463-bet) ma’nosidan o’sib chiqqan yer yuzi ma’nolarini ifodalab kelgan. Bu
esa bayon etilayotgan fikrlarda ma’no nozikligini ta’minlaydi.
Balo keltiradi boshga bu tilim,
Boshimni u kesmay qilayin tilim.
(Qutadg’u bilig. 20-bet)
Boqijon To’xliyev tadbilidan keltirilgan birinchi misradagi “tilim” so’zi
“insonning og’iz bo’shlig’ida joylashgan…nutq tovushlarini hosil qilishda
xizmat qiladigan a’zo” semasidan o’sib chiqqan “insonning so’zlash, gapirish
qobiliyati” (O’.T.I.L-IItom. 174-bet.) semasida qo’llangan. Bu sema esa
ikkinchi misradagi “narsalarning uzun- uzun qilib, kesib ajratilgan har bir
bo’lagi, tilik ” ma’nosi bilan shakldoshlik hosil qiladi. Bunday shakldosh
so’zlar mazkur tabdilda juda ko’plabuchraydi:
Mumtoz she’riyatda eng ko’p qo’llaniladigan omonim so’zlardan biri bu “ot “
leksemadir.
O’zing mangu emas oting mangudir,
Oting qolar bo’lsa, mahgulik shudir. (Qutadg’u bilig.14-bet )
Va
Shu o’ylar bilan Oyto’ldi otini mindi…. (Qutadg’u bilig.21-bet )
Shakldosh bo’lib kelgan dastlabki gapdagi “ot” “kishining shaxsiy ismi,
nom” ni va keyingi jumladagi “ot” esa “yakka tuyoqlilarga mansub yirik ish-
ulov hayvoni” ni bildirib kelmoqda.
Oyto’ldining yakka-yu yagona farzandi bo’lib, uning ismi O’gdulmish edi.
O’gdulmish bu paytda juda ham yosh edi. U o’g’lini yoniga chaqirib,
ko’zlaridan duv-duv yosh to’kdi.
(Qutadg’u bilig. 84-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |