Mavz: Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, musohada, xulosa chiqarish Reja



Download 256,48 Kb.
bet2/13
Sana16.07.2022
Hajmi256,48 Kb.
#810434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
11 мавзу. Тафаккурнинг асосий шакллари

Tushunchalarning asosiy turkimlari.
Biz tushunchalarni turlarga ajratishda ularning hajmi va mazmuniga asoslanamiz. Avvalo tushunchalarni xajm jihatdan yakka va umumiy tushunchalarga ajratamiz. Yakka tushunchalar alohida, yakka narsa, predmet yoki xodisani ifodalaydi. Masalan «O‘zbekiston» tushunchasida Markaziy Osiyoda joylashgan, mustaqillikni qo‘lga kiritib, demokratik tamoyillar asosida yuksalib borayotgan mamlakatni tushunamiz. Demak, o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan alohida narsa yoki hodisani ifodalagan tushuncha yakka tushuncha deyiladi.
Biz agar «Mustaqil davlat» degan tushunchani oladigan bo‘lsak, ushbu tushuncha «O‘zbekiston tushunchasidan farq qiladi. «O‘zbekiston» deganda dunyodagi mustaqil davlatlardan faqat birini tushunsak, «mustaqil davlat» deganda iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib, tashqi va ichki siyosat yuritayotgan davlatlarni tushunamiz. Bu umumiy tushuncha hisoblanadi.
Umumiy tushunchalar bir sinfga kiruvchi hamma predmetlarni ifodalaydi. Demak mustaqil davlat – umumiy, «O‘zbekiston yakka tushuncha».
Umumiy tushunchalarning o‘zi 2 xil ko‘rinishga ega; a) chegaralangan, b) chegaralanmagan.
Umumiy tushunchalar ma’lum miqdordagi predmetlarni aks ettirish mumkin. Bunday tushunchalar chegaralangan tushunchalar deyiladi. Masalan; Yer qit’alari; okean, qutb tushunchalari chegaralangan tushuncha hisoblanadi, chunki ularni hajmi aniq.
Hajmi keng tushunchalar chegaralanmagan tushunchalar deyiladi. Masalan; kitob, o‘simlik, nuqta, son va hakazo.Tushunchalar hajmiga ko‘ra jins va tur tushunchalarga bo‘linadi xakazo. Bir turkumga kiruvchi keng hajmli tushunchalarning jins tushunchalar, tor xajmda tushunchalar tur tushunchalar dedi.
Umumiy, jins tushunchalardan tashqari jamlovchi tushunchalar ham mavjud. Jamlovchi tushunchaning belgisi yangi belgi bo‘lib, uning tarkibiga kiruvchi, jamlanuvchilarda bu belgi uchramaydi. Masalan «o‘rmon», «majlis», «kutubxona» va hokazo. Ko‘p daraxtlar o‘sgan joy o‘rmon deyiladi.
Umumiy tushunchalar tarkibiga universal tushunchalar ham kiradi. Bilimning muayyan sohasiga oid, turkumga mansub tushunchalar universal tushunchalar deyiladi. M, zoologiyadagi «hayvonlar», botanikadagi «o‘simliklar» kabilar shular jumlasidandir.
Bunday eng umumiy tushunchalar kategoriyalar deb nomlanadi.
Tushunchalarning maxsus turi kategoriyalardir. Narsa va xodisalar orasidagi aloqa va munosabatlarning inson ongida eng umumiy tarzda in’ikos ettiradigan ilmiy tushunchalar kategoriyalar deb yuritiladi. Xar bir fan o‘z umumiy tushunchalari-kategoriyalariga ega. Falsafa fanidagi «materiya», «mazmun», «sabab», «borliq», «harakat» va boshqalar; matematikadagi «tub son», «natural son», «tenglama», «cheksiz son», «raqam», «differensial», «integral» kabilar; fizikadagi «elektr», «nurlanish», «musbat zaryad», «elektromagnit maydoni», «nisbiylik nazariyasi» va boshqalar, adabiyot nazariyasidagi «obraz», «badiiylik», «ijobiy», «salbiy» kabilar shular jumlasidandir.
Kategoriyalar insonning bilimlarining kengayishiga yordam beradi.
Mazmun jixatidan tushunchalar konkret va abstrakt turlari bo‘linadi. Real predmet va xodisalarni aks ettiruvchi tushunchalar konkret tushunchalar, deb ataladi. Masalan «uy», «kitob», «daftar», «student» kabilar konkret tushunchalardir. Chunki bu tushunchalarda ma’lum predmet xodisa aks ettirilgan.
Predmetlardan fikran ajratib olinib, mavhumlashtirilgan ma’lumxususiyat, belgilarni aks ettirgan tushunchalar abstrakt tushunchalar deyiladi. Masalan, «go‘zallik», «botirlik», «tozalik», «sharm-hayo» va hokazolar.
Tushunchalar mazmuniga ko‘ra Yana nisbatli va nisbatsiz tushunchalarga bo‘linadi. Agar bir tushuncha ikkinchi tushuncha orqali bilinadigan bo‘lsa, u nisbatli bo‘ladi. Ularga «kata-kichik», «aka-uka», «oq-qora» kabi tushunchalarni ko‘rsatish mumkin. Ular nisbatli yoki nisbiy tushunchalardir. Boshqalari –nisbatsiz tushunchalar deyiladi. Masalan; «shartnoma», «biznes», «tadbirkorlik», «jamiyat» va h. k.
Shuningdek tushunchalar mazmuniga ko‘ra Yana musbat va manfiy turlarga ajratiladi. Bunda biz tushunchada ifodalanayotgan predmetda biror belgi borligini tasdiqlash yoki inkor etishga asoslanamiz. Agar tushunchada belgi borligi ifodalansa u musbat, aksincha belgi yo‘qligi ko‘rsatilsa, manfiy bo‘ladi. Masalan, «e’tiqodli», «baxtli», «insofli», «intizomli», kabi tushunchalar esa manfiy tushunchalar jumlasiga kiradi. Manfiy tushunchalar odatda «siz», «no», «be», «emas» va boshqa qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasaladi.
Shunday qilib tushunchalarning hajmiga qo‘ra:
- yakka va umumiy
- jins va tur
- jamlanma
Xamda mazmunga ko‘ra
- konkret va abstrakt
- musbat va manfiy
- nisbiy va nisbatsiz turlari mavjud.


Download 256,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish