, uning nimadan tuzilganligi qanday shakllanganligi kabi o‘ziga xos tomonlariga e’tibor beriladi. Masalan: nutq-mehnat jarayonida yuzaga kelgan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiluvchi, insonlargagina xos bo‘lgan aloqa vositasidir.
Ta’rif real va nominal turlarga bo‘linadi.
Nominal ta’rifda tushunchani ifodalagan so‘z, nom-terminning ma’nosi bayon etiladi. Real ta’rif o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Nominal ta’rifda biologiya «bio» - hayot, «logos» - fan degan so‘zdan olingan bo‘lib, hayot to‘g‘risidagi fan desak, real ta’rifda «biologiya» - hayot qonuniyatlari va jonli mavjudotlarning o‘sishi haqidagi fandir, deymiz.
Masalan: «Informatika axborotni hosil qilish, saqlash, qayta ishlash jamiyatiga tadbiq etish yo‘llari va usullari haqidagi fan» dir ta’rifi real ta’rifiga misol bo‘la oladi.
Ta’riflashning hamma fanlar uchun zarur bo‘lgan mantiqiy qoidalari mavjud. Ularga amal qilingandagina ta’rifda aniqlikka erishiladi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat:
1. Ta’riflash teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni ta’riflanuvchi predmet hajmi bilan ta’riflovchi hajmi teng bo‘lishi kerak. Agar biz, falsafa -tabiat, jamiyat haqidagi eng umumiy bilimlarni o‘rganadigan fandir desak, bu ta’rif noto‘g‘ri, chunki ta’riflanuvchi tushunchaning xajmi ta’riflovchidan keng;
2. Ta’riflashda eng yaqin jins tushunchani olish kerak. Agar biz san’at ijtimoiy ong formasi desak, noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki «ijtimoiy ong formasi» san’atning yaqin tur belgisi emas.
3. Ta’rifda belgi faqat ta’riflanuvchi predmetga tegishli bo‘lishi va uning barcha predmetlardan farqini ko‘rsatib berishi kerak. Agar biz «baliq» suvda yashovchi jonzotdir, deb ta’riflasak, noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki yuqoridagi qoida buzilgan hisoblanadi.
4. Ta’rif inkor shaklida bo‘lmasligi, tushunchada ifodalangan narsa, hodisaning asosiy belgilari ko‘rsatilishi kerak. Masalan. «baliq» - ilon emas, deb ta’rif bersak, xato bo‘ladi.
5. Ta’riflash aniq bayon qilingan bo‘lishi kerak. Noaniqlik noto‘g‘ri ta’riflashga olib keladi.
Ko‘rinadiki, ob’ektiv olamdagi narsa va xodisalarning mohiyatini ochishda ta’riflash muhim rol o‘ynaydi.
2 . Mushohada-mantiqiy bilish shakli sifatida. Mushohadaning tuzilishi.
Insonning olam haqida hosil qiladigan bilim shakllaridan biri mushohada hisoblanadi. Mushohada predmetlar, hodisalar, ularning belgilari, xususiyatlari, munosabatlari haqidagi tasdiq yoki inkor shaklida ifodalangan fikrdir. Inson olamni o‘rganish jarayonida undagi narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni payqaydi va ular inson tafakkurida mushohada shaklida aks etadi. Mushohada tushunchalar orasidagi munosabatlardan kelib chiqadi.
Masalan: Yer quyosh atrofida aylanadi.
Xar qanday mushohada chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Agar mushohadada aks etgan aloqa va munosabatlar real Dune, undagi mavjudaloqa va munosabatlar in’ikosi bo‘lsa, bunday fikr chin mushohada hisoblanadi. Aksincha, mushohadada bildirilgan fikr borlikdagi aloqa va munosabatlarni aks ettirmasa, bunday fikr yo chalkash, yo xato mushohada hisoblanadi.
Masalan: O‘g‘rilik – jinoyat (A). O‘g‘rilik jinoyat emas (B).
Bu ikki fikrdan biri + (A) chin, ikkinchisi (B) xato.
Mushohadaning mantiqiy tuzilishi u qaysi tilda bayon etilmasin barcha uchun umumiydir. Mushohada tartibi: a) sub’ekt; b) predikat, v) kvantor so‘z va g) ayrim hollarda bog‘lovchidan iborat bo‘ladi.
Sub’ekt mushohadada aks etgan predmet yoki hodisani ifodalaydi va lotincha «subjectum» co‘zining birinchi harfi – S bilan ifodalanadi. Mushohada
Predikatida predmet, hodisaga biron bir belgining xosligi yoki xos emasligi ifodalanadi va lotincha «praedicatum» so‘zining birinchi harfi – R bilan ifodalanadi.
Kvantor lotincha “quantum” so‘zidan olingan bo‘lib, «qancha» degan ma’noni ifodalaydi. Kvantor aslida matematik mantiqda qo‘llanadigan tushuncha hisoblanadi. Mushohada tarkibida uchraydigan «hamma», «barcha», «har bir», «hech bir», «ba’zi» so‘zlar kvantor so‘zlar hisoblanadi. Kvantor mushohada predikati (R) da ifodalangan belgining sub’ekt (S) ga qay darajada, qay miqdorda taalluqli ekanini ifodalaydi.
Matematik mantiqda kvantor maxsus shartli belgi: A (teskari yozilmagan A), Ye (teskari yozilgan Ye) bilan ifodalanadi.
Masalan: “Barcha ko‘llar + suv havsizalaridir”, mushohadasining sub’ekti “ko‘llar” (S), predikati – «suv havzalari» (R) kvantor so‘z – «barcha» va bog‘lovchi «dir». Bu mushohadani «Barcha S-P dir».
Mushohadaning 2 asosiy ko‘rinishi mavjud:
A) Tasdiq mushohada. Masalan: Bahor –fasllar kelinchagi. Bu fikrni S-P dir formulasi bilan ifodalash mumkin.
B) Inkor mushohada. Masalan: Tabiat himoyasiz emas. Bu fikr S-P emasdir formulasi bilan ifodalanadi.
Mushohada gap vositasida ifodalanadi. Mushohada va gapning bog‘liqligidan ular doimo o‘zaro mos keladi, degan xulosa chiqmaydi. Mushohada-мантиқнинг ўрганиш объекти. Гап –грамматиканинг ўрганиш объекти. Мушоҳада ва гапни уларга хос хусусиятларига кўра фарқламоқ лозим.
Gap mushohadaning tildagi ifodasi hisoblanadi. Xar qanday mushohada gap vositasida ifodalanadi.Lekin har qanday gap mushohada bo‘la olmaydi. Faqat darak, xabar ma’nosi anglatgan gaplargina mushohada bo‘la oladi. So‘roq, chaqiriq, xitob ma’nosidagi gaplar mushohada bo‘la olmaydi, chunki ular na tasdiq, yoki na inkor ma’nosini anglatmaydi.
Mushohada va gap tuzilishida muayyan o‘xshashlik bo‘lsada ularni aynan biri deb bo‘lmaydi. Gap grammatik tuzilishga ega: u bosh ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Mushohada mantiqiy tuzilishga ega. Avvalo u ikki kismdan iborat. Ular mushohada terminlari deb yuritiladi.
Mushohadaning sub’ekti (S) predmetni, predikati (P) esa unga xos bo‘lgan belgi, xususiyat, munosabatlarni tasdiq yoki inkor shaklida ifodalaydi. Mushohadada mantiqiy bog‘lovchilar «dir», «emasdir», «bo‘ladi» kabilar ishtirok etishi mumkin. Mushohadada uning xajmiga ishora qiluvchi so‘zlar uchraydi. Masalan: «barcha», «har bir», «hech bir», «ba’zi». Bular yuqorida ko‘rganimizdek kvantor so‘zlar, deb nomlanadi. «Barcha kapalaklar hasharotdir» mushohadasi quyidagi tuzilishga ega: a) «kapalaklar» — mantiqiy ega (S); b) «hasharotlar»— mantiqiy kesim (R); v) «barcha» - kvantor; so‘z r) «-dir» bog‘lovchi. Mazkur mushohadani «Barcha S — R dir» formulasi orqali ifodalash mumkin.
----- Gapdagi bosh bo‘laklar (ega va kesim) mushohadaning mantiqiy egasi (S) va mantiqiy kesimi (P) ga mos kelavermaydi. Faqat sodda yig‘iq gaplar vositasida ifodalangan mushohadalardagina grammatik ega va kesim, mantiqiy S va R ga muvofiq kelishi mumkin. Buning ustiga ko‘pincha mushohada terminlari aniq ifodalanish usuliga ega emas. Ularni mantiqiy ypg‘y orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Bir xil tuzilgan gap ohang, mantiqiy urg‘u orqali turlicha mazmundagi mushohadani ifodalashi mumkin.
a) O‘zbekiston (boshqa emas) mustaqil davlat.
b) O‘zbekiston mustaqil davlat. (qanday?)
v) O‘zbekiston mustaqil davlat. (nima?)
Bu misolda bir xil gap 3 xil mushohadani ifodalagan: a) qaysi davlat? b) qanday davlat? v) nima? Shunga ko‘ra ulardagi mantiqiy ega turlicha turlicha ifodalangan.
----- Gapning grammatik tuzilishi turli xalqlarda turlicha. Mushohadaning mantiqiy tuzilishi, u qaysi milliy tilda ifodalangan bo‘lmasin, barcha uchun umumiy, bir xil. Mushohada terminlar (S,R), bog‘lovchi va kvantor so‘zdan tashkil topadi.
Mushohadada: a) predmetlarning mavjudligi to‘g‘risidagi fikr tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi (Masalan: Xarakat — mavjud); b) predmetlar bilan belgi, xususiyatlar orasidagi munosabatlar ifodalanadi (Masalan: Ayrim sonlar-juft son emas.); v) predmet — hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar aks etadi (Masalan: Xorazim vilayati Qashqadaryodan shimolroqda joylashgan).
Mushohadadalar tuzilishiga ko‘ra 2 asosiy turga bo‘linadi:
1.soddda mushohada
2.murkkab mushohada